USB modem orqali Internetga ulanish. Hozirgi vaqtda deyarli barcha telefonlar Internetga GPRS texnologiyasi orqali ulanishlari mumkin. Biroq yana bir texnologiya joriy etilganki, unda Internetga USB modem orqali ulanish mumkin..
USB modem o`zi nima?
Amalda ushbu qurilma ixtisoslashtirilgan mobil telefon bo`lib, asli ko`rinishi telefonga o`xshamaydi, balki flesh-karta ko`rinishida ishlab chiqilgan bo`lib, faqat ma’lumotlar uzatish yoki qabul qilishda ishlatiladi. Unga hech qanday simli kabel ulashning hojati yo`q. Ushbu USB modem o`zida drayver dasturi o`rnatilngan. Faqat uni kompyuterning USB portiga o`rnatish kerak, xolos. O`sha zahoti modem drayver dasturi kompyuterga avtomatik tarzda o`rnatiladi. Dastlabki ulanishda modem komplektiga kiruvchi sim kartani o`rnatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |