Geparmatn muhiti. Internetda ma’lumotlar gipermatn yordamida bayon etiladi. Gipermatn bu matnni giperko‘rsatma yordamida tushuntirishdir. Ya’ni matndagi biror so‘z yoki atamani sharhlashda boshqa matn yoki sahifadan foydalaniladi. Izoh matnli, grafikli, audio yoki video ma’lumot bo‘lishi mumkin.
URL (Uniform Resource Locator) Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u manzilni ifodalaydi. URL manzilidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya’ni bu manzildagi ma’lumotdan siz boshqa xonadagi yoki, masalan, Avstraliyadagi hamkasbingiz ham foydalanishi mumkin. Bu – ma’lumot joylashgan manzilning nomi.
URL quyidagi formatga ega: «bog‘lanish sxemasi»: «bog‘lanish sxemasi»ga bog‘liq ma’lumot. «Bog‘lanish sxemasi» bu – http, ftp va gopherlardir.
Bog‘lanish sxemasi quyidagi ma’lumotlarga ega:
foydalanilayotgan ilova haqida;
siz foydalanmoqchi bo‘lgan resurs turi haqida (masa-lan,WWW – sahifa, fayl, menyu yoki Gopher hujjati);
resursga kirish mexanizmi haqida (masalan, WWW ko‘rish dasturi orqali, FTPning fayllarini almashtirish dasturi yoki Gopher sistemasining mijozlar dasturi orqali).
URLning ikkinchi qismi «kirish sxemasiga bog‘liq axborot» quyidagini aniqlaydi:
ma’lumotlar joylangan tarmoqning uzoqdagi kompyuterini;
faylning uzoqdagi kompyuter fayl sistemasidagi to‘liq ko‘rsatilgan manzilini.
Bu sxemaning ko‘plab foydalanuvchilarga tanish bo‘lgan boshqacha tasviri shunday ko‘rinishga ega:
Bog‘lanish sxemasi: // mashina nomi / domen nomi / faylning to‘liq nomi
Bog‘lanish sxemasi nomi Internet va kompyuter manzili bilan ikkita qiya chiziq bilan chegaralanadi, u esa bitta qiya chiziq orqali faylning to‘liq nomi bilan ajratiladi. Ko‘pchilik hollarda URL – http, FTP va Gopherlar ko‘rsatilgan ko‘rinishiga ega.
URLni batafsilroq tushunish uchun real misoldan foydalanamiz.
Misol uchun quyidagi manzil bilan tanishamiz:
http:// www. city – net. com / ~ gagrimes / gaenl. html Bu URL manzilni qanday qismlarga ajralishini ko‘rib chiqaylik:
http – resursdan foydalanishda gipermatn (HuperTeht Trnsfer Protocol) protokoli ishlatilyapti. www. city-net, com; – ushbu ma’lumot joylashgan Internet manzili nomi. /~ gagrimes / galenl. html – faylning kompyuterdagi to‘la nomi.
Ko‘pchilik WWW sahifalar nomlanishi shu sxemaga mos keladi. Ba’zan http, ftp yoki gopher tipidagi resurslarga murojaat qilinganida, faylning to‘liq nomi bitta qiya chiziq bilan tugallanadi. Bu aniq faylga emas, balki belgilangan katalog ostiga murojaat etilganida bo‘lishi mumkin. Bu manzilga murojat qilinganida, kompyuter mazkur katalog va faylga mos standart indeksli faylni beradi. http ning standart indeksli fayli, odatda, index. html (yoki index. htm) deb ataladi. Shu bilan birga, u yana home. html, homepage. html, welcome. html yoki deault. html deb atalishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |