OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAXLILI
2.1.
Invertazani va glyukoizomerazaning amaliyotda qo’llanilishi
Invertazani qo`llanish jarayonini xuddi uni katalitik reaktsiyalarni olib borishi kabi ikki
guruxga ajratish mumkin. Birinchisi bu fermentning gidrolitik funktsiyasi bo`lib, unda ferment
disaxarid xisoblangan saxarozani glyukoza va fruktozaga parchalaydi. Mazkur jarayon asosan
oziq-ovqat sanoatida sun`iy asal, invert sirop, fruktoza siropini olishda va boshqa maqsadlarda
qo`llaniladi [Shafiq S., 2003]. SHuningdek, mazkur ferment konditer [Haq I., 2002] va non
sanoatida va suyuq va yumshoq nachinkali qandlar ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Sanoatning
mazkur soxalarida fermentning gidrolitik faolligidan foydalanilgan xolda amalga oshiriladi.
Ikkinchi muxim funktsiyasi uning transferaz faolligi xisoblanib, mazkur jarayon
faqatgina suv-organik muxitda amalga oshadi. Bunda ferment dastlab muxitdagi saxarozani
fruktoza va glyukozaga, keyinchalik xosil bo`lgan fruktozani spirt tarkibidagi sivush moylari
bilan fermentativ biriktirish natijasida alkilfruktozidlar xosil bo`ladi.
Achitqi xujayralarini avtoliz qilish natijasida yuqori faollikka ega achitqi membranalari
olingan. Olingan membranalar asosida tabiatda keng tarqalgan uglerod tarkibli maxsulotlar
(keramzit, sapropel' va lignin) yordamida invert shakar olish uchun geterogen biokatalizatorlar
yaratilgan. Saporel' asosida yaratilgan biokatalizator yuqori invertaza faolligi va barqarorligini
namoyon etgan bo`lsa, lignin asosida tayyorlangan biokatalizator past invertaz faollikni
namoyon etgan [Kovalenko G., 2005].
Non sanoatida invert siropni xamirga qo`shish maxsulot tarkibidagi shakar miqdorini
pasaytiradi. Non tarkibidagi fruktooligosaxaridlar (kestoza va nistoza) qandli diabet bilan
kasallangan bemorlarni davolashda keng qo`llash mumkin.
Invertaza faolligidan foydalangan xolda difruktozalar olish imkoniyati Tokyo Kasei
Kogyo Co (Yaponiya) firmasè tomonidan amalga oshirilgan. Bunda 48 soat davomida (rN 6,0)
30% li fruktoza va 50% li saxaroza eritmasidan 177mg/ml difruktozalar olingan.
Invertazaning yana bir muxim funktsiyasi Abdurazakovaning ishlari yoritib berilgan. Bu
jarayonda fermentatsiya limititirlangan sharoitda o`tkazilib, fermentatsiya natijasida xosil
bo`lgan toksik maxsulotlar fermentning transferaz faolligi natijasida neytrallanadi. Mazkur
ishdan foydalangan xolda Mirzaraxmetovaning ishida immobillangan ferment asosida spirtli
ichimliklarni tozalash usuli yaratilgan. Unda ferment muxitdagi sivush yog‟lari xisoblangan
izoamilol, izobutanol, izopropanol kabi spirtlarni alkilfruktozidlarga aylantiradi. Ma`lumki
alkilfruktozidlar xushbo`y efirlar xisoblanib, ichimlikka xushbo`y ta`m beradi va tozalik sifatini
oshiradi.
Mazkur ilmiy ishlar bilan bir qatorda D. Dexqonovning ishlarida xam aktivlangan
ko`mirga kovalent immobillangan invertaza fermenti sivush moylarini alkilfruktozidlarga
aylantirish orqali spirtli ichimliklarni fermentativ tozalash usuli tavsiya qilingan. Unga ko`ra,
odatiy tozalash P.R. Bachurin usuli orqali amalga oshiriladi. Ma`lumki, ichimliklarning tozalash
uchun eng maqbul usul yaqingacha dinamik usul xisoblanib kelgan. Bunda sortirovka aktiv
ko`mir bilan to`ldirilgan bir yoki ikki bir-biriga birin ketin yopishgan kolonkalar orqali
o`tkaziladi. Moslama quyidagilardan iborat: ikkita parallel birlashtirililgan qumli fil'tr, ko`mirli
kolonkalar, ikkita qumli yoki sopol fil'trlar, suvli-spirtli bug‟larni kondensatsiya qilish uchun
muzlatkich, nazorat fonlari, xaydab olingan maxsulotlar uchun to`plagichdan iborat.
