Мамлакатимиз ҳудудларига чет эл инвестицияларини фаол жалб қилиш учун қуйидагиларга алоҳида эътибор қаратиш мақсадга мувофиқдир: чет эл инвестициялари асосида замонавий ускуна олиб келиб, замонавий рақобатбардош ишлаб чиқариш корхоналарини ташкил этиш зарур; фаолият кўрсатаётган эркин иқтисодий зоналар ва кичик саноат зоналарида тўғридан-тўғри чет эл инвестицияларининг улушини ошириш керак; мамлакатимиз ҳудудларининг ўзига хос хусусиятларини ҳисобга олиб, чет эл инвестицияларини жалб этиш лозим; очиқ иқтисодиёт, соғлом рақобат, ишбилармонлик ва инвестиция муҳитини тубдан яхшилаш учун зарур шароитларни яратиш керак; - «яширин» иқтисодиётга қарши курашиш, унинг ҳажмини кескин қисқартириш, валютани эркинлаштириш сиёсатини изчил давом эттириш, эркин иқтисодий зоналар ва кичик саноат зоналарида бизнес субъектларини жойлаштириш, уларга имтиёз ва преференциялар беришни ташкилий ва ҳуқуқий жиҳатдан тартибга солиш, экспортбоп маҳсулотлар ишлаб чиқараётган, инновацион ва юқори технологик ишлаб чиқаришни йўлга қўйган тадбиркорларга ва чет эллик инвесторларга имконият яратиш, илмий ишланмалар «ноу-хау»лар соҳасига ҳам чет эл инвестицияларини кенг жалб қилиш орқали қулай инвестиция муҳитини яратиш зарур;
- чет эллик инвесторларни фаол жалб этиш мақсадида Ўзбекистоннинг инвестицион салоҳиятини намоён этувчи халқаро инвестиция форумларини ташкил этиш мақсадга мувофиқдир.
- Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» kitobida investitsiyalarga quyidagicha taʼrif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni koʼzlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng maʼnoda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini oʼstirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur boʼladigan mexanizmlarni taʼminlaydi.
- 2020- yilnin yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston umumiy hajmi 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qildi, bundan 3,2 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ri keldi. Investitsiyalar kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya yetakchilik qilmoqda. Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,6 mlrd dollarni tashkil etib, 2019 yildagi shu ko‘rsatkichga nisbatan 1,2 marotaba o‘sish sur’ati kuzatilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5% gacha o‘sgani ma’lum qilindi.
- O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlari yetakchilik qildi, respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi.
- Viloyatlar kesimida 2020 yilning birinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘sishining eng yuqori dinamikasi Namangan (1,6 barobar), Toshkent (1,6 barobar), Qashqadaryo (1,5 barobar) va Sirdaryo (1,4 barobar) viloyatlarida kuzatildi.
- 2020 – yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga kritilgan xorijiy investitsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |