Intrnet Bajardi: Tekshirdi: Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari



Download 19,85 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi19,85 Kb.
#537222
Bog'liq
реферат



Intrnet

Bajardi:__________________________


Tekshirdi:________________________
Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari.
Gospital xirurgiya predmeti. Xirurgiya fani o„tkir va surinkali xirurgik kasalliklarni etiopatogenetik omillarini, ularning klinikasini, zamonaviy diagnostikasi va davolash tamoyillarini o„rgatadi. Bakalavr tayyorlashda dastur orqali – o„tkir va surunkali xirurgik kasalliklarni va xirurgik davo tamoyillarini o„rganish zamonaviy shifokor uchun o„ta muhim, chunki faqatgina ularning asosida kasalliklarning etiopatogenezini malakali tahlil qilish va patogenetik asoslangan davolash usulini tayinlash mumkin. Bemorlar kuratsiyasi. Amaliyot davomida murabbiylar operatsiyadan keyingi bir bemorni 3 kun davomida nazorat qiladilar. Bemorni kuzatish dinamikasi, uning muammolarini hal qilish jarrohlik bemorni dinamik kuzatish ro'yxatida aks ettirilishi kerak. Choyshablar soni kerak bo'lganda qo'shiladi. Nazorat qilish uchun bemorni tanlash bo'lim bosh hamshirasi yoki metodik rahbar yordamida amalga oshiriladi. Anamnez sinovdan oldin metodik rahbarga tekshirish uchun topshirilishi kerak. Aorta ravogi tarmoklarining okklyuzion kasalliklarini urganish dolzarbligi Xozirgi zamon angiologiyasi o‘z ta'sirini kardiologiya, terapiya, gastroenterologiya, seksologiya, nefrologiya, transplantologiyaning bir qator muammolariga yo‘naltiradigan fandir. Angiologiya tufayli yurak ishemiyasi, miya, arterial gipertenziya kabi xastaliklarning patogenezini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi. Tomirlarning ilgari ma'lum bo‘lmagan yangi kasalliklari - nospetsifik aorta-arteriit va fibroz displaziya diagnostika qilinyapti va o‘rganilyapti. Anatomik-fiziologik xususiyatlar Shunday qilib, tomirlar xirurgiyasining ta'siri xozir g‘oyatta katta va undan go‘yo uzoqda turgan tibbiy ixtisosliklarga ham tarqaladi. Shularning hammasi tibbiyot oliy bilimgohi talabalarini angiologiya va angioxirurgiyaning xozirgi holati: uning diagnostik va operativ imkoniyatlari bilan tanishtirishni taqozo etadi. Bemorlarni tekshirish metodlarini yoritishdan oldin arterial sistemaning ba'zi bir asosiy kasalliklari ustida to‘xtalib o‘tish zarur. Bular: ateroskleroz, nospetsifik aorta-arteriit, fibroz-mushak displaziyasi, obliteratsiyalaydigan endarteriit. Ateroskleroz atamasini 1904 yilda Marshan taklif qilgan, bu aorta va arteriyalarning o‘ziga xos kasalligidir. Bu kasallik arteriyalar intimasi ostida lipidlarning o‘choqli yig‘ilib biriktiruvchi to‘qima atrofi o‘sib qalinlashuvi, kalsiy yig‘ilishi va mediyaning o‘zgarishi bilan bog‘liq: asosiy sabablari - tashqi omillar (xolesteringa boy ovqat, xis-hayajonlar, gipokineziya, chekish), genetik moyillik, endokrin buzilishlar, modda almashinuvi buzilishlaridir. Ateroskleroz patogenezining eng tarqalgan nazariyasi N. N. Anichkov, G. F. Lang, A. L. Myasnikovlar taklif qilgan neyrometabolitik nazariyadir. Gidrofil xolesterin kompleksi yaratilishida beqaror lipoprotein kom-plekslariga - 3/4 qismi lipidlardan iborat beta-lipo proteidlarga va 1/4 qismi oqsil bo‘lgan xolesteringa katta ahamiyat beriladi. Ularning tomirlar orqali bunday tashilish usuli ishonchli emas, komplekslar erimaydigan lipidlar cho‘kishi bilan oson parchalanadi. Xolesterinning bu esterlari erimaydigan komplekslar holida arteriyalar intimasida to‘xtalib qoladi va asta-sekin yig‘ilib, uning devoriga o‘tadi. Aterosklerozning Urugvay xirurgi Palme tavsiya qilgan gemodinamik nazariyasi nuqtai nazardan ateroskleroz sistolik qon to‘lqini zarblarining arterial devorni surunkali shikastlashi natijasi hisoblanadi. Bu arteriyalarning himoya sistemasi o‘z vazifasini ado etolmaganda ro‘y beradi. Aterosklerozning trombogen nazariyasini ingliz patologi Dugayt taklif etgan. Uning tadqiqotlariga binoan aortadagi tromblar avval g‘ovak, so‘ngra kontakt fibrindan tashkil topgan. Tromb yuzasi endoteliy bilan qoplanadi, shunga ko‘ra u go‘yo tomir devorining tarkibiy qismiga o‘xshab, intimaga joylanib olganday bo‘ladi. Shundan keyin fibrin kondensatsiyasi va tromb hosil bo‘lishi yuz beradi. Fibrin yig‘ilishi takrorlanadi. Takrorlanish tez yuz bersa, fibrinning bir qatlami ikkinchi yangi qatlami bilan aloqaga kirishadi. Nospetsifik aorta-arteriit - tomirlarning sistema kasalligi bo‘lib, asosiy xususiyati aortada va uning shox tarmoqlarida stenozlovchi, anevrizmatik yoki aralash jarayon hisoblanadi. Uni 1956 yilda Savori tasvirlagan. Nospetsifik aorta-arteriitning haqiqiy tarixi yapon vrachi M. Takayasuning 1905 yilda aorta ravog‘i tarmoqlari zararlanishining klinik tasvirini bayon etishdan boshlangan. Aortitning allergik tabiatini hisobga olib, qator mualliflar uning autoimmun kelib chiqishi to‘g‘risidagi taxminni bayon qiladilar. Ayrim mualliflar uni kollagenozlar qatoriga kiritadilar, chunki unda kollagenozga xos yallig‘lanish reaksiyalari, subfebrilitet, sistem zararlanish, klinik polilorfizm, ayrim musbat laboratoriya sinamalari qayd qilingan. Bu kasallikda, odatda, arteriyaning birlamchi tashqi qatlamlari zararlanadi, so‘ngra jarayon tomirning birmuncha chuqur qatlamlariga tarqalib, intimani qalinlashtiradigan ikkilamchi yallig‘lanish xodisalari yuz beradi. Aorta ravog‘i arteriyalari kasalliklari Takayasu sindromi degan nom ostida braxeotsefal arteriyalarni toraytiradigan yoki tutilib qolishini keltirib chiqaradigan va bosh miya hamda qo‘llar ishemiyasiga olib keladigan har xil etiologiyali kasalliklar guruxi birlashtiriladi. Yapon oftalmologi Takayasu 1908 yilda yosh ayollarda ko‘z tursimon pardasi arteriyasining zararlanishi va qo‘lda puls yo‘qligi bilan ta'riflanadigan tomirlar kasalligini tasvirladi. Adabiyotda bu sindrom kashfiyotchi sharafiga Takayasu deb ataldi. Bu patologiya adabiyotda boshqa nomlar bilan ham yuritiladi, ulardan eng keng tarqalgani «aorta ravog‘i sindromi», «puls yo‘qligi kasalligi», «Martorelle sindromi», «yosh ayollar arteriiti», «Gigant xo‘jayrali arteriit», «Takayasu sindromi» va boshqalardir. Bu kasallikning anchagina tarqalganligi va prognozining yomonligi, miya insultiga va davolash usullariga oid qarashlarning qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan uning klinik ahamiyati yetarlicha muximdir. Ishemik insult paydo bo‘ladigan bemorlarning taxminan yarmida bosh miyani ta'minlaydigan kalla suyagidan tashqaridagi arteriyalarda zararlanishlar bo‘ladi. Aterosklerozda bosh miyaning ishemik zararlanishlari faqat arterial okklyuziyasi stenozi sababli emas, balki serebral arteriyalarning aterosklerotik pilakchadan mikroemboliyasi natijasida ham rivojlanadi. Etiologiyasi va patogenezi. Braxeotsefal arteriyalar tutilib qolishni keltirib chiqaradigan etiologik omillar bir necha guruxlarga bo‘linishi mumkin: 1. Arteriyalarning obliteratsiya qiladigan kasalliklari: - ateroskleroz; - nospetsifik aorta-arteriit; - obliteratsiyalovchi trombangit; - chakka arteriiti. 2. Aorta ravog‘i anevrizmalari braxeotsefal arteriyalarning ikkilamchi torayishi bilan: - aterosklerotik; - zaxmli; - qatlamlanadigan anevrizmalar. 3. Aorta ravog‘i tarmoklarining rivojlanish nuksonlari: - arteriyalarning ratologshik egri-bugriligi, ogizning surilish nuksonlari; - arteriyalarning patologik egri-bugriligi, kovuzloklar xosil kilish va angulyasiyasi; - aorta ravog‘i tarmoklari nuksonlari. 4. Arteriyalar kompressiyasining ekstravazal omillari. Ateroskleroz ishemik sindromning eng ko‘p sababchisi xisoblanadi, bemorlarning taxminan 2/3 qismida aterosklerotik kelib chiqadigan braxeotsefalik arteriyalarning zararlanishi bo‘ladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 4 baravar ko‘proq zararlanadi. Aterosklerozning muhim xususiyati shundaki, bosh miyaning kalla suyagidan tashqaridagi bo‘limlarining zararlanishi intrakranial arteriyalarga qaraganda 5 marta ko‘proq uchraydi. Uyqu arteriyasi bifurkatsiyasi va ichki uyqu arteriyasining boshlang‘ich segmenti aterosklerotik pilakcha rivojlanadigan joy xisoblanadi. Ikkala uyqu arteriyasi bir xilda ko‘p zararlanadi. Aksariyat patologik jarayonga o‘mrov osti arteriyalari ham qo‘shiladi, bunda chap arteriyasi o‘ng arteriyasiga nisbatan 3 baravar ko‘proq zararlanadi.Ko‘pincha bemorlarda aorta ravog‘i tarmoqlarining ko‘p sonli zararlanishlari aniqlanadi. Nospetsifik aorta-arteriit braxeotsefal tomirlar zararlanishining sabablari orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Aorta-arteriit uchun stenozlangan qismning birmuncha uzunligi xos. Aorta-arteriitning taxminan 75% hillarida aorta ravog‘i tarmoqlarining ko‘p sonli zararlanishlari kuzatiladi. Bu kasallik bilan aksariyat 30-40 yoshdagi odamlar, ko‘proq ayollar (4:1) kasallanadilar. Braxeotsefal tomirlarning normal o‘tkazuvchanligini buzadigan uchinchi sabab - ekstravazal kompressiya xisoblanadi. Umurtqa arteriyasi og‘zi surilganda, buralganda yoki oldingi zinapoyasimon muskuldan bosilganda (umurtqa arteriyasi anomal chiqqanda) umurtqa arteriyasi bo‘ylab qon oqimi kamayishi mumkin. Umurtqa arteriyalarining suyak kanalida stenozlanishi bo‘yin osteoxondrozi rivojlanganda, osteofitlar, o‘smalar tomonidan bosilganda ro‘y berishi mumkin. Braxeotsefal arteriyalarning patologik egri-bugriligi arteriyaning uzayishi va keskin diviatsiyasi, shu joylarda buralish va o‘tkazuvchanlik buzilishi sodir bo‘lishi bilan ta'riflanadi. Qon oqimi izdan chiqishiga olib keladigan boshqa kasalliklar orasida kamdan-kam uchraydigan zaxm arteriitini qayd qilib o‘tish kerak. Miya qon aylanishining buzilishlari yuqori arterial gipertenziya fonida rivojlana oladigan ichki uyqu arteriyasi anevrizmasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Klinikasi. Bu kasallikning klinik belgilari muayyan arteriyadagi okklyuziyaning joylashuviga va xarakteriga, izdan chiqqan magistral qon oqimining kompensatsiyasi bosqichiga bog‘liq. Kasallikning patologik jarayonning topikasini va xarakterini aks ettiradigan klinik formalari (simptomlari) davolash usulini tanlashga imkon beradigan diagnozning zamonaviy turi xisoblanadi. 1. O‘mrov ostita ta'luqli simptom - asosiy tarmoqlari chiqqandan keyin o‘mrov osti arteriyasining eng distal qismidagi okklyuziya. Takayasu sindromida o‘mrov osti arteriyasi bo‘ylab qon oqimi deyarli 6% hollarda zarar ko‘radi (B. V. Petrovskiy muallifdoshlari bilan). Ko‘pchilik bemorlarda o‘mrov osti sindromining etiologik omili arteriit, qolgan hollarda ekstravazal omillar, qo‘shimcha bo‘yin qovurg‘alari va oldingi zina poyasimon mushak sindromi hisoblanadi. Bu sindromnish moxiyati qo‘l ishemiyasidir. Ishemiya darajasi kollateral qon aylanishi imkoniyatlari bilan belgilanadi. Dekompensatsiyalangan bosqich qo‘l panjasi va bilakda ikkinchi - distal blok bo‘lganda uchaydi, xolos. 2. Umurtqa sindromi - umurtqa arteriyasining ekstravazal bo‘limida qon oqimining buzilishi va shu sababli miya tomirlarida yetishmovchilik paydo bo‘lishidir. Umurtqa sindromi alohida ko‘rinishda qariyb 17% hollarda uchraydi. Umurtqa arteriyasining ekstrakranial bo‘limida qon oqimi buzilishi uchta satxda - og‘zi- soxasida, suyak kanalida, kalla suyagiga kirishdagi gorizontal qismda ro‘y berishi mumkin.
Download 19,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish