MAVZU: “Invertor qurilmasini loyihalash va ishlab chiqish”
Invertor haqida ma’lumot. Invertorning ishlash printsip. Invertorni qo‘llanilishi.
Invertorning texnik xarakteristikalari.
Raqamli elektronikada invertorning qo’llanilishi.
Texnikaning jadal rivojlanishi natijasida yangi yo’nalish Tibbiyot texnikalarining elementlari va tarmoqlarida mikroelektronika juda ham tez suratlarda rivojlanib bormoqda.
Tibbiyot texnikalarining elementlari va tarmoqlarida mikroelektronika-integral sxemalar va ular asosida qurilmalarni tadqiq qilish, konstruksiyalash va ishlab chiqarishni o’z ichiga olgan elektronikaning zamonaviy yo’nalishdir. Mikroelektronikaning asosiy vazifasi ishonchliligi va takrorlanuvchanligi yuqori, arzon, kam energiya talab qiladigan va yuqori funksional murakkablikka ega qurilmalar hosil qilishda iborat. Bu jarayonni faqat elektron sxemalardagi energetik jarayonlarni amalga oshirish mumkin bo’ladi. Bunda invertorlarning ahamiyati benihoya kata.
O’zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantirish uchun invertor deb nomlanuvchi maxsus elektron qurilmalar ishlatiladi. Ko'pincha invertor biror kattalikdagi o‘zgarmas kuchlanishni boshqa qiymatli o'zgaruvchan kuchlanishga aylantiradi. Shunday qilib, invertor – bu davriy o‘zgarib turadigan kuchlanish genaratori bo‘lib, kuchlanishning shakli sinusoidal, sinusoidalga yaqin yoki impuls bo`lishi mumkin. Invertorlarni mustaqil qurilmalar sifatida ham, uzluksiz elektr taminoti (UPS) tizimlarining bir qismi sifatida ham ishlatiladi. Katta qurilmalarni uzluksiz elektr ta’minotini amalga oshirishda, katta sig‘imli akkumulyatorlarga ega bo‘lgan invertorlardan foydalaniladi va bu akkumulyatorlar avtonim ravishda istemolchilarni elektr energiyasi bilan taminlab turish imkoniyatiga ega, tok bor yo‘qligiga qaramasdan, toki tarmoq normal holatiga kelmagunga qadar. Tarmoq o‘z holatiga qaytganida UPS iste’molchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tok manbaiga ulaydi va akkumulyatorlar zaryadlana boshlaydi. Masalan, shaxsiy kompyuterlarda to’satdan tarmoq uzilib qolgan taqdirda, uzluksiz quvvat manbai (UPS) ni tashkil etadigan zaxira batareya va inverter yordamida, hal qilinayotgan vazifalarni to’g’ri bajarish uchun kompyuterlarning ishlashini ta’minlash mumkin.
Elektr energiyasini o‘zgartiruvchi zamonaviy texnologiyalarda invertor faqat oraliq vazifasini bajaruvchi qurilma sifatida ishlaydi va uning vazifasi kuchlanishni katta chastotada (o‘n va yuz KHz) transformatsiya qilish yo‘li bilan o‘zgartirishdir. Boshqa kuchlanish manbalari kabi, invertorlarga qo‘yiladigan talablar quyidagilarni o`z ichiga oladi: Yuqori foydali ish koeffitsienti (FIK), yani samaradorlik, ishonchlilik, iloji boricha kichik o‘lcham va vazn. Bundan tashqari, invertor kirish kuchlanishidagi yuqori garmonikaning ruxsat etilgan darajasiga bardosh berishi va iste’molchilar uchun nomaqbul bo‘lgan kuchli impuls shovqinini yaratmasligi kerak.
Zamonaviy hisoblash texnikasida axborotni raqamli qayta ishlash usuli muhim rol o‘ynaydi. Raqamli yarim o‘tkazgichli IMSlar hisoblash texnikasi qurilmalari va tizimining negiz elementi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari tomoniday qayta ishlanayotgan berilganlar, natija va boshqa axborotlar faqat ikki qiymat oladigan (ikkilik sanoq tizimi) elektr signallari ko‘rinishida ifodalanadi. Hisoblash texnikasi elementar mantiq operatsion ’’yo’q’’, ’’ha’’, ’’yoki’’ aniqlaydigan qurilma. Potensial va implusli signallarni o’zgartirib beradi. Analog hisoblash mashinalarida invertor kirish signal qutbliligini o’zgartirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |