1. Investitsiyalar mazmuni va ularning vazifalari
«Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan olingan bo'lib, pul sarf qilmoq, qo'ymoq ma'nosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator ma'nolarga ega bo'lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish uchun sarflanishi tushuniladi, ya'ni investitsiyalar har qanday vosita bo'lib, pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko'paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta'minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o'stirish va rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Kapitalning joylashtirish shakllari turlicha bo'lib, qator omillar asosida farqlanadi, ya'ni kapital pul va buyum ko'rinishdagi kapitalga bo'linganligi uchun ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni moddiy-buyumlar va pul ko'rinishidagi investitsiya turlariga ajratish mumkin.
Moddiy buyumlar deganda, ko'rinishidagi investitsiyalarga qo'yilayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zaxirani ko'paytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi. Pul ko'rinishdagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni ta'minlaydigan moddiy buyumlar ko'rinishdagi investitsiyalarga yo'naltirilgan pul mablag'lari kiradi.
Investitsiyalar — aniq yoki noaniq, lekin ehtimoli bor risklar sharoitida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog'lash bo'lib, uning joriy qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg'arilishini ta'minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga maqsadli qo'yilma qilish jarayonidir.
Bizga ma’lumki, iqtisodiy o‘sish investitsiya resurslarisiz bo‘lishi mumkin emas, bu resurslar o‘z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag‘dir. Pul mablag‘lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so‘ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida investitsiyalar tayinlangan obyekti bo‘yicha tabaqalashtirilgan. Shunga muvofiq investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan (1-chizma).
1-chizma. Investitsiyalarning tasniflanishi
Rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalarning uch turi mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan:
- moliyaviy investitsiyalar - ichki moliyaviy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, depozit sertifikatlari, aksiyalar, veksellar, zayomlar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar hamda ularga tenglashtiriladigan boyliklar;
- moddiy investitsiyalar - asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining asosiy hamda aylanma kapital ko‘rinishidagi turlari;
- aqliy (intellektual) investitsiyalar - insonning turli aqliy mulklaridan, ya’ni mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi shaklidagi investitsiyalar (nou-xau, kashfiyotlar, Tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari).
Demak, investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uning jamg'arish, qo'yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonini olib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakati asosan investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Ko'plab mamlakatlar xorijiy qo'yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o'tkazishga ruxsat beradi, olingan daromadlar va boshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi.
Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda bo'ladi:
— shaxsiy mablag'lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlar;
— harakatdagi (asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko'chmas (binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar;
— mualliflik huquqlar, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar;
— yerdan, tabiiy boyliklardan va boshqa mol-mulklardan foydalanish huquqlari (nomoddiy aktivlar qiymati).
Shuni aloliida ta'kidlash lozimki, shakllaridan qat'iy nazar investitsiyalar kapitalni jamg'arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg'arish investitsiya qo'yishning asosi bo'lib, u qo'yiladigan investitsiyalarning hajmini belgilaydi.
Investitsiya jarayonining subyektlarini quyidagicha turkumlash maqsadga muvofiq:
1) buyurtmachilar;
2) investorlar;
3) investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar;
4) pudratchilar;
5) ish bajaruvchilar;
6) tijorat, qo'shma, xususiy va xorijiy banklar;
7) sug'urta kompaniyalari;
8) investitsion fondlar;
9) ta'minotchilar.
Investorlar — investitsiya jarayonining asosiy subyektlari bo'lib, o'z mablag'lari, qarz va jalb qilingan mablag'larning investitsiyalar shaklida kiritishni va ulardan foyda olish maqsadida foydalanishni amalga oshiradi.
Investitsion jarayonning subyektlari sifatida tadbirkorlar, tashkilot (korxona)lar va ularning birlashmalari, muayyan obyektga mablagiar kiritishdan foyda (yoki boshqa foydali samara) olishni rejalashtirgan davlat organlari va investitsion fondlar qatnashishi mumkin. Quyidagilar investorlar bo'lishi mumkin:
— O'zbekiston Respublikasi hukumati davlat mulkini boshqarish yoki mulk huquqlari bilan ta'minlangan organlar shaklida;
— mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari qommchilik tartibida belgilangan organlar va xizmatlar shaklida;
— mahalliy korxonalar, shuningdek, nizomida zarur huquqlar bilan ta'minlangan tadbirkorlik birlashmalari, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;
— xorijiy mamlakatlar bilan tashkil qilingan qo'shma korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;
— milliy va xorijiy kredit tashkilotlari;
— xorijiy yuridik shaxslar;
— xorijiy davlatlar ularning hukumatlari tomonidan vakil qilingan organlar shaklida;
— xalqaro tashkilotlar.
Jamg'arilgan resurslar investitsion obyektlariga qarab real, moliyaviy va intellektual investitsiyalarga bo'linadi. Investitsion jarayonining obyektlar guruhlanishi 2-chizmada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |