ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. Glyukoizomeraza fermentining strukturaviy tuzilishi
Glyukoizomeraza fermenti xossalari aniqlangandan so`ng uning oziq-ovqat sanoatida
qo`llash talabi kengaydi. CHunki o`shà paytlarda shakarning narxi ancha baland bo`lib, ishlab
chiqarilgan shakar insonlar iste`molidan oshmas edi. Marshal va Kooi Pseudomonas hydrophila
bakteriyasidan mazkur fermentni ajratib bilan bir qatorda, boshqa bakteriyalar ham mazkur
fermentni ishlab chiqara olish qobiliyati aniqlandi (Gracheva, 1978). SHuningdek fermentning
effektiv produtsenti sifatida Streptomyces shtammlari ham keng o`rganildi. Bulardan tashqari
Streptomyces phaeochromogenes, Streptomyces albus, Streptomyces bikiniensis, Streptomyces
cinnamonensis, Streptomyces flavovirens, Streptomyces fradiae, Streptomyces sp. kabi
shtammlardan ham ajratib olingan. Streptomyces shtammlaridan tashqari Aerobacter cloacae, A.
aerogenes, Lactobacillus brevis, Escherichia intermedia, Paracolobacrum aerogenoides, Bacillus
megaterium, B. coagulans, Actinoplanes missouriens va boshqa produtsentlardan ferment
ajratilgan turli fizik-kimyoviy xossalari o`rganilgan. Dastlabki paytlardagi glyukoizomerazani
ajratib olish usullari ancha murakkab va iqtisodiy jixatdan qimmat turardi. Chunki
glyukoizomeraza fermenti indutsibl ferment bo`lganligi uchun ajralishi uchuí qimmat bo`lgan
ksiloza substratini talab qiladi. Bularni bartaraf etish uchun esa Takasaki tuproqdan
mikroorganizmlarni ajratib oldi va Streptomyces albus shtammini mikroorganizmlar ichidan
skrining qilib oldi. Olingan produtsent muxitiga ksilan yoki ksilan tutuvchi maxsulot tashlaydi.
Streptomyces bikiniensis shtammidan xam fement ajrati olish shu tarzda amalga oshirilgan.
Mazkur usul fermentni sanoat darajasida ishlab chiqarishga imkon yaratgan. Chunki ksilan
tutgan maxsulotgan yangi unib chiqayotgan maysalar xam kiradi. Oddiy misol tariqasida
AQSHning Villiamete (Oregon shtati) qishlog‟ida bir yilning o`zida 1 mln tonna ksilan tutuvchi
maysa etishtiriladi va axlatga tashlanar edi. Mazkur maysalarning 25% ni gemitsellyuloza tashkil
qilib, uning taxminan 65% ni ksilan tashkil qiladi. Mazkur maxsulot glyukoizomerazani sanoat
miqyosida ajratib olish uchun asos bo`ldi. SHu usulda Streptomyces flavogriseus shtammidan
ferment ajratib olingan. Jarayon avvalida tuproqdan mikrorganizmlar ajratib olingan va
Streptomyces flavogriseus shtammi skrining qilingan. Kul'tura muxitiga gemitsellyulolza, ksilan,
ksiloza va maysalarning sul'fat kislotadagi gidrolizatlari qo`shilgan.
Oziq-ovqat sanoatida ko`pincha shakar o`rniga glyukoza-fruktoza siropi qo`llaniladi. Bu
jarayonda kraxmal tutgan xom ashyolarni fermentativ gidrolizi natijasida olingan glyukoza
eritmasi glyukoizomeraza fermenti yordamida fruktozaga aylantiriladi. Mazkur olingan oziq-
ovqat sanoatida qo`llaniluvchi maxsulot dunyo bozorida shirinligi va oziq sifatiga ko`ra tan
olingan blib, qand lavlagi va shakarqamish shakarlari bilan raqobatlasha oladi [Golovina, 1985].
Glyukoza-fruktoza siropini ishlab chiqarish lavlagi yoki shakarqamishdan shakar olishga
nisbatan kam mexnat talab qilishi, jarayon uzluksizligini ta`minlash va ikkilamchi maxsulotlar
olish (jo`xori yoqi, quruq em) kabi afzalliklarga ega [Kojanova, 1987]. Lekin dastlabki maxsulot
xisoblangan makkajo`xorining o`zi xam oziq xisoblangani ishlab chiqariladigan maxsulotni tan
narxini oshirib yuboradi. SHuning uchun glyukoza-fruktoza siropini ishlab chiqarishda odatda
past navli paxta, yog‟och chiqindilar qo`llanilishi maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda glyukoza-
fruktoza siropini ishlab chiqarish AQSH da samarali yo`lga qo`yilgan. SHuningdek mazkur
maxsulot Yaponiya, Kanada, Janubiy Koreya, Argentina, Ispaniya, Finlyandiya kabi
mamlakatlarda xam ishlab chiqiladi [Ladur, 1987].
Glyukoza-fruktoza siropini 42 dan 55 gacha bo`lgan foizini fruktoza tashkil qiladi. Lekin
yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlarda sirop tarkibidagi fruktoza miqdori 90% gacha
etkazilgan [Mosichev, 1987]. Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, bizning mamlakatimiz kraxmal
tutgan xom-ashyolarga boy bo`lsada, glyukoza-fruktoza siropini ishlab chiqarish xaligachà
samarali yo`lga qo`yilmagan.
8
Glyukoza-fruktoza siropini ishlab chiqarish rentabelligi immobillangan glyukoizomeraza
fermentini qo`llash natijasida sezilarli darajada ortadi. Immobillash jarayoni uchun esà ferment
produtsenti xujayrasi yoki nativ ferment preparati qo`llaniladi [Romanika, 1987]. Barcha
mamlakatlarda qo`llaniladigan ferment (glyukoizomeraza) fermentlarning izomeraza oilasi ichki
molekulyar oksidoreduktaza kenja sinfiga mansub bo`lib, uning asl nomi - D-ksiloza ketol-
izomerazadir (KF 5.3.1.5).
Mazkur sinfga mansub fermentlardan D-glyukozani D-fruktozaga izomerlovchi 3 ta
ferment ma`lum. Ularning yuqori barqarorligi va fermentning kofaktorlari Co
2+
va Mg
2+
ekanligini xisobga olgan xolda, D-ksiloza ketol-izomeraza fermenti sanoatda qo`llash uchun
loyiqdir.
Fermentning asosiy produtsenti bu mikroorganizmlardir. Ularni ko`pchiligini
grammanfiy bakteriyalar va streptomitsetlar tashkil qiladi. Xozirgi kunda glyukoizomeraza
fermenti biosintezini effektiv amalga oshirish uchun turli mamlakatlarda ko`plab ilmiy ishlar
qilinmoqda. Mikroorganizmlarning glyukoizomerazaga nisbatan maxsuldorligi ya`ni ko`p
miqdorda ishlab chiqishi ularni kul'tivirlashni optimal sharoitlarini aniqlash, bosqichma-bosqich
selektsiya qilish, indutsirlangan mutagenez va gen muxandisligi usullari orqali amalga oshiriladi
[Ulezo, 1987].
Glyukozoizomeraza indutsibel' ferment xisoblanib, odatda mikroorganizmning xujayra
ichida to`planadi. Aksincha, fermentni xujayra ichiga va sirtiga sekretsiya qiluvchi kul'turalar
xam mavjud. Masalan Streptomyces olyvaceus 13-4 shatmmi tomonidan sekretsiyalanadigan
fermentning ekzo va endo formalari indentik ekanligi aniqlangan. Shrinivazan va uning
xamkasblari tomonidan aniqlangan ma`lumotlarga ko`ra, Chainia turiga mansub shtammlar
sintezlagan fermentning ekzo va endo formalari turlicha fizik-kimyoviy va enzimatik
xususiyatga ega bo`lgan.
Xujayraichi fement uchun uning lokalizatsiyasi muxim axamiyatga ega. Streptomyces
albogriseolus 28-3 shtammida fermentni immunoperoksidaza usuli bilan tekshirish natijasi uning
xujayra devorlari bilan bog‟langanligini ko`rsatadi. Odatda xujayra devorida va periplazmatik
bo`shliqda tashqi muxitdan qabul qilinadigan metabolizmda ishtirok etadigan substratlarni
parchalaydigan fermentlar joylashgan. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, glyukoizomeraza
permeaza va kinazalar bilan bir qatorda D-glyukozo-6-fosfat i D-ksiloza-5-fosfat kabi
metabolizmda ishtirok etuvchi uglevodlar izomerizatsiyasida ishtirok etadi.
Fermentni ajratib olishda kul'turaga ul'tratovush bilan ta`sir qilish, biomassani turli
detergentlar (toluol, lizotsim, streptolitin) bilan ishlov berish samarali natija beradi. Shuningdek,
mikroorganizmlardan
ajratib
olingan
immobillangan
litik
fermentlar
yordamida
glyukoizomerazani ajratib olish katta qiziqish uyg'otadi. Olingan ferment tozalanadi va
immobillanib sanoatga taqdim etiladi.
Fermentni dastlabki tozalash jarayonida issiqlik yoki kislota bilan ishlov berish, organik
erituvchilar, ammoniy sul'fat va Mg
2+
yoki Mn
2+
bilan ishlov berish keng qo`llaniladi. Ko`pincha
glyukoizomerazani
tozalashda
yuqoridagi
bosqichlar
kombinatsiyasi
qo`llaniladi.
Glyukoizomerazani odatiy bo`lmagan usulini Djonson va uning xamkasblari tomonidan taklif
etilgan. Ular (K
+
, Na
+
, NH
4+
, Mg
2+
, Mn
2+
, yoki Co
2+
tuzlarini xlorid, sul'fat, nitrat, sirka, limon
va malein kislotadagi) 0,1-0,5 M eritmasi bilan ishlov berilgan polisul'fonli ul'trafil'tratsion
membranani ishlab chiqishgan. Tuz eritmalari qo`shilmagan xolda glyukoizomeraza eritmasi
membranadan o`tmagan.
Qisman tozalangan ferment produtsentlari ko`p bo`lishigà qaramay, xozirga qadar
fermentning gomogen xolda ajratilishi mumkin bo`lgan 20 dan ortiq produtsenti bor. qisman
tozalangan fermentni gomogen tarzda tozalash uchun uni dastlab ion almashinuv
xromatografiyasi va keyinchalik gel'-xromatografiya usuli yordamida tozalanadi. Streptomyces
albogriseolus produtsentidan fermentni immunoaffin xromatografiyasi usulida tozalash
9
glyukoizomerazani gomogen xolga keltirgan va ferment faolligi 71% ni tashkil qilgan.
Tozalangan ferment asosida glyukoziomerazani ta`sir mexanizmi va uning fizik-kimyoviy
xossalari o`rganiladi.
Ko`pgina termostabil fermentlar kabi glyukoizomerazada xam arginin, glitsin qoldiqlari va a-
spiralni xosil qiluvchi alanin, leytsin, glutamin kislota va aspargin uchraydi. SHuningdek, juda
kam miqdorda tsistein, serin va lizin qoldiqlari ham uchraydi. Tsisteinning juda kam miqdorda
uchrashi
yoki
umuman bo`lmasligi
termostabil xujayraichi
fermentlarining asosiy
xususiyatlaridan biridir.
Glyukoizomeraza gurux spetsifikligiga ega fermentdir. Ferment samarali darajada asosan
2 ta substratga ta`sir etadi. Bular: D-glyukoza va D-ksilozadir, nisbatan past spetsifiklikni esa D-
riboza, D-arabinoza, D-alloza, D-ramnoza va L-arabinozaga substratlariga namoyon qiladi.
Ferment shuningdek yuqorè spetsifiklikni D-ksiloza ko`rsatsa, bu spetsifiklik deyarli fermentni
D-glyukozaga ko`rsatadigan spetsifikligi bilan tengdir.
Xozirda glyukoizomerazani sanoat miqyosida immobillangan preparat sifatida sotuvchi 8
ta xorijiy firmalar mavjud. Ularning 5 tasi preparatlarni immobillangan xujayra sifatida va
qolgan 3 tasi esa preparatni qisman tozalangan biokatalizatorlar sifatida chiqaradi. Dunyoga
mashxur keng tarqalgan preparatlar Novo Industry, Gist Brocades, Miles Kali Chemi firmasining
maxsulotlaridir. Eng qiziqi glyukoizomerazani glyukoamilaza, glyukozidaza va boshqa
fermentlar bilan birga immobillash fruktozani olishning yangi yo`nalishini ochib, kraxmal tutgan
yoki boshqa glyukanlardan fruktoza olish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |