O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
TURIZM VA IQTISОDIYOT FAKULTЕTI
“IQTISОDIYOT” KAFЕDRASI
“INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI”
fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Xorijiy hamkorlarni jalb qilish va investitsiyalar jozibadorligini oshirish yo`llari
QABUL QILDI: Hamrayev Quvvat
BAJARDI: 161-iqt guruhi talabasi: Boltaboyeva Manzura
Urganch – 2020
Mundarija:
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB
Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari………………..5
Xorijiy hamkorlarni jalb etishning xalqaro amaliyoti……………………….9
II BOB
2.1. Investitsiyalarni jalb qilish, yo‘naltirish va qayta taqsimlash samaradorligini oshirish yo‘li va jahon amaliyoti tajribalaridan foydalanish…………………...…14
2.2. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini va yetakchi tarmoqlarini investitsiyalar yordamida rivojlantirish va uni boshqarish………………………22
XULOSA………………………………………………………………...………..27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………..……..30
KIRISH
Investitsiya – taraqqiyot tayanchi.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlar, qulay tashkiliy va huquqiy shart-sharoit yaratilgan. Xususan, royxatga olish, hisobotlarni taqdim etish, ruxsatnomalar berish tartib-qoidalari soddalashtirildi. Huquqiy ta‘sir choralari faqat sud orqali amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar huquqlarini ta‘minlash borasida izchil ishlar olib borilayotir. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-mayda qabul qilingan ―To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori muhim omil bo’lmoqda.
Poytaxtimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyatiga bag’ishlangan seminarda shu haqda gap bordi. Toshkent shahar hokimining o’rinbosari F.Ziyayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda qulay investitsiya muhitining yaratilgani samarasida iqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil o’sayotganini ta‘kidladi. Investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida yangi obyektlar ishga tushirilmoqda, ishlab chiqarish hajmi o’sib, yangi ish o’rinlari yaratilmoqda.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, ohirgi yillarda respublikamizda investitsiya siyosatini takomillashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi real sektorga, yani ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga va texnik- texnologik qayta qurollantirishga yo‘naltirildi. Xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati sezilarli darajada oshdi, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari faoliyatining samaradorligi ortdi.
Shu bilan birga investitsiyalarni jalb etish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina. Xususan, jalb etilgan investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun etarli bo‘lmayapti, shuningdek, xorijiy investitsiyalar katta qismining bir nechta mintaqalarda to‘planib qolganligi respublikamiz mintaqalarida mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Shu munosabat bilan respublikamizda qulay makroiqtisodiy shart-sharoitlar barpo etish, xorijiy investitsiyalar jalb etish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta‘kidlaganidek, ―Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Yani, sarmoyasiz taraqqiyot yo‘q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.‖1
_______________________
I.A.Karimovning 2014 yil yuqori o‘sish sur‘atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi./-Toshkent:O‘zbekiston, 2014-64b
Do'stlaringiz bilan baham: |