Bunda kvarts fil'trlardan o`tgan sortirovka mexanik tozalovdan o`tgandan keyin,
taxminan 400-450 kg gacha aktivlangan ko`mir bilan to`ldirilgan kolonkalarning birinchisi
keyinchalik esa ikkinchisidan o`tadi. Aktivlangan ko`mir bilan tozalovchi ustun orqali fil'tir 30
dal/soat bo`lgan tezlikda qayta tiklangan (regeneratsiya qilingan) ko`mirda, uni ortiqcha
al'degitlardan sivuxa va boshqa kimyoviy aralashmalaridan tozalanadi. SHundan keyin
17
fil'trlashning so`ngi uchinchi bosqichini amalga oshiriladi. Bunda sortirovka keramik fil'trlar
orqali tozalanadi. Bu usulni kamchiligi uzoq vaqt talab qilishi va ko`p bosqichligidir. Bundan
tashqari mazkur usulni kamchiliklari: moslamani katta gabaritli ekanligi, aktivlangan ko`mirni
regeneratsiyasi, ko`mirni o`tib ketgan mayda qismlarini sortirovka bilan ushlab qolish uchun
qo`shimcha fil'trlashdan iborat. Immobilizatsiyalashgan invertaza bilan ishlashda nimà kelib
chiqadiq Adsorbtsiyadan farqli ravishda, bu erda asosan izobutil va izoamil spirtlari deb
ko`rsatilgan toksik, ta`lim va isi o`tkir svuxa spirtlari fruktoza bilan alkilfruktozalarga
fermentativ bog‟lanadi.
Taqdim etilgan usul bo`yicha keraksiz aralashmalarini chiqarish uchun tayyorlangan
sortirovkani maxsus fil'trlardan o`tkaziladi.
Fil'tr vertikal joylashgan ikki sektsiyadan iborat. Birinchi va ikkinchi sektsiyalarda
diafregmalariga joylashgan fil'rli patronlar bor. Sortirovka kirish qovuridan ventil bilan dastlab
birinchi sektsiyani diafragma va qopqoq orasiga tushadi, so`ng fil'trning birinchi sektsiyasini
patronlarni sug‟urishi kapranlariga o`tadi. Trubkali suqorish kanallariga fil'trmatadan yasalgan
qanchalar maxkamlangan ular ichi sarbent bilan to`ldirilgan sortirovka sarbirt qatlamidan o`tadi,
so`ng matoni yuzida (sirtida) fil'trlanadi, birinchi sektsiyani yuzasidag chiqaradi va napor
yordamida ikkin sektsiyani diafragmasiga olib kelinadi. Diafragmaga ikkinchi sektsiyaning fil'tr
patronlari yopishtirilgan (maxkamlangan) ikkinchi sektsiyada sortirovka ya`ni bir marta sarbent
qatlami va fil'trlash tomonini orasidan o`tadi. Tozalangan sortirovka chiqish trubkasida
chiqarilib tashlanadi. Tozalash davomi (o`tkazish layoqati) ventel yordamida nazoratni qapqoqi
va rasmni qism qapqoqi bilan ta`minlangan. Fil'tr korpusi tirgak yordamida maxkamlangan.
Fil'tr patronni ishlash printsipi shundan iboratki tayyorlangan sortirovka qopqoq va fil'tr
diofragmasi orasidagi yuzadan fil'r patronni trupkali sug‟orish kapaliga o`tib sorbentli yuzaga
taqsimlanadi. Sorbent qatlami orasidan o`tib fil'tr mato yordamida fil'trlanib ikkinchi sektsiyani
yuzasiga fil'tr qatronni setkasimon qapqoqi orqali chiqadi. Fil'tr patronni qapqoqi rezbali
mustaqkamlash
moslamasi
bilan
(krepitel')
ta`minlangan
asosga
maxkamlanadi.
Immobimizatsiyalangan ferment bilan to`ldirilgan fil'tr matoli qop (xalta) qisqich orqali
turubkasimon kanalning asosida biriktiriladi.
Sortirovka dastlab birinchi sektsiyani qapqoqi va diafragma orasining yuzasiga ventil' va
quvur orqali kelib tushadi so`nã fil'tr patronni turupkasimon sug‟arish kanaliga jo`naydi fil'tr
matoli qopda to`ldirilgan qatlami orasidan va birinchi seksiyani setkali qapqoqi orasidan o`tadi
va napor yordamida sektsiyaíè turupkasimon suqorish kanallariga yo`l oladi va sarbtsiyalangan
tozalash jarayoni takrorlanadi. Tozalangan sortirovka ikkinchi sektsiyani ikki yuzasiga chiqadi
va turubkaga yo`l oladi va shu erdan maxsulotni keyini tayyorlanish jarayonlariga yo`l oladi.
Sortirovka napor yordamida o`zi xarakatlanadi, chunki fil'tr past joylashgan jarayonni to`la vaqti
ya`ni tozalash davomiyligi xona xaroratida 12 soatdan kam bo`lmasligi kerak. SHu vaqt ichida
ferment sortirovka tarkibidagi etirilgan xolatda bo`lgan svuza spirtlarini alkilfruktozidlarga
transformatsiya qilishga ulguradi.
O`simlik to`qimasida invertaza fermenti saxarozani parchalash funktsiyasidan tashqari
metabolizm va osmoregulyatsiyadaãè ahamiyati beqiyosdir. O`simlik xujayrasida saxarozani
oziqa, osmotik va signal funktsiyalarini bilgan xolda xujayrada invertaza funktsiyasi ham muhim
ekanligini aytish qiyin emas. Invertaza saxarozani parchalash orqali xujayrani energetik manbai
bo`lgan geksozalar hosil qiladi, nafas olishini ta`minlaydi va uglevod atomlari bilan ta`minlab
turadi. SHuningdek, invertaza xujayrada osmotik bosimni boshqarishida ham katta ahamiyatga
ega. Saxarozani glyukoza va fruktozagacha parchalanishi xujayrada osmatik bosimni oshishiga
sabab bo`ladi. Yuqorida invertaza faolligi va o`simlikning turli rivojlanish bosqichlarida
korrelyatsiyañè haqida ma`lumotlar keltirilgan. Yuqori invertaza faolligini o`sayotgan
to`qimalarda, sabzining rivojlanayotgan ildizlarida, loviya poyasini uzayishida kuzatish mumkin.
Glyukoizomeraza fermentining fermentativ funktsiyasidaí kelib chiqqan holda uning
sanoatda qanday maqsadlar uchun qo`llanilishini aniqlab olish ortiqcha qiyinchilik keltirib
18
chiqarmaydi. Mazkur ferment sanoatda aniqrog‟i fruktoza tarkibli siroplarni olishda glyukozani
fruktozaga modifikatsiyalashda ishtirok etadi. Mazkur jarayonlar zanjiri juda ko`p bosqichlardan
iborat bo`lib, uning asosiy qismi olingan glyukozani fruktozaga aylantirishdan iboratdir.
Yuqorida ta`kidlanganidek, glyukoizomeraza fermenti asosan glyukoza-fruktoza
siroplarini fermentativ usulda olish uchuí qo`llaniladi. Fermentativ sirop olishning kimyoviy
jarayonlardan afzal tomoni shundaki, bunda jarayon immobillangan fermentlar asosida kechadi.
Bizga ma`lumki, immobillangan fermentlarni sanoat miqyosidagi jarayonlarda qayta ishlatish
imkoniyati paydo bo`ladi. Mazkur bitiruv malakaviy ishida fermentni immobilizatsiya qilib
qo`llash taklif qilinadi. Bunda tashuvchi sifatida dubning qipiqlari foydalaniladi. Dastlab
tashuvchi 0.1N sul'fat kislota bilan 20 daqiqa mobaynida tashuvchidagi kerasiz moddalarni va
yog‟li birikmalarni yo`qotish maqsadida ishlov beriladi. Tozalangan tashuvchi yuzasida al'degid
guruxlar xosil qilish uchun natriy metaperiodat bilan xona sharoitida modifikatsiyalanadi.
Modifikatsiyalangan tashuvchi pH 7.5 bo`lgan glitsirin ertmasi bilan keyinchalik esa borat bufer
eritmasi bilan yuviladi. Fermentni immobilizatsiyalash jarayoni 20 soat davomida xona
sharoitida 0.1M pH 7.5 borat buferida o`tkaziladi. Immobillash jarayoni tugagach preparat 1M
natriy xlor eritmasi bilan yuviladi. Mazkur jarayonda fizik immobillangan ferment qismlari oqib
chiqib ketadi. SHundan so`ng olingan preaparat 40S xaroratda quritiladi. Immobillangan
preparat tayyor xolga kelgach uni sovutkichda saqlanadi.
Fermentativ usulda kraxmaldan patika, glyukoza, va fruktoza olish quyidagicha amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |