Investitsion loyihalarni moliyalashtirish


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlili



Download 90,11 Kb.
bet7/9
Sana11.06.2022
Hajmi90,11 Kb.
#654401
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xisobot 4

4. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlili.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish masalasi hisoblanadi. Xorijiy investiyalarni jalb etmay, ayniqsa etakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Shuning uchun har bir mamlakat, jumladan, O’zbekiston ham investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning tashqi manbalari bilan bir qatorda, moliyalashning ichki manbalaridan ham oqilona foydalanishga harakat qiladi. Hozirgi kunda O’zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalaridan foydalanish sohasida bir qancha muammolar mavjud. Bu muammolarni hal etish uchun ushbu sohaning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yanada takomillashtirish hamda amaliyotga keng tatbiq etish lozim. Bizga ma’lumki, investitsiya loyihalari turli xil manbalar hisobiga moliyalashtirilishi mumkin.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari 3 guruhga bo`linadi:
-o`z mablag`lari;
-qarz mablag`lari;
-jalb qilingan mablag`lar.
O’zbekiston Respublikasi Hududida banklar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini tartibga soladi. Hozirgi kunda ko’pgina tijorat banklari uzoq muddatli kreditlash jarayonini o’zlarining ichki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda mustaqil amalga oshiradilar.
Uzoq muddatli kreditlar - ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun mo’ljallangan ob’ektlarni, qurilish, rekonstruktsiya qilish, texnik qayta jihozlashga oid harajatlar bilan bog’liq kapital qo’yilmalarni moliyalash, texnika, texnologiyalar va uskunalarni harid qilish, asosiy chorva, ko’p yillik o’simliklarni shakllantirish, shuningdek, boshqa investitsiya maqsadlari uchun mo’ljallangan kreditlardir. Uzoq muddatli kredit - 1 yildan ortiq, biroq qoplash muddatidan ortiq bo’lmagan muddatga beriladigan ssudalardir. Uzoq muddatli kreditlar bilan xo’jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatga olingan, yuridik shaxsni hosil qilmagan dehqon xo’jaliklari ta’minlanadilar.
Kreditlanayotgan obyekt qiymatining kamida 30% i o’z yoki boshqa xil moliyalash manbalari bilan ta’minlangan qurilish ob’ektlarini kreditlash uchun tavsiya etiladi, lekin amaliyotda muhim investitsiya loyihalari uchun istisno tariqasida bu me’yordan past bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo’yicha Moliya vazirligi kafolati ostida, shuningdek byudjetdan tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlanadigan ob’ektlar bundan mustasno.
Uzoq muddatli kreditning qaytarilishini ta’minlashning asosiy turlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • hukumat kafolatlari;

  • mol-mulk garovi;

  • banklar, boshqa kredit muassasalari va sug’urta tashkilotlarining

  • kafolatlari;

  • uchinchi shaxslar kafilligi;

  • qonunchilikka muvofiq faoliyat yurituvchi sug’urta kompaniyalarni tomonidan berilgan sug’urta polisi (guvohnomasi) bilan tasdiqlangan kreditning qarz oluvchi tomonidan sundirilmasligi (risk) xatarining sug’urta qilinishi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo’li bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qog’ozlar va zayomlar chiqarish xisobiga amalga oshiriladi.
Umumiy hisobga olganda, real investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari quyidagi shakllarga bo’linadi:

  1. investorning o’z moliyaviy resurslari;

  2. investorning qarzga olgan mablag’lari;

  3. investorni jalb qilgan moliyaviy resurslari;

  4. davlat byudjeti mablag’lari, (shu jumladan, mahalliy byudjet mablag’lari);

  5. chet el investitsiyalari va kreditlari;

  6. Noan’anaviy moliyalashtirish. (sindikatli kreditlash, seleng, venchurli moliyalashtirish va boshqalar).

Kapital moliyalashtirish manbalarini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. markazlashtirilgan qo’yilmalar, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • davlat byudjeti va davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag’lari;

  • tashqi qarzlar limitlaridan kelib chiqib hukumat kafolati ostidagi chet el

investitsiyalari va kreditlari.

  1. markazlashtirilmagan kapital qo’yilmalar, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • korxonalar mablag’lari, shu jumladan, qo’shma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablag’lari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining norezidentlarining mablag’lari;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablag’lari, banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning kreditlari;

  • aholi mablag’lari.

Real investitsion loyihalarni moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muammolaridan biri xisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish quyidagi manbalar xisobiga amalga oshirilmoqda.

  1. Investorning o’z moliyaviy resurslari va ichki xo’jalik rezervlari

(foyda, amortizatsiya ajratmalari, maxsus zahira fondlari);

  1. Investorning qarz mablag’lari (bank krediti, byudjet krediti, obligatsiya bo’yicha qarzlar);

  2. Jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat

jamoasining pay va boshqa ko’rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy
shaxslarning pay va boshqa badallari);

  1. Budjetdan investitsion assignatsiyalari (mahalliy, davlat va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari).

  2. Chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyasi, qo’shma korxonalar ko’rinishida);

  3. Lizing va seleng (investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turi bo’lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga yoki intellektual mulkdan foydalanish huquqini berish tushiniladi).

Moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ikki usuli: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish farqlanadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari (Davlat mulk qo’mitasi, Bandlik jamg’armasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari jamg’armalari, Mikrokreditbankning maxsus resursi va h.k.); tijorat banklari kreditlari (Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi); qimmatli qog’ozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablag’lar; xorijiy kredit liniyalari mablag’lari va boshqalar kiradi. 6
Investitsiya faoliyati o’zining aniq tasniflash mezonlari va yo’nalishlariga ega bo’lgan faoliyat turi sifatida uni moliyalashtirish quyidagi:

  • qimmatli qog’ozlar bozori orqali moliyalashtirish;

  • xorijiy investitsiyalar asosida moliyalashtirish;

  • tijorat banklari va xalqaro moliya institutlar mablag’lari hisobidan ulush qo’shish orqali moliyalashtirish mexanizmi yoki kredit liniyalari orqali moliyalashtirish;

  • sinditsiyalashtirilgan kreditlar asosida moliyalashtirish mexanizmi;

  • investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish mexanizmi;

  • venchurli moliyalashtirish;

  • korporativ moliyalashtirish;

  • lizing orqali moliyalashtirish kabi mexanizmlar majmui hisobiga amalga oshiriladi.

Moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyati nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning ikki usuli: tashqi va ichki manbalarga asoslangan moliyalashtirish farqlanadi. Moliyalashtirishning tashqi manbalariga davlatning maxsus imtiyozli kreditlari (Davlat mulk qo’mitasi, Bandlik jamg’armasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari jamg’armalari, Mikrokreditbankning maxsus resursi va h.k.); tijorat banklari kreditlari (Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi); qimmatli qog’ozlar chiqarish va sotishdan tushgan mablag’lar; xorijiy kredit liniyalari mablag’lari va boshqalar kiradi.

  • Moliyalashtirishning ichki usulidan foydalanishda moliyaviy resurslar tashkil topish manbalari sifatida quyidagilar maydonga chiqadi: foyda, oborotdan tashqari aktivlarni sotish, mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlar, debitorlik qarzlarining kamayishi, amortizatsiya ajratmalari, tadbirkorlarning jamg’armalari va boshqalar. Ayrim holatlarda muhim moliyalashtirish manbai sifatida mol etkazib beruvchilardan olingan kreditlardan foydalanish mumkin, biroq, bunda mol etkazib beruvchilar bilan yaxshi munosabatlar saqlanishi va ta’minotning barqarorligi buzilmasligi lozim.




Download 90,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish