Qanday ulanish mumkin?
Uyali telefon asosida GPRS xizmatidan foydalanish uchun mobil telefon bilan kompyuter o`rtasida aloqa o`rnatish kerak. Bunday aloqani interfeysli kabel yoki infraqizil port yoki simziz Bluetooth protokoli asosida o`rnatish mumkin. Ulanish parametrlarini sozlash unchalik murakkab emas, uni amalga oshirish bo`yicha yo`riqnomani uyali aloqa tizimi operatoridan olish mumkin.
Ma’lumot uzatishning haqiqiy tezligi tovushli kanallarning bo`shligiga qarab aniqlanadi. Bugungi kunda tezlik 9,6 Kbit/sek dan 53,6 Kbit/sek gacha. 1 Megabayt trafik uchun to`lov narxi $0,05 dan $0,5 gachani tashkil etadi. Хizmat haqini bir juft klavishani bosish orqali ham amalga oshirish mumkin. Alohida kartochkalar sotib olish yoki hisob raqamiga pul o`tazish zarur emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |