Virtual hamyonlar tizimiga Cybercoins tizimi (CyberCash kompaniyasi ishlab
chiqqan) misol bo’la oladi. To‘lovlar debet sxemasining afzalligi shundaki, unda
mijozlarga kredit foiz to‘lovlari zaruriyati yo‘q. Debet kartochkalarini qo‘llash keng
tarqalgan mamlakatlarda elektron bozordagi hisob-kitoblarni amalda qo‘llash
jarayonini yengillishtiruvchi
SETprotokolining I modelida, debet sxemalariga ko‘ra
amalga oshirilib, ularni amalda qo‘llash jarayoni birmuncha yengillashadi.
To ‘lovlar debet sxemasining kamchiliklari
Debet sxemasi asosidagi to‘lovlar xavfsizligining zaruriy darajasini ta’minlash
muammosi hozirga qadar o‘z yechimini topgani yo‘q. Bunda muammo, kredit
sxemalariga o‘xshab, to‘lovlarda SET protokolining xavfsizlikni ta’minlashda
samaraliroq tizim ekanligida emas, balki bu sxemalar ortida VISA yoki
MICROSOFT nomlarining turmayotganidadir. Zaruriy
xavfsizlik darajasini
ta’minlash maqsadida bunday nomdor firmalarning qo‘llab-quvvatlamaganligi
to‘lovlar debet sxemasini mashhur bo‘lib ketmayotganining sabablaridan biridir.
Shunga qaramasdan mayda to‘lovlar sektorida (muammo unchalik dolzarb
bo‘lmagan) debet sxemalar kredit sxemalar bilan muvaffaqiyatli raqobat qili- shi
mumkin.
Elektron pullardan foydalanuvchi sxemalar: O‘z mohiyatiga ko‘ra bunday
sxemalar ham debet sxemalar tarkibiga kiradi. Ikki xil turdagi raqamli naqd pullar
mavjud: smart-kartalarda saqlanuvchi va kompyuterning
qattiq disklarida
saqlanuvchi. (Misol tariqasida Digicash, Netcash, Cybercoinlarni keltirish mumkin)
elektron hamyon bo‘yicha hamma hisob-kitoblarni bank yoki boshqa kliring
kompaniyasi amalga oshiradi. Elektron pullar tizimida kartochkadagi yoki kompyuter
qattiq dis- kidagi yozuvlarga muvofiq, summalar u yoki bu valutaga o‘tkaziladi. Bu
mablag‘lar erkin konvertatsiyalanib, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi
aloqa kanallari
orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi mumkin. Elektron pullar bilan kliring operatsiyalari
o‘tkazilmaydi.
Elektron to‘lovlarning bu sistemasi o‘z mohiyatiga ko‘ra naqd pul- larga
o‘xshashdir. To‘lov amalga oshiriladigan tizim provayderida oldindan naqd pul
kupyuralarining elektron analoglari sotib olinadi. Masalan, Digicash kompaniyasi
ishlab chiqqan elektron pullarning hayot sikli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Avvalambor, mijoz o‘z kompyuterida o‘z imzosi bilan,
seriya nomeri va
nominallarini aniqlagan holda tasdiqlab, elektron kupyuralar yaratadi keyin pulni
jo‘natadi va u yerda pullar hisob raqamiga real pul ko‘rinishida tushgandan so‘ng,
faqatgina nominallarini bilgan holda, u kupyuralarni imzolaydi va uni qayta mijozga
jo‘natadi. Xarid qilishda mijoz bu kupyuralarni sotuvchiga jo‘natadi. (Bunda sotuvchi
xaridor haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasada, xaridor o‘z kupyuralar
seriya nomerini faqatgina o‘zi bilgani uchun ham xaridni o‘zi
amalga oshirganini
doimo isbotlab bera oladi). Sotuvchi ushbu kupyuralarni bankka taqdim etadi va bank
ularning haqiqiyligini tekshirganidan so‘ng xaridor hisobiga o‘tkazib beradi. Hozirda
Digicash
tizimini
turli
mamlakatlarda
bir
qancha
banklar
qo‘llab
kelmoqdalar.Masalan, 1998-yilning 4-may kuni Bank Austria o‘z mijozlariga
Digicash kompaniyasi ishlab chiqqan Internet to‘lov tizimida qo‘llaniladigan elektron
pullarni taklif qildi.Xususiy shaxslar bilan operatsiyalarda eng katta bank sanaladigan
Bank Austria e-Cash texnologiyasini 1997-yil aprelida litsenziyalangan.
Mijozlar biror bank bilan kelishuv imzolayotganida, ular dasturiy ta’minotni o‘z
kompyuterlariga olishlari va bankning web-manzili (
www.bankaustria.com
) orqali
on-line tartibda o‘z elektron pullarini faollashtirib olishlari mumkin.Shundan keyin
bank bilan ishlaydigan turli magazinlardan xarid qilishni boshlash mumkin.
“Elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalarning afzalligi:
-
bu tizim mikroto‘lovlarni amalga oshirishda qo‘l keladi;
-
to‘lovlarning maxfiyligi ta’minlanadi.
“Elektron pullar” dan foydalanuvchi sxemalarning kamchilik- lari esa
quyidagilardir:
-
kupyuralarni oldindan sotib olish zaruriyati;
-
kredit taklif qilish imkoniyatining yo‘qligi.
Elektron naqd pullar SETga o‘rindosh tizimlar
bilan yetarlicha yax- shi
raqobatga kirisha oladilar.
Elektron biznes va to‘lov tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslash- gan aksariyat
kompaniyalar qiyin ahvolda qoldilar: Stavkani nimaga qo‘yish kerak, SET tizimidagi
to‘lovlargami yoki naqd pul bilan amalga oshiriladigan to‘lovlargami? Agar yaqin
o‘tmishda ikkinchi variantga to‘liq ishongan bo‘lsalar, hozirda bunday ishonch
deyarli yo‘q. Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, konservativ kredit kartochkalarini baribir
elektron naqd pullar siqib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: