ASOSIY QISM.Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi Moris Lore (fransuzcha: Maurice Lauré) tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1960-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat soligʻis. solinadigan obyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 40-1-bob bilan to‘ldirildi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda aytiladi.
«40-1-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi
226-1-modda. Soddalashtirilgan tartibni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard so‘mdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari hisoblangan yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning ushbu bobda belgilangan soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish uchun ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish to‘g‘risida yozma xabarnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yalpi tushumi uch milliard so‘mdan oshmagan yuridik shaxslar – joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmasdan;
soliq davri davomida yalpi tushumi bir milliard so‘mdan oshgan yuridik shaxslar yalpi tushumi bir milliard so‘mdan oshgan oydan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan;
ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash istagini bildirgan yuridik shaxslar – hisobot davri boshlanishidan bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa, o‘z faoliyatini amalga oshirishni boshlagunga qadar.
Soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga:
ushbu moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilganlar – hisobot yilining boshidan;
ushbu moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilganlar – yalpi tushumi bir milliard so‘mdan oshgan oydan keyingi oyning boshidan;
ushbu moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilganlar – hisobot davrining boshidan, yangi tashkil etilganlar esa, faoliyatini boshlagandan o‘tadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksning 35–40-boblarida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibiga hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibiga o‘tish to‘g‘risida yozma xabarnoma taqdim etilgan oydan keyingi oyning boshidan o‘tadi.
Soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard so‘mdan oshgan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchilar, yalpi tushumi belgilangan me'yoriy miqdordan oshgan oydan keyingi oyning boshidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibiga o‘tadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibiga o‘tilganda yuridik shaxs ushbu tartibga o‘tilgan paytdan e'tiboran tovar-moddiy zaxirasi, uzoq muddatli aktivlar qoldiqlari, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini ushbu Kodeksning 218-moddasida belgilangan talablarni inobatga olgan holda hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibini qo‘llayotgan yoki ushbu tartibga o‘tgan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tishga haqli emas.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksning 37-bobida, boshqa qonun hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida, alohida hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilagan imtiyozlarni qo‘llash huquqiga ega.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi va summasini ko‘rsatgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etishi shart.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-faktura qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning umumbelgilangan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchi uchun ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish uchun asos bo‘ladi.
226-2-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida hisobot davri bir oy hisoblanadi.
226-3-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida quyidagilar soliq solish obekti hisoblanadi:
ushbu Kodeksning 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan soliq solinadigan oborot. Bunda ushbu Kodeksning 38-bobida nazarda tutilgan, nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborot qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq solinmaydigan oborot hisoblanadi.
ushbu Kodeksning 201-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan soliq solinadigan import.
Realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana ushbu Kodeksning 203-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmasdan belgilanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq to‘lovchining soliq solinadigan bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 205-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Soliq solinadigan oborotlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq aniqlangan soliq solinadigan baza va ushbu Kodeksning 226-4-moddasida belgilangan farqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda ushbu Kodeksning 39-bobida nazarda tutilgan soliqni hisobga olishni qo‘llamasdan hisoblab chiqariladi.
Ushbu Kodeksga asosan zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan amalga oshiriladigan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan, shuningdek tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini ushbu Kodeksning 206 va 207-moddalarida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda mazkur Kodeksning 211-1-moddasida belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqaradi. 226-5-modda. Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi doirasida qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini taqdim etadi. Hisobvaraq-faktura shakli, uni to‘ldirish tartibi, shuningdek hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritish shakli va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq soliq hisob-kitobini taqdim etish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi».