SLIP va PPP orqali ulanish. Oddiy telefon tarmoqlarida standart modem yordamida ishlovchi Internet dastur ta’minotlarining turlaridir. SLIP va PPPda siz ish seansini tugatganingizdan so‘ng liniyani bo‘shatasiz va unda boshqa foydalanuvchilar ishlashi mumkin. SLIP va PPPning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishga imkon beradi.
SLIP bu oddiy telefon tarmog‘i va modemdan foydalanadigan Internet protokoldir.
PPP – bu SLIPga o‘xshash va undan keyinroq chiqqan protokol.
«Chaqiruv» bo‘yicha ulanish. «Chaqiruv» bo‘yicha bog‘lanish (Dial – up access, Dial-up) Internetga kirishga imkon beradi, mantiqiy nom (login) va kompyuter paroli kiritilganida Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirib, uzoqdan ishlashga imkon beradi. Internet bilan bog‘lanish davomida uning imkoniyatlaridan to‘la foydalanish mumkin. «Chaqiruv» bo‘yicha bog‘lanishni o‘rnatishjuda oddiy. Respublikamizda ko‘proq shu bog‘lanishdan foydalaniladi.
UUCP yordamida ulanish. UNIX operatsion sistemasi UUCP deb ataluvchi servisdan foydalanadi va ma’lumotlarni standart telefon liniyalar bo‘yicha uzatish imkoniga ega. UUCP faqat fayllarni bir sistemadan boshqasiga uzata oladi, Internet pochtasi va USENET bilan ishlashga imkon beradi.
Boshqa tarmoqlar orqali kirish. Internet ga bog‘langan turli tarmoqlar unda turli darajada joylashadi. Shuning uchun ayrim xizmatlar (masalan, Bitnet yoki CompuServe) tarmoq imkoniyatlariga ega. Ular maxsus qurilmaga ega bo‘lib, elektron pochta va Internetga bog‘lanish imkoniyatlarini bera oladi.
Internetra oid muhim bo‘lgan ba’zi bir tushunchalar izohini keltiramiz.
Protokol – bu kompyuterlar orasidagi aloqa o‘rnatilishida, ma’lumotlarni qabul qilish va uzatishda foydalaniladigan kelishilgan signallardir. Ya’ni kompyuterlar protokol yordamida bir-biri bilan bog‘lanadi. Protokol to‘g‘ri bo‘lsagina, kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Bu kopmyuterlarning bog‘lanish tartibi yoki standartidir.
Server – bu boshqa kompyuter yoki dasturlarga xizmat ko‘rsatadigan kompyuter yoki dasturdir. Masalan, boshqa kompyuterlarga o‘zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Serverdir. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, ftp, WWW, elektron pochta serverlari.
Mijoz – server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir. Xuddi server kabi bitta kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi (odatda, shunday bo‘ladi) mumkin. Masalan, kompyuter fayl – serverning mijozi bo‘lishi (serverda joylashgan fayllarni ko‘rishi va foydalanishi) mumkin shu bilan bir vaqtda, elektron pochta dasturi bilan ishlashi mumkin. Ya’ni bir necha serverning mijozi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |