Tarmoqning protokol modeli.
Tashkiliy tuzilma tarmoqni yaxlitligidagi tashkil qilinishini, ya’ni uning vazifalari, elementlarni asosiy xususiyatlari va aloxida tizim osti axborot tarmoq segmentlari sifatida qo‘llaniladigan unsurlarni tuzilma komponentlariga birlashtirishni kompozitsion tamoyillarini aks ttiradi.
Tarmoq elementlari, ularning vazifalari va xususiyatlari.
Umumiy xolda xar qanday tarmoqning elementlari bo‘lib punktlar va ularni bog‘lovchi liniyalar xisoblanadilar. Tarmoq punktlari oxirgi nrow va tugun punktlarga bo‘linadilar.Oxirgi punktlarda (OP) (endpoints) tarmoqning terminal uskunalari, xamda OP funksional vazifalarini belgilovchi axborot resurslar va ishchi tizimlar joylashadi. Masalan, OP tarmoqqa,telekommunikatsion xizmatlarga kirishni ta’minlash ѐki tarmoqning turli segmentlarini birlashtirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi ikkita xolatda OP kirish tuguni (access node) deb ataladi. Foydalanuvchilarning tarmoqqa kirishida, muvofiq OP terminal qurilmasi foydalanuvchi vazifasiga ko‘ra, axborot kiritish-chiqarish xamda axborotni qayta ishlash funksiyasini bajaradi. Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchini tarmoqqa kirish imkonini beruvchi punkt-xizmat tuguni (service node) deb yuritiladi. Ularda foydalanuvchilar kirishi uchun abonent-tarmoq interfeyslari (User Network Interface,UNI) va tarmoq bilan o‘zaro bog‘lanish uchun xizmat tuguni interfeysi (Service Node Interface) amalga oshirilgan.
10
Turli segmentlarni birlashtiruvchi OP da chegara kommutator, kiritish-chiqarish multipleksor ѐki turli telekommunikatsion texnologiyalar tarmoqlarini birlashtirishda tarmoqlararo o‘zgartirgich (shlyuz) vazifasini bajaruvchi maxsus uskunalar o‘rnatilishi mumkin. Tugun punkti (node point) ѐki tarmoq tuguni (node) bu ikki va undan ortiq aloqa liniyalari birlashgan punkt va ushbu punkt ma’lumotlar oqimi yo‘lida oraliq punktdir. Tarmoq tugunida bir paytda ѐki xar xil paytda turli vazifalar amalga oshiriladi, ulardan asosiysi kommutatsiya, konsentratsiya, multipleksorlash va marshrutizatsiyadir.
Kommutatsiya (switching)-marshrutizatsiya sxemasiga muvofiq tarmoqda axborot oqimlarini taqsimlashda tugunda birlashadigan liniyalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish jaraѐni. Kommutatsiya operativ (aloqa seansi mobaynida) va
uzoq muddatli (krossli), ya’ni tugunda birlashadigan liniyalarni krosslash
yo‘li bilan amalga oshiriladigan bo‘ladi. Konsentratsiya (concentration)-liniyaning samarali yuklanishini ta’minlash maqsadida, quvvatli chiqish oqimiga erishish uchun bir necha kirish axborot oqimlarini birlashtirishdir.
Multipleksorlash (multiptxing)-liniyaning o‘tkazish qobiliyati resursini ma’lum qismini axborot oqimining xar biriga berish yo‘li bilan bitta liniyadan bir necha axborot oqimlarini uzatishni ta’minlab beradi. Bu o‘rnatilgan taqsimlash uzatilaѐtgan axborot yo‘qligida xam saqlanib qoladi, ya’ni bu yerda konsentratsiya vazifasi mavjud emas. Marshrutizatsiya (routing)-adres axborot va marshrutlar trassasi jadvali asosida tarmoqning ikki punkti o‘rtasida yo‘l qidirish jaraѐni. Aloqa liniyalari signal shaklida axborot oqimlarini uzatishni ta’minlab beradi va umumiy xolatda signal tarqatish muxitini va uni taqsimlash rejimida ishlatishga imkoniyat beruvchi uskunalar majmuasini o‘z ichiga oluvchi qurilmalardir. Fizikaviy muxit juft mis simlar, optik tola,efir bo‘lishi mumkin. Muxit turiga bog‘liq ravishda aloqa liniyalarini simli va simsizga ajratiladi. Simli liniyalarga signal sun’iy tashkil qilingan yo‘naltiruvchi muxitda tarqaladigan, masalan, ximoyalangan qobiqqa ega simlar(kabel aloqa liniyalari) kiradi. Kabel aloqa liniyalarida uzoq masofani ta’minlash maqsadida, ma’lum intervalda kuchaytirgich punktlari tashkil qilinadi. Optik tolali aloqa liniyalari xam simli xisoblanadi, ularda tarqalish muxiti sifatida dielektrik material, xususan, yuqa shisha tolalar ishlatiladi. Ularning afzalligi konstruksiyasida defitsit bo‘lgan mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshinning yo‘qligi. Tarmoq tuzilmasi komponentlari. Tarmoq elementlari birlashishni nisbatan mustaqil tuzilma komponentlarga –tarmoq segmentlariga-birlashishi tamoyillari odatda segment miqѐsi, uning bajaraѐtgan vazifasi, ishlatilaѐtgan telekommunikatsion texnologiyasi bo‘yicha tasniflanadi. Tarmoqni segmentatsiyalashni asosiy vazifasi segment ichidagi oqim ulushini maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlarni ulushini kamaytirish. Tarmoq segmentlarini miqѐs tamoyili asosida tasnif tarmoq
11
iyerarxiyasi bilan tasvirlanadi - lokal tarmoq (Local Area Network,LAN), unda yuklanishning asosiy qismi kichik xudud, muassasa, sanoat korxona va xokazo ichida chegaralanadi, ya’ni ma’lum katta bo‘lmagan xududda joylashgan kompyuterlar tarmog‘i. Umumiy xolda bitta ѐki bir nechta binolar va bitta tashkilotga ta’luqli bo‘lgan qurilmalar majmuasi;
- xududiy(mintaqaviy) tarmoq (Metropolitan Area Network,MAN), yirik axoli punkt ѐki kichik mintaqaga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan;
- yirik miqѐsli xududiy tarmoq(global) (Wide Area Network,WAN), katta xudud, davlat, kontinent xamda turli kontinentlarda joylashgan LAN, MAN turidagi tarmoqlarni birlashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur magistral tarmoq uzatish muxiti sifatida asosan optik toladan foydalaniladi. LAN, MAN, WAN tarmoqlaridan xar biri kichik miqѐsdagi bir qator segmentlarga bo‘linishi mumkin. Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks etadi va ularning xar bir segmenti umumtarmoq almashuvini shakllantirishda aniq funksional vazifani bajaradi. Xar qanday qatlamda segmentlar bog‘liqligi magistrallar (magistral segmentlar) bilan ta’minlanadi.
2.4-rasm. Internet tarmog‘ining asosiy komponentlari
48
Oxirgi punktlarni segment ichida birlashishi va magistral segmentlarni amalga oshirilishi umumiy kommunikatsion muxitni ѐki tugun tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Tarmoq(tarmoq segmentlari) bog‘lovchi magistral sifatida tashkil qilinsa-tayanch tarmoq (backbone network) deb ataladi. Magistral qurilishini turli topografik variantlari bo‘lishi mumkin, bunga asoslanib tayanch tarmoqlarning nomlanishi xam turlichadir, masalan: «tizma tarmoq», «transport xalqa», «kommutatsiyalanadigan tarmoq». Ulardan xar biri aniq vazifa doirasida chegaralangan. Tayanch tarmoq ixtiѐriy darajada (LAN, MAN, WAN) tashkil qilinishi mumkin, ya’ni tarmoqning ishonchliligi, ishlab chiqarishni oshirish maqsadida, tarmoqning mantiqiy segmentatsiya vazifasi yechiladigan xamma joyda ishlatilishi mumkin.
12
Turli darajalardagi tayanch tarmoqlarning yig‘indisi taqsimlangan tarmoqning iyerarxik bog‘liqligini ta’minlab beradi. Shuni qayd qilish lozimki, kichik miqѐsli segmentlar (LAN, MAN) uchun tayanch tarmog‘i vazifasini bitta tugun bajarishi mumkin.
Taqsimlangan tarmoq bog‘liqlik iyerarxiyasidagi yuqori daraja tayanch tarmog‘ini transport tarmoq(transport network) deb atashadi. U yuklamani ancha sekin segmentlar bo‘lmish mintaqaviy va maxalliy darajaga uzatadigan yuqori tezlikli trakt(segment) tizimi ko‘rinishida amalga oshiriladi. «Transport tarmog‘i» atamasi segmentning masshtabini emas, balki funksionalligini aks ettiradi. Buning natijasida transport tarmog‘i texnologiyalarni qo‘llab tashkil qilingan katta bo‘lmagan xududiy tarmoqlarning tayanch tarmoqlarini aksariyat xollarda transport tarmoqlari
deb atashadi. Barcha vaziyatlarda segmentlarni transport magistrali bilan birlashishi uning oxirgi punktlari bo‘lgan kirish tugunlarida amalga oshiriladi. Funksionallikni kompozitsion tamoyil sifatida qabul qilib, kirish tarmog‘i(access network) deb transport tarmog‘iga kirish punkti bilan o‘zaro bog‘langan axborot tarmoqni xududiy taqsimlangan oxirgi punktlari
traktini tashkil qiladigan segment ѐki segmentlar yig‘indisiga aytiladi.
Xususan, servis tuguni bilan foydalanuvchilarni terminal tizimlari o‘zaro
ta’sir qiladigan tarmoq segmentini abonent kirish tarmog‘i (customer access network) deb ataladi. Transport tarmoqlari va kirish tarmoqlari funksional belgilari bo‘yicha mustaqil tuzilma komponentlari, ya’ni telekommunikatsion tarmoqni funksional segmenti sifatida qabul qilinishi mumkin. Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish platformasini tashkil qilish xam tarmoq komponentlarini vazifalari bo‘yicha birlashtirishga asoslangan. Xizmatlar ko‘rsatishni yagona platformasini tashkil qilishda xizmatlarni yetkazib beruvchi va aloka operatorlarini birlashtiruvchi global kommunikatsiyalar segmentining yig‘indisi baza tarmog‘i(Core Network) deb atladi. Turli o‘lchamdagi (butun tarmoqdan aloxida fragmentgacha) texnologik ravishda farqlanadigan segmentlar tarmoq texnologiyalarni keskin rivojlanishida axborot tarmoqlarini evolyutsion rivojlanishi tufayli paydo bo‘ldi. Bunday segmentlarni mavjudligi xizmatlar ko‘rsatishni yagona multiservisli platformaga o‘tish davri uchun xosdir. Ularni funksional-texnologik belgilar bo‘yicha tasniflab, quyidagi tushunchalarni ishlatishadi: analog tarmoq, raqamli tarmoq, ISDN tarmog‘i, IP-tarmoq, SDH tarmog‘i, FR(Frame Relay) tarmog‘i, ATM tarmog‘i va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |