Internet-marketing strategiyasi va biznes faoliyatni yuritishning imkoniyatlari
REJA
Internet- marketingni rejalashtirish strategiyasi
Internet – marketing rejasi strategiyani
Biznes faoliyatni yuritishning imkoniyatlari
Yuqorida biz marketingda Internetdan foydalanish imkoniyatlari, uning ustunlik va kamchiliklarini ko’rib chiqdik. Ammo, Internet - marketing strategiyasini rejalashtirishdan oldin, Internetda biznes faoliyat yuritish imkoniyatlarini baholashga bo’lgan oltita turli xil yondashuvni ko’rib chiqish lozim.
O’quvchi uchun tushunarliroq bo’lishini va matnning qisqaroq bo’lishini ko’zlab o’quv qo’llanmalarida qabul qilingan uslublardan ayrim cheklanishlarga yo’l qo’yildi.
Birinchi imkoniyat - filial yaratish.
Internet bilan endigina tanishganlar uchun, u reklama muhiti sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Ammo tijorat saytini kompaniya filiali bilan taqqoslasa uning roli tushunarliroq bo’ladi. Sayt yaratish - bu haftasiga 7 kun, 24 soat davomida ochiq turgan ikkinchi ofisni yaratish bilan tengdir. Odamlar istagan payti u erga kirishi va Sizning takliflaringiz bilan tanishishlari mumkin. Ushbu tashrif qiluvchilar:
- korxona to’g’risidagi axborotga ega bo’lishi;
- «Kompaniya to’g’risidagi savol – javobalar» bo’limi bilan tanishishi;
- o’z savollari va istaklarini qoldirishlari;
- sotuvda mavjud bo’lgan har bir tovarning texnik tavsiflari bilan tanishishlari;
- xush ko’rgan tovarga buyurtma berishlari mumkin.
Ikkinchi imkoniyat - jahon bozoriga chiqish.
Xozirgi kunda Internet jahon bozoriga chiqishning eng qulay vositasi bo’lib hisoblanadi. Butun dunyo bo’ylab ko’plab insonlar Internet orqali xaridlarni amalga oshirmoqdalar va ularning soni kundan - kunga oshib bormoqda. Misol uchun 2001 yil boshida Xitoyda 22,5 mln kishi Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega edi.
Ushbu ko’rsatkich Hindistonda 2,6 mln kishi, Malayziyada 2,1 mln kishi, Franstiyada 12 mln.dan ortiq kishi, Shvestiya aholisining deyarli yarmini, Isroilda 1,25 mln kishini tashkil etdi va bu ro’yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. Etarlicha hatti - harakatlar amalga oshirilgan taqdirda, ushbu insonlarning bir qismi aynan Sizning kompaniyangiz mijoziga aylanishi mumkin. Boshqa mamlakatlarda yashovchilar o’rtasida mijozlarni izlashni bilmasangiz, Internetda bu to’g’risida ham axborot olishinigiz mumkin. (masalan, www.wilsonweb.com sayti orqali).
Kompaniya qaerda joylashgan bo’lmasin, u xalqaro kompaniya mavqeiga ega bo’lishi mumkin. Internet uchun chegara va masofa tushunchalari umuman yotdir. Bugungi kunda Internetdan xarid qilishda, kim yaqin joylashgani emas, kim sifatli va arzon mahsulot va xizmatlarni taqdim etayotganligiga asosiy e’tibor qaratiladi.
Uchinchi imkoniyat - to’g’ridan – to’g’ri sotuvlar.
Uchinchi imkoniyat - bu, distribyutorlar zanjirini aylanib o’tgan holda, va demak mahsulot narxini oshirmasdan turib, to’g’ridan - to’g’ri sotuvlarni amalga oshirishdir.
Internet orqali faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning ko’pchiligi - mohiyatan, buyurtma qabul qiluvchi dilerlik kompaniyalari xolos. Tovarlarni etkazish esa ishlab chiqaruvchilar yoki distribyutorlar tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib, chakana savdoni amalga oshirayotgan internet sotuvchilar assortimentni shakllantirish va tovarlarni omborga qo’yish xarajatlarini ko’tarmaydilar.
Hozirgi kunga kelib ko’pgina ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotini to’g’ridan - to’g’ri sotish istagini bildirmoqdalar. Ishlab chiqaruvchilar distribyutor va dillerlar jahlini chiqarish niyatida emaslar. Ammo, hozirgi kunda, o’zaro raqobatdosh ishlab chiqaruvchilar ko’pgina holarda o’z mahsulotlarini bevosita so’nggi iste’molchilarga sotmoqdalar. Bu iste’molchi uchun narxni pasaytirish imkonini beradi.
Internet orqali amalga oshirilayotgan to’g’ridan – to’g’ri chakana savdolar eksponenstial tarzda o’sib bormoqda. Sizning kompaniyangiz uchun a’lo imkoniyat!
To’rtinchi imkoniyat - yagona tarmoq barpo etish.
Korxonalar o’z xodimlari kompyuterlarini yagona tarmoqqa birlashtirishlaridan maqsad, xodimlarni doimo o’zaro munosabatda bo’lishi, va ishni birgalikda bajargan holda mehnat unumdorligini oshirishidir. Internet ham dunyoda mavjud kompyutelarning yarmidan ko’pini yagona tarmoqqa birlashtiradi.
Turli qit’alarda joylashgan kichkina firmalar, o’zlari amalga oshira olmagan loyihalarni birgalikda ish yuritmoqda.
Ammo Internet tijoratning rivojlanishiga boshqacha usullar bilan ham ko’maklashadi. Siz o’z saytingizda, boshqa kompaniya saytiga yo’llanma berishingiz mumkin, va Siz orqali ushbu saytdan qilingan har bir xariddan komission xaqlarni olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Internetning imkoniyatlari haqiqatdan ham behisob.
Beshinchi imkoniyat – bozorni segmentlash.
Internet deb nom olgan yirik tarmoq, bozorni avtomatik tarzda segmentlarga bo’lgan holda Sizning ishingizni bir qismini o’zi bajaradi.
Aynan Siz taklif etayotgan tovar yoki xizmatni izlayotgan shaxslarning e’tiborini jalb qilmoqchimisiz? Mahsulot yoki xizmat to’g’risidagi asosiy so’zlarni o’z ichiga olgan e’lonni joylashtiring va Sizni albatta topishadi.
Google izlash tizimi guruhlarida (http://www.groups.google.com) iqtisodiyotning biror sohasi uchun asosiy so’zlarni kiriting, va aynan Sizga kerakli insonlar ishtirok etuvchi munozara guruhlari va tarmoq konferenstiyalariga duch kelasiz. Etiketga rioya qilgan holda amal qiling. Ularning munozaralariga sotuvchi emas, balki suhbatdosh sifatida kirib boring - bu yangi mijozlarni jalb qilish imkoniyatini beradi.
Oltinchi imkoniyat - raqobat ustunliklari.
Internet tarmog’ida atigi bitta odam minglab xodimlarga ega kompaniyalar bilan raqobatlashishi mumkin. Ammo hozirgi kunda o’z saytiga millionlab dollarlar sarflovchi kompaniyalar bilan raqobatlashish qiyin albatta. Lekin xalqaro bozor shu qadar kattaki, hattoki uning eng kichik segmenti ham, unchalik katta bo’lmagan kompaniyaga sezilarli foyda olib kelishi mumkin.
So’nggi bir necha yillar davomida ko’pgina kompaniyalar o’zlarining internet – saytlariga ega bo’ldilar. Ammo ularning ko’pchiligiga, Siz nima uchun, qaysi maqsadlarni ko’zlagan holda o’z saytingizni yaratdingiz degan savol bilan murojaat qilinsa, tushunarli javob olish qiyin bo’ladi. Eng ommaviy javob: «Hammada bor, demak bizlarda ham bo’lishi kerak». Shunday ekan, kompaniyaning Internetdagi ishtirokidan maqsad nima, bu qanday tarzda marketing strategiyasi samaradorligini oshirishi mumkin degan savol dolzarb bo’ladi.
Kuyida, kompaniyalar Internet yordamida erishishga intiladigan beshta asosiy maqsad keltirilgan:
1. Brend (savdo markasi)ni mustahamlash.
2. Yangi mijozlarni izlash.
3. Daromad olish.
4. Xarajatlarni tejash.
5. Iste’molchilarga xizmat ko’rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |