Investitsiyalar auditi va baholash


Optsion (lotincha  ortio



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/70
Sana28.02.2022
Hajmi1,32 Mb.
#474072
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

Optsion
(lotincha 
ortio
so’zidan olingan bo’lib, tanlov degan manoni 
anglatadi) - bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning biriga qimmatli 
qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini muayyan vaqt mobaynida belgilangan narxda 
sotib olish yoki kontragentga sotish huquqini beruvchi shartnomadir. Kontragent 
esa mukofot evaziga ushbu huquqni amalga oshirish majburiyatini o’z zimmasiga 
oladi. 
Varrant
(nemischa 
warrant 
so’zidan) - bu uning egasi ma’lum muddat 
davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki 
chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish huquqini olganligi tasdiqlovchi 
hujjat. 
Fyuchers 
(inglizcha 
future 
so’zidan olingan bo’lib, kelajak ma’nosini 
anglatadi) kelishilgan miqdordagi qimmatliklarni ma’lum vaqt mobaynida bitim 
tuzish vaqtida belgilangan narxda etkazib berish to’g’risidagi shartnomalarni 
o’zida namoyon qiladi. 
Respublikamiz amaliyotida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni 
yo’naltirishning asosiy vositasi aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini 
xarid qilish hisoblanmoqda. 
Korxonaning 
sho’ba 
korxonalar, 
qo’shma korxonalar va qaram 
birlashmalarga investitsiyalari mavjudligi ularni buxgalteriya hisobida alohida 
turkumlarga ajratishni taqozo etadi. 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning baholanishi «Moliyaviy 
investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMAga asoslanadi. 
Xarid qilinishi chog’ida moliyaviy investitsiyalar brokerlik xizmatlariga oid 
to’lovlar, bojlar, bank xizmatiga oid to’lov va boshqa xarajatlar kabi xarid qilishga 
oid xarajatlar bilan birgalikda xarid qilish qiymati bo’yicha baholanadi. 


67 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning aktsiyalar yoki boshqa 
qimmatli qog’ozlar emissiyasi yo’li bilan qisman yoki to’liq xarid qilinishi 
chog’ida ularning nominal qiymati emas, balki qimmatli qog’ozlar bozoridagi 
sotish qiymati xarid qilish qiymati bo’lib hisoblanadi. Uzoq muddatli moliyaviy 
investitsiyalarning almashtirish yoki boshqa aktivga qisman almashtirish yo’li 
bilan xarid qilishda xarid qiymati berilayotgan aktivning bozor qiymatiga 
asoslangan holda aniqlanadi. 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarining o’z ichiga foizlar ulushini 
hisoblangan dividendlarni ularni sotib olish vaqtigacha bo’lgan davr uchun bo’lgan 
qiymat bo’yicha sotib olinishi xaridor tomonidan sotuvchiga to’langan foizlar 
summasi chiqarib tashlangan holda xarid qilish qiymati bo’yicha hisobga olinadi. 
Agar uzoq muddatli moliyaviy ivestitsiyalar xarid qilish vaqtiga qadar hisoblangan 
foizlar bilan birga sotiladigan bo’lsa, u holda ularning foizlarni to’lash ko’pi bilan 
to’g’ri kelmaydigan kunlarda sotib olinishi chog’ida xaridor bilan sotuvchi o’zaro 
tegishli summani bo’lishib olishlari kerak. Xaridor sotuvchiga investitsiyalar 
qiymati bilan bir qatorda ularning so’nggi to’lovi amalga oshirilgan vaqtdan 
boshlab o’tgan davr uchun to’lanishi lozim bo’lgan foizlarni to’laydi. Foizlarni 
to’lashning navbatdagi muddati kelgan vaqtda xaridor ularni to’liq, jami davr 
uchun oladi. 
Qarzga oid qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarning xarid qilish qiymati 
bilan so’ndirish qiymati o’rtasidagi farq (diskont yoki xarid qilish chog’idagi 
mukofot) odatda investor tomonidan qimmatli qog’ozni xarid qilish vaqtidan 
boshlab so’ndirish vaqtigacha hisobdan chiqariladi, ya’ni amortizatsiya qilinadi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni 
quyidagi baholarda hisobga olib boradi: 
-xarid baxosida; 
- qayta baholashni hisobga olgan kiymatda; 
- qimmatli qog’ozlar portfeli asosida aniqlanadigan xarid va joriy qiymatlar 
yuzasidan eng kam baxolashda. 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashni amalga oshirish 


68 
uchun qayta baholashlar davriyligi aniqlab olinishi zarur. Bunda qayta 
baholashning yakka tartibdagi usuli ko’llaniladi. 
Qayta baholash natijasida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar 
qiymatining oshib ketishi 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» 
hisobvarag’ida, kamayishi esa qo’shimcha baholash chegarasida rezerv 
kapitalining kamaytirilishi yoki avvalgi qo’shimcha baholashdan oshgan 
summada-xarajat sifatida hisobga olinadi. 
Agar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning qayta baholanishi 
natijasida dastlab kamayish, keyin esa ko’payish yuz bergan bo’lsa, u holda uzoq 
muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining avvalgi kamayish summasi qayta 
tiklanishi lozim bo’ladi. Tiklanish lozim bo’lgan summa qabul qilingan hisob 
siyosatiga muvofiq daromad yoki taqsimlanmagan foydaga kiritiladi. 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar o’z qiymatining bir qismini 
yo’kotgan hollarda (ya’ni, investitsiyalar bahosining pasayish jarayoni yuz 
berganida) ularning balans qiymati qayta ko’rib chiqilishi kerak. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish