18-modda. Investitsiya faoliyati tugatilishi munosabati bilan chet el
investitsiyalarini qaytarish kafolatlari
Chet ellik investor O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyatini tugatish
huquqiga ega.
Chet ellik investor investitsiya faoliyatini tugatgandan so‘ng investitsiya faoliyatini
tugatish natijasida olingan o‘z aktivlarini naqd pul yoki natural shaklda chet ellik investorning
O‘zbekiston Respublikasiga yoxud boshqa kreditorlarga nisbatan majburiyatlarini bajarish
uchun zarar yetkazmagan holda erkin repatriatsiya qilish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |