Инвестиция лойиҳаларини синдицияли кредитлаш амалиёти



Download 172 Kb.
Sana25.05.2022
Hajmi172 Kb.
#608707
Bog'liq
8. Bank inqiroz

“Pul va banklar” fani Ma'ruza Bank inqirozlari

Ma'ruza rejasi

1. “Bank inqirozi” tushunchasi va uni yuzaga kelish sabablari

  • Bank inqirozi deganda banklar faoliyatidagi risklarning kuchayib ketishi natijasida ularning aktivlari sifatining pasayishi va moliyaviy holatining yomonlashishi tushuniladi.

Bank inqirozining yuzaga kelish sabablari

  • 1. Moliyaviy liberallashtirishning amalga oshirilishi.
  • Lotin Amerikasi mamlakatlarida 1980-yilga qadar ko‘pchilik banklar hukumatga tegishli edi va depozitlar va kreditlarning foiz stavkalarining yuqori chegarasiga nisbatan cheklovlar o‘rnatilgan edi. Kreditlarning asosiy qismi faqat hukumatga va to‘lovga qobilligi yuqori bo‘lgan mijozlarga berilar edi.

Bank inqirozining yuzaga kelish sabablari

  • Lotin Amerikasi mamlakatlarida 1980 yildan keyin moliyaviy liberallashtirish boshlandi. Banklar xususiylashtirildi, banklarni nazorat qilish bo‘shashtirildi, Markaziy banklarning hisob stavkalari pasaytiirildi. Natijada kreditlash avj oldi. Bunday sharoitda banklarni va nazorat qiluvchi organlarni yetarli darajada malakaga ega bo‘lmaganligi sababli berilgan kreditlarning katta qismi muammoli kreditlarga aylandi.

Bank inqirozining yuzaga kelish sabablari

  • 2. Tijorat banklarini davlatning xarajatlarini moliyalashtirishga jalb etilishi.
  • 2001 yilda Argentinada tijorat banklarini davlatning yirik summadagi qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga majbur qilishdi. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari Argentina hukumatiga ishonmay qo‘yganidan so‘ng hukumat qimmatli qog‘ozlarining bozor bahosi tushib ketdi. Natijada tijorat banklari katta miqdorda zarar ko‘rishdi.

Bank inqirozining yuzaga kelish sabablari

  • 3. Tijorat banklarida likvidlilik muammosining chuqurlashishi.
  • Banklarda likvidlilik muammosining chuqurlashishi quyidagilar bilan izohlanadi.
  • * banklarda transformasiya riskining yuzaga kelishi va uni o‘z vaqtida bartaraf etilmasligi;
  • * tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytmasligi.

Bank inqirozining yuzaga kelish sabablari

  • 4. Tijorat banklari kreditlarining yuqori sur'atlarda o‘sishi.
  • Xalqaro valyuta fondi ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60 foizga yetganda, kreditlarning yillik o‘sish sur'atini 30 foizdan yuqori bo‘lishi bank inqiroziga olib keladi.

Bank inqirozining yuzaga kelish sabablari

  • 5. Moliya bozoridagi noaniqlikning kuchayishi.
  • Bir necha bankning bankrot bo‘lishi moliya bozoridagi noaniqlikni kuchayishiga olib keladi. Talvasaga tushib qolgan bank rahbarlari beriladigan kreditlar miqdorini keskin kamaytiradilar. Bu esa, moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi.

Bank inqirozining yuzaga kelish sabablari

  • 6. Mamlakatda siyosiy vaziyatning yomonlashishi.
  • Mamlakatda siyosiy vaziyatning yomonlashishi omonatlarni banklardan ommaviy tarzda olish, berilgan kreditlarning qaytmaslik darajasining oshishi, xorijiy banklarbilan moliyaviy munosabatlarning yomonlashishi kabi salbiy holatlarni yuzaga keltiradi.

2. Bank inqirozi oqibatlarini bartaraf etish yo‘llari

  • 1. Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha talablarni kuchaytirish.
  • 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Bazel' qo‘mitasini banklarning kapitaliga nisbatan belgilangan talablarni keskin kuchaytirishga majbur qildi. Natijada Bazel'-III deb nomlanuvchi yangi Bitim yuzaga keldi va uning asosiy jihatlari 2010 yilning 12 sentyabridan kuchga kirdi.

2. Bank inqirozi oqibatlarini bartaraf etish yo‘llari

  • 2. Markaziy banklar tomonidan past diskont stavkalarida kreditlar berish.
  • 2008 yilda boshlangan jahon molyaiviy-iqtisodiy inqirozi ta'sirida banklarning moliyaviy holati va likvidliligiga nisbatan yuzaga kelgan salbiy ta'sirni bartaraf etish maqsadida AQSh FZTning diskont stavkasi 0,25 foizgacha tushirildi va tijorat banklariga FZT 2 trln. dollar kredit berdi.

2. Bank inqirozi oqibatlarini bartaraf etish yo‘llari

  • 3. Davlatga tegishli mablag‘lar hisobidan tijorat banklarining ustav kapitali miqdorining ko‘paytirilishi.
  • 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasining yirik tijorat banklarining ustav kapitaliga O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ so‘mga aylantirilib qo‘yildi.

2. Bank inqirozi oqibatlarini bartaraf etish yo‘llari

  • 4. Tijorat banklarining muammoli aktivlarini davlat tomonidan sotib olinishi.
  • Ushbu usul Yaponiya, Germaniya, AQSh amaliyotida qo‘llanilgan.

2. Bank inqirozi oqibatlarini bartaraf etish yo‘llari

  • 5. Tijorat banklarining xorijiy valyutada berilgan va muddatida qaytmagan kreditlarini qaytarishga davlatning yordam berishi.
  • 1982 yilda Meksika hukumati o‘zini bankrot deb e'lon qildi. AQSh banklari tomonidan Meksikaga berilgan kreditlar uchun Meksika hukumati kafolat bergan edi. Natijada, AQSh banklari og‘ir ahvolga tushib qolishdi.
  • Meksika hukumati AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 4,5 mlrd. dollar, Yaponiyadan 3,0 mlrd dollar olib, ushbu mablag‘larning bir qismini banklarning qaytarish muddati o‘tgan va kelgan dollardagi kreditlarini qaytarishga sarfladi.

Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish