Mijoz operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar
Hisob raqamni to‘ldirish.
Hozirgi kunda CyberPlat tizimida har qanday bank-emitentning bank kredit
kartochkasi bo‘yicha Xaridorning «Platina» bankida ochilgan hisob raqami orqali
tovar yoki xizmatni xarid qilish ko‘zda tutilgan.
Bank hisob raqamidagi mablag‘lar yoki joriy to‘lov limitning holatini Xaridor
«Platina» bankdan rasmiy ravishda olingan yoki bank kredit kartochkasi yordamida
amalga oshirgan transaktsiyalari haqidagi ko‘chirmalar orqali nazorat qilishi mumkin
(
http://www.webmoney.ru/rospay/cyberod.asp
– top).
CyberPlat tizimining afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
O‘zaro to‘lovlarni o‘tkazish tezligi: Xaridor, Magazin va Bank ishtirok etuvchi
barcha operatsiyalarning onlayn shaklida o‘tkazilishi.
Soddaligi:
tizimga ulanishning etarlicha soddaligi;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyasining muayyan
soddaligi;
Mijoz hisob raqamining xavfsizligi va konfidentsialligi quyidagilarga asosan
ta’minlanadi:
1) o‘zaro munosabatda bo‘lgan tomonlar Elektron-raqam imzolardan
foydalanadi (ERI);
2) mijoz xavfsizligining tegishli darajasi 512-bitli yopiq kalitni qo‘llash orqali
ta’minlanadi;
3) operatsiyani o‘tkazuvchi tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi tizimning
mukammalligi
Real vaqtda amalga oshirilayotgan to‘lovlar bilan bog‘liq operatsiyalar va ularni
tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash ustidan nazorat quyidagilarga asosan ta’minlanadi:
1) to‘lov operatsiyalarining har bir bosqichi rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan;
2) hujjatlar ERI bilan imzolanadi.
Hisob raqamni Internet orqali boshqarishdagi qulaylik CyberPlat tizimida
ochilgan hisob raqami orqali to‘lovni tashqi to‘lov tizimlar orqali har qanday
bankning har qanday hisob raqamiga o‘tkazish imkoniyatining mavjudligi bilan
kafolatlanadi.
CyberPlat tizimining kamchiliklari boshqa qator to‘lov tizimlari singari o‘z
mijoziga tegishli axborot va tranzaktsiyalari xavfsizligini mutlaq tarzda ta’minlab
bera olmasligidir.
Tizim orqali savdo qilish
Xaridor Internet orqali magazinni web-serveriga ulanadi, xarid qiladigan
maxsulotlarni tanlab, kredit kartochka to‘lov turini tanlaydi.
Magazin buyurtmani qayta ishlab, CyberPOS servariga yuboradi. Barcha
ma’lumotlar Magazin va CyberPOS o‘rtasida xavsizligi ta’minlangan SSL
protokolida electron raqamli imzo orqali almashinadi.
CyberPOS xaridor bilan xavfsizligi ta’minlangan (SSL) protocoli ulanadi va
xaridorning kredit kartochka ma’lumotlarini oladi. Kredit kartochka to‘g‘risidagi
ma’lumot xavfsiz holda faqat CyberPOS ga yuboriladi va magazin bilan savdo
qilayotganda magazinga berilmaydi.
Tizim orqali savdo qilish
CyberPOS tizimda magazinning mavjudligini tekshiradi, tizimda o‘rnatilgan
cheklovlarga muomalaning mos kelishini tekshiradi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra
kartochka to‘lov tizimida o‘tkazmalar avtorizatsiyasini amalga oshirish uchun ruxsat
yoki rad javobi beriladi.
Avtorizatsiyaga rad javobi berilganda:
CyberPOS Xaridorga rad javobi sabablarini ko‘rsatib beradi,
CyberPOS Magazinga rad qilingan buyurtma raqamini beradi.
Avtorizatsiyaga ruxsat berilganda:
CyberPOS uni bankning protsessing markaziga beradi.
Bank emitentga bankning yopiq tarmog‘i orqali avtorizatsiya uchun so‘rov
yuboriladi yoki kartochkaning to‘lov tizimi protsessing markaziga yuboriladi.
Kartochka to‘lov tizimidan ijobiy natija olinganda:
Bankning protsessing markazi CyberPOS ga avtorizatsiyaning ijobiy natijasini
beradi.
Magazin xizmat ko‘rsatadi. (mahsulotni jo‘natadi)
Bank bank va magazin o‘rtasida mavjud kelishuv munosabatlariga muvofiq
magazin hisobiga pul o‘tkazadi.
Rad avtorizatsiya paytida:
Bankning protsessing markazi avtorizatsiya serveriga to‘lov o‘tkazilishiga rad
javob beradi.
CyberPOS Xaridorga rad javobi sabablarini ko‘rsatib beradi,
CyberPOS Magazinga rad qilingan buyurtma raqamini beradi. CyberPOS
Xaridorga avtorizatsiyaning ijobiy natijasini beradi.
CyberPOS magazinga buyurtma raqami bilan birga avtorizatsiyaning ijobiy
natijasini beradi.
“Ekonom” terminalining texnik xarakteri
O‘lchami: Eni- 620 mm balandligi-
1390 mm
Og‘irligi-125
kg
ishlash
temperaturasi +15 dan +45 gacha;
Foydalanish quvvati 100-300 Vt
Elektr iste’moli 220V/50 Gts
Korpusi 2-3 mm qalinlikdagi po‘lat
MKBS Seriya T-3 terminali
Monitor 17"( TFT 17" LCD)
Modem Siemens MC39i
T-3 terminali 74900 rub.*
T-3 Biznes terminali 64900 rub.*
T-3 Ekonomterminali 54900 rub.*
Alniko terminali
O‘lchami: 630 x 1390 x 400 mm,
Og‘irligi: 93,5 kg.
Monitor: 17 dyumli General Touch,
6 mm
Operativ hotira: 256 / 512Mb
DDR-2
PC5300,
videokarta:
ATI
Radeon Sapphire x550 256 mb
DMD TEXNOLOJI TERMINALI
O‘lchami: 630 x 1390 x 400
Og‘irligi: 93,5 kg
Operativ hotira: 512 Mb DDR
PC3200
Monitor: 17 dyumli General Touch,
6 mm
ISKRA 1 TERMINALI
O‘lchami: 1125×425 × 370 mm,
Og‘irligi: 65 kg
Elektr sarfi: 220 V / 50 Gts
GPRS-modem
Siemens MC35i
ISKRA 2 TERMINALI
O‘lchami: 630 x 1390 x 400
Og‘irligi: 93,5 kg
Operativ hotira: 512 Mb DDR
PC3200
Monitor: 17 dyumli General Touch,
6 mm
Yangi Treyd
O‘lchami: 1495 x 510 x 385
Og‘irligi: 85 kg.
GPRS-modem:
Siemens MC35i
Monitor:
LCD TFT 17
Termoprinterlar
3. Naqd elektron pullardan foydalanadigan to‘lov tizimlari
Kundalik hayotda banknot va qog‘oz ko‘rinishidagi naqd pullar kredit
kartochkasi yoki mijoz-bank tizimi turidagi naqd bo‘lmagan to‘lov vositalaridan
ikkita muhim xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra
naqd bo‘lgan to‘lovlar anonimdir, ikkinchidan esa, naqd pul egasi ulardan yakka
holda foydalanadi. To‘lovlarda anonimlik tushunchasi xaridorni identifikatsiya
qiluvchi har qanday yozuvlarni hech qaerda qolmasligini bildiradi. Yakka holda
foydalanish naqd pullar egasi ularni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra sarflashini hech kim
taqiqlay olmasligini bildiradi.
Naqd bo‘lgan pullarni mavjud ustunliklari bilan birga uning ba’zi bir
kamchiliklari ham kelib chiqadi. Birinchidan, naqd pullarni beixtiyor yo‘qotib
qo‘yish mumkin. Ikkinchidan, naqd pullarga hech kim foyda keltiruvchi ustama foiz
to‘lamaydi.
Agarda qandaydir elektron to‘lov tizimi har bir mijozga to‘lovlar anonimligi va
to‘lov vositalaridan yakka holda foydalanishni ta’minlasa, u holda bu tizim mijoz
ixtiyoriga elektron naqd pullarni taqdim etadi deb aytish mumkin. Bunda to‘lovlar
anonimligi va foydalanish erkinligini ta’minlash to‘lov tizimidagi kompaniya-
operatorining xohish-irodasi emas, balki tizimni ichki xususiyati bo‘lishi lozim.
Elektron naqd pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi to‘lov tizimida mijozlar
to‘lovlarni o‘tkazishdagi o‘rnatilgan tartiblaridan kelib chiqib, o‘z huquqlarini o‘zlari
belgilaydilar, shuning uchun ular kompaniya-operatorlarga ishonishlariga majbur
emaslar.
Oddiy pullar kabi, agarda foydalanuvchi tomonidan moliyaviy ma’lumotlar va
ularni zahira nusxalari yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda elektron naqd pullarni ham
yo‘qotib qo‘yish mumkin. Shu bilan birga, elektron naqd pullarga ham foyda foizlari
hisob-kitob qilinmaydi.
Mavjud kredit kartochkalardan foydalanuvchi to‘lov tizimlari ularni naqd
pullardan farqlovchi va internetda qo‘llash doirasini chegaralab qo‘yuvchi bir qator
kamchiliklarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |