Investitsiya mukofoti. Investitsiyalarga daromad yoki foyda, joriy daromad yoki qo’yilgan mablag’larni qiymatining o’sishi sifatida olinishi mumkin. Masalan, bankning omonat hisobiga joylashtirilgan pullari muntazam hisoblanadigan foizlar shaklida joriy daromad beradi, shu bilan bir paytda bo’sh turgan er maydoni sotib olishga qo’yilgan pullar, uni sotib olish va sotish oralig’idagi vaqt mobaynida er maydoni qiymatining ortishi ko’rinishida daromad keltiradi. Mablag’lar muhtoj bo’layotganlar kimda ular ortiqcha bo’lsa, jalb qilishlari mumkin, daromad yoki foyda pul etkazib beruvchilarning tavakkalini qoplashi lozim. Soddaroq qilib aytganda investitsiyalash jarayoni bir tekis ketishi uchun pul etkazib beruvchilar mukofot olishi lozim, pul xaridorlari esa ushbu mukofotni ta’minlashlari lozim. Mukofot miqyosi va shakli qimmatli qog’ozlar bilan bitishuvlar xilma-xilligiga bog’liq.
Investitsiyalashda xarajatlar ketma-ketligi. Amalda investitsiyalashga xilma-xil yondashuvlardan foydalaniladi. Ulardan biri aniq maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan xarajatlarni chuqur rejalashtirishdan iborat. Boshqasi, qarama-qarshi yondashuv bo’lib harakatlar tasodifidan iborat, unda qarorlar intuitsiya asosida qabul qilinadi. Tajriba ko’rsatishicha maqbul yondoshganda natijalar odatda yuqori bo’ladi. Shuning uchun investor dastlab reja tuzishi, keyin umumiy moliyaviy maqsadlarga muvofiq investitsiya dasturini bajarishi kerak. Unday dasturni amalga oshirish natijasi tavakkallikni qoniqarli darajasida mo’ljallangan daromadni beruvchi investitsiya portfelini shakllantirish lozim. Investitsiyalashda asosiy bosqichlarni qisqacha ifodalab ko’ramiz chunki u bizga kontseptsiyalarni, qurollarni va ushbu jarayonni alohida texnik usullarini ko’rib chiqishga yordam beradi.
Investitsiyalashni dastlabki shartlari. Pulni qo’yishdan oldin, siz o’zingizni hayotiy ehtiyojlaringiz bir maromda ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishingiz lozim. Pullar joriy ehtiyojlarni ta’minlash uchun qo’yilishi kerak emas, investitsiyalarni maqsadi - joriy pul mablag’larini bo’lajak ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanishdir. Undan tashqari, siz omonat hisobga naqd pullarga ko’zda tutilmagan holatlar paydo bo’lishini oldini olib uncha katta bo’lmagan pul summasini qo’yasiz. Boshqa sharoit esa vafot etganda, kasal bo’lganda, mehnat qobiliyatini yo’qotganda, mulkiga ziyon etkazilganda yo’qotishlardan muhofaza qilish bo’lib hisoblanadi. Bunday tavakkallikdan hayotni, salomatlikni, mulkni va majburiyatlarni sug’urtalash muhofaza qiladi. Undan tashqari, pensiyaga chiqqandan keyingi etarli daromadni rejalashtirish ham investitsiya dastlabki shartlaridan biri hisoblanadi, chunki pulni bunday qo’yishning natijasi investitsiyalash dasturini qay darajada muvaffaqiyatli tuzilganligiga bog’liq. O’z oldiga aniq maqsadlar qo’yishdan oldin yakka omonatchi pensiga chiqish paytiga eng kamida qanday natijaga erishishini xohlashini belgilab olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |