Qurilish ishlariga
asosiy vositalar ob’ektlarini barpo etish, qurilgan binolar
va inshootlarni yoki ularning ayrim qismlarini kengaytirish hamda tiklash va
boshqa ishlar kiradi.
Montaj ishlari deganda
texnologiya, energetika, ko’tarish-transport va
boshqa jixozlarni yig’ish hamda o’rnatish, ya’ni ularni yig’ib, poydevorga
o’rnatgandan keyingina ishlatilishi mumkin bo’lgan ishlar tushuniladi.
Jihozlar, asbob-uskuna va inventar xarajatlariga barcha turdagi jixozlar,
texnologik jixatdan ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan transport
vositalari, laboratoriya uchun jihozlar, ustaxonalar, tajriba uskunalari va shu
kabilarning qiymati, ishlab chiqarish asbob-uskunalari va inventarning qiymati
kiradi.
Jihozlar, o’z navbatida, montaj talab qiladigan va montaj talab kilmaydigan
hamda smeta qimmatiga kiradigan va smeta qiymatiga kirmaydigan jihozlarga
bo’linadi.
Boshqa kapital xarajatlar
tarkibi kapital mablag’lar hisobidan
o’tkaziluvchi loyixa-qidiruv, shuningdek, qurilayotgan korxonalar ma’muriyatini
ta’minlashga, ishchilarni uyushgan holda ishga olishga hamda smetada ko’zda
tutilgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Kapital investitsiyalar vazifasiga ko’ra ishlab chiqarish maqsadlaridagi
ob’ektlar qurilishiga (sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa va shu kabi
sohalarga mo’ljallangan) va noishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar
qurilishiga (turar-joy, kommunal xo’jalik, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot,
43
Xalq ta’limi va shu kabi sohalarga bo’lingan) ob’ektlarga ajratiladi.
Bular ayrim ob’ektlar o’rtasida smeta qiymatiga mutanosib ravishda
taqsimlanadi. Ushbu xarajatlarning tegishli ulushi faqatgina qurib bitkazilgan
ob’ektlar kiymatiga qo’shiladi.
Quruvchi
(buyurtmachi)
qurilish
ishlari
qanday
usulda
olib
borilayotganligidan keyin nazar, foyda va zararni aloxida-aloxida buxgalteriya
hisobida yuritishi shart. Olingan jarimalar, penyalar, shuningdek, moddiy boyliklar
va xizmatlarni chetga sotishdan kelgan foyda buyurtmachi hisobidagi foyda hisob
varag’iga kiritiladi.
Yil yakuni bo’yicha zarar aniqlanganida zararning umumiy summasi boshqa
kapital ishlar va xarajatlar tarkibidagi ob’ektlarning inventar qiymatiga qo’shiladi.
Ish xo’jalik usulida olib borilganida qurilish ishlarini amalga oshirishni
hisobga olish korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati xarajatlarining amaldagi
barcha qoidalariga asoslanadi. Xo’jalik usulida qurilish-montaj ishlari korxonaning
o’z kuch va vositalari (qurilish uchastkasi ) bilan bajariladi. Xo’jalik usuli bilan
qurilish ishlari olib borilganida kapital mablag’lar bo’yicha quyidagicha
provodkalar beriladi:
- Mol etkazib beruvchilardan olingan qurilish materiallari qiymatiga:
D-t 1050-«Qurnlish materiallari»
K-t 6010-« Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar ».
- Sotib olingan jihozlar knymatiga:
D-t 0710-«O’zimizda ishlab chiqarnlgan o’rnatnladigan asbob-uskunalar»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».
- Sotib olingan qurilish materiallari va jixozlarning qiymatini to’lashga:
D-t b010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schetlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
- qurilish uchun sarflangan materiallar qiymatiga:
D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 1050-«Qurilish materiallari».
- Montajga berilgan jixozlar qiymatiga:
44
D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 0710-«O’zimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigai asbob-uskunalar».
- Quruvchilarga berilgan ish xaki summasiga:
D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 6710-«Xodimlar bilam mexnatga xaq to’lash bo’yicha hisoblashishlar».
- Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar summasiga:
D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar».
- Ish xaqidan ushlab qolinadigan soliqlarga:
D-t 6710-«Xodimlar bilan mexnatga xaq to’lash bo’yichah isoblashishlar»
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar yuzasidan karzlar».
- Byudjetga o’tkazilgan soliqlar summasiga:
D-t 6410-«Byudjetga to’lovlar yuzasidan karzlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
- Quruvchilarga msh xlki to’lash uchum bankdan olingan pul mablag’lariga:
D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
- Quruvchilarga ish xaki to’langanida:
D-t 6710-«Xodimlar bilan mexnatga xaq to’lash bo’yicha hisoblashishlar»
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari».
Qurilish ishlari tugaganidan so’ng asosiy vositaning boshlang’ich qiymatini
aniqlash chog’ida 0810-«Tugallanmagan qurilish» hisobvarag’i debetidagi
ma’lumotlar jamlammali, so’mga asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisob
varaqlarga o’tkaziladi: D-t 0120-«Imorat, inshoat va uzatuvchi moslamalar»
hisobvaraqlardan 9430-«Boshqa operattsion xarajatlar» hisobvaraqniig debetiga
hisoblab chiqarilgan.
Ish pudrat usulida olib borilganida buyurtmachilar qurish ishlarini bajarish
uchun pudratchi tashqiqotlarni jalb etib, ular bilpm kurilmshming butun davrn
uchun pudrat shartnomalari tuzadi.
Kapital kurilmshlar pudrat usulida bajarilganida sarflanadigan kapntal
45
mablag’ xarajatlarini hisobga olib borishda «Kapmtal kurilish uchun pudrat
shartnomalari» nomli 17-son BHMAga asoslanish lozim. Ushbu anlozaiing 4-
bandiga muvofiq. qurilish pudrat shyartpomyasn buyurtmachining topshirigiga
asosan pudratchi kurilmsh ishlarini bajarish majburiyatnni tanakkal qilib
zimmasiga oladshap, buyurtmachi j-l bajarilgan ishni kabul kplib oladigan va
xaknni to’laydpgan shartnomalnr. Kurilish pudrat shartnomasida shartiomada
mshtirok etuvchn barcha tomonlarshshg huquq va majburiyatlari ko’rsatiladi.
Qurilish ishlari pudrat usulida bajarilganida kurilishga ketadigan
xarajatlarnn pudratchi hisobga olib boradi. Buyurtmachi qurilish sifatini nazorat
kiladi xamda kurib o’tkazilgan ob’ektlarnn 2-shakl «Qurilishi tugagan ob’ektdagi
bajarilgai ishlarni qabul qilish dalolatnomasi» buyicha foydalanishga qabul qilib
olgan. Dalolatnomaga «ajratilgan kurilish ishlari kiymati xaqidagi ma’lumotnoma»
ilova qilinadi.
Bajarilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qurilish ishlari va
jixozlarni montaj qilish bo’yicha ishlarni pudratchi tashkilotlar hisobvaraqlariga
ko’ra to’lov uchun bank tomonidan qabul qilingan smeta qiymati yoki shartnoma
narxi bo’yicha buyurtmachi quyidagi buxgalterlik yozuvlarida aks ettiriladi:
D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar».
- Pudratchilarga to’lanadigan summaga;
D-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» K-t
5110-«Hisob-kitob schyoti».
Bankning uzoq muddatli kreditlari hisobiga pudratchiga o’tkaziladigan
summaga:
D-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
K-t 7810-«Uzoq muddatli kreditlar».
Kapital qurilish ishlari olib borilayotgan ob’ektlarda o’rnatiladigan asbob-
uskunalar qay yo’sinda olib borilishidan qatiy nazar, 0710-«O’zimizda ishlab
chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar» hisobvarag’i va 0720-«Xorijdan
46
olingan o’rnatiladigan asbob-uskunalar» hisobvaraqlariga ko’ra sotib olinadi va
hisobga olinadi.
Yig’ish-o’rnatishni talab qiluvchn asbob-uskunaga ularning qismlari
yig’ilganidan so’ng, fundamentga, ustunga, polga va imorat xamda inshootlarning
boshqa konstruktsiyalariga mustaxkamlangandan keyin ishga tushiriladigan
ko’tarma asbob-uskunalar, shuningdek, bunday asbob-uskunalarning extiyot
qismlarining ko’tarmalari kiradi. Bunday asbob uskunalar tarkibiga, shuningdek,
nazorat-o’lchov apparatlari va o’rnatiladigan asbob-uskuna tarkibiga yig’ish-
o’rnatilish uchun mo’ljallangan boshqa asboblar kiradi.
Asbob-uskuna
o’rnatiladigan
asbob-uskunalarni
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlarda xarid qilishi (tayyorlash) baxolari bo’yicha qiymati va bu
boyliklarni korxona omboriga etkazish va tayyorlov xarajatlaridan tashkil topgan
xarid qilish (tayyorlash)ning xaqiqiy tannarxi. bo’yicha hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |