Ochiq tizimlar tushunchalari va ta’rifi
Xizmat - yuqori daraja komponentlari ixtiѐriga beriladigan joriy darajaga tegishli funksional imkoniyatlar to‘plamidir.
Protokol - har-xil texnik qurilmalarda ishlatiladigan, bir xil
jaraѐnlar orasidagi mantiqiy va protsedurali bog‘lanishni ta’minlovchi qoidalar to‘plamidir(2.5-rasmda protokolga izox keltirilgan)11.2.5- rasm. Inson va texnikada muloqot
Interfeys - ikkita qurilma ѐki tizimlar osti chegarasida ularning to‘liq birga ishlashini ta’minlovchi qurilmalar va protseduralar to‘plamidir. Interfeys elektrik, mexanik va funksional bog‘lanishlarn ta’minlaydi.
Ochiq tizimlar konsepsiyasi:
Etalon modelga muvofiq ma’lumot uzatish tarmog‘i katta xisobdagi turli xil apparat va dastur vositalarini amalga oshiruvchi, taqsimlangan axborot xisoblash muxiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muxit vertikal bo‘yicha xar biri axborot xisoblash muxiti aosiy vazifalardan birini bajaruvchi qator mantiqiy darajalarga bo‘linadi. Gorizantal bo‘yicha esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo‘linadi. (2.5- rasm).Ochiq tizim o‘zaro bog‘lanishi‖ OTO‘B atamasini (OSI open system Interconnection) tizimlar orasidagi ma’lumot uzatish jaraѐnlariga teglishlidir, ya’ni xamkorlikda foydalanish tufayli bir – birlari uchun tizim ochiqdir.
Tarmoq protokol modeli.
Protokol modeli axborotni uzatish va ishlov berish asosiy jaraѐnlarni amalga oshirishda ob’ekt va mantiqiy modullar o‘zaro ta’sir pog‘onasida tarmoq ishi qoidalarini tasvirlab beradi. Bu modelda o‘zaro ta’sirning xamma qoidalari (protokollari) funksional ma’nosiga ko‘ra aloxida guruxlarga-protokol bloklarga birlashadi. Protokol bloklar iyerarxik tartibda joylashgan va ulardan xar biri ba’zi pog‘onadagi ob’ektlar o‘zaro ta’sir protokollar ro‘yxatidir. N pog‘onadagi vazifani N-ob’ektlar bajaradi, ular mazkur pog‘onaning maxalliy funksiyalariga ega. Protokol bloklar pog‘onalar bo‘yicha shunday bo‘lganki, N pog‘ona vazifalarini bajarishiga avvalgi (N-1) pog‘ona ob’ektlari ishtirokiga to‘liq tobe va to‘liq ishtiroki bilan ta’minlanadi. Shunday qilib xar quyi pog‘ona yuqori pog‘onaga xizmat ko‘rsatadi. N pog‘onadagi xar qanday ob’ekt faol xolatga o‘tganda quyidagilarni beradi: 1) N-ob’ektlar foydalanuvchi ma’lumotlari o‘rtasida uzatilaѐtgan va mazkur ob’ektlar birlashishi operatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan axborot;
2) (N-1) pog‘ona uchun boshqaruvchi axborotni, uning ѐrdamida N-ob’ektlarni «birlashish» muammosini muvofiqlashtiradi. Protokol modelda ob’ektlarni o‘zaro ta’sir qoidalari muayyan tarmoq uchun standartlarni aniqlaydi xamda protokol (bir pog‘onadagi ob’ektlarni o‘zaro ta’sir standartlari) va
16
interfeys (qo‘shni pog‘ona ob’ektlarini o‘zaro ta’sir standartlari) sifatida tasniflanadi. Bu tushunchalar avvalgi modellarga o‘xshash. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) jaxonning ko‘p mamlakatlarida axborot tarmoq va kompyuter tizimlarini tashkil qilish tajribasini taxlil qilib, xisoblash tarmoqlarini tashkil qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi va uni ochiq tizimlar arxitekturasi deb nomladi. Bu kotsepsiyaga muvofiq ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalonmodelini (Open System Interconnection basic reference model,OSI) ishlab
chiqildi va 1983 yilda tasdiqlandi. Mazkur model bunday tizim va tarmoqlarni ishlab chiqishni aniqlovchi va tartibga soluvchi xalqarostandartlarni kiritishga imkoniyat beradi. OSI modelida 7 pog‘ona ajratilgan OSI modelining yuqori yettinchi pog‘onasi qo‘llanish pog‘onasi bo‘lib, unda foydalanuvchilar terminal tizimlarida va ular o‘zaro xamkorlik
qiladigan tarmoqni oxirgi tizimlarida bajariladigan qo‘llanish jaraѐnlar o‘zaro xamkorligi boshqaruvi amalga oshiriladi. Shunga muvofiq yettinchi pog‘ona ob’ektlarni o‘zaro xamkorlik protokoli qo‘llanish protokoli deyiladi. Oltinchi pog‘ona-taqdimot pog‘onasi, yettinchi pog‘onadan kelganma’lumotlar mazkur tarmoqda xar qanday ma’lumot taqdim etiladigan
ko‘rinishga aylantiriladi. Bu orqali tarmoq oxirgi tizimlari sifatida kompyuterning xar xil turlarini qo‘llashni cheklamaydi. Bu yerdama’lumotlarni siqish, ularni shifrlash amalga oshiriladi.Beshinchi pog‘ona-seans pog‘ona, foydalanuvchilarni uzoqlashgan jaraѐnlari o‘rtasida aloqa seansini ochish uchun mo‘ljallangan. U shartli adreslarni, ya’ni axborotni kiritish/chiqarish nuqtalari raqami, ѐki oxirgi tizimlarni o‘zaro bog‘langan portlarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modeli.Portlarni band qilish paytidan boshlab ma’lumotlarga kirish vachiqish portlari raqamlari beriladi.To‘rtinchi pog‘ona transport pog‘onasi. Uning protokoli transport protokoli deb nomlanadi. U yuboruvchidan qabul qiluvchiga ma’lumotlar trasportirovkasini ta’minlab beradi va tarmoq bo‘yicha ma’lumotning transportirovka uslubini aniqlab beradi. Yuqori pog‘onadan keladigan ma’lumotni taqsimlab manzil va xizmat axborotli sarlavxa berish va paket
ko‘rinishida tarmoqqa uzatish mazkur pog‘ona uchun xosdir. Bu pog‘onada oxiirgi foydalanuvchiga paketlarning to‘g‘ri borish tartibini nazorat qilinadi. Uchinchi pog‘onada bajariladigan tarmoq protokoli ma’lumot paketlari marshrutini tanlashni ta’minlab beradi. Ikkinchi pog‘ona-kanal pog‘ona, tarmoq pog‘onasida tanlangan marshrutda qo‘shni punktlar bilan fizikaviy ulanish so‘rovini ta’minlab beradi va paketlarni uzatishdagi zarur ketma-ketlikni tashkil qiladi. Bunda, ular guruxga birlashishi mumkin va kadr deb nomlanuvchi tuzilmani tashkil qilishadi. Kadr xatto o‘z ichiga bitta paketni kiritsa ham maxsus sarlavxa va chegaralovchi ramkalar bilan ta’minlanadi. Shu yerdaѐq tugunda paketlarni to‘g‘ri qabul qilinganligi nazorat qilinadi va xato topilganda paketni qayta uzatishga
17
so‘rovnoma jo‘natiladi. Birinchi, fizikaviy pog‘onada uzatish muxiti bilan interfeys amalga oshiriladi va aloqa liniyasi bo‘yicha kadrlarni bitma-bit uzatilishi bajariladi. 2.7-rasm. Pog‘onali model asosida muloqot misoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |