Internet- marketingni rejalashtirish strategiyasi Internet – marketingni rejalashtirish strategiyasining asosiy bosqichi bo’lib, o’z oldida aniq maqsadlarni qo’yish hisoblanadi. Siz o’z Internet – biznesingiz orqali joriy yilda nimalarga erishish maqsadidasiz? Keyingi bir necha yil davomida-chi? Maqsadlar biznes-rejaning har bir jabhasi bilan bog’liq bo’lishi lozim. Internet – marketing rejasining turli xil tarkibiy qismlarini batafsilroq o’rgana boshlaganda, albatta ularga turli xil o’zgartirishlar kiritilishi aniq. Ammo bunga qaramasdan nimadandir boshlash kerak.
Birinchi navbatda «maqsad» atamasi ma’nosini aniq tushunish lozim. Maqsad – bu raqamlar va vaqt oralig’i bilan ifodalangan, istaklar shakli. Maqsadni «internet – marketing to’g’risida ko’proq bilimga ega bo’lish va ozgina pul ishlash» deb belgilash noto’g’ri bo’ladi.
Maqsadlar moliyaviy va nomoliyaviy turlarga ajratilgan, hamda marketing rejasining vaqt grafigi bilan muvofiqlashtirilgan bo’lishi lozim. Internet – marketing rejasi strategiyani batafsil tahlil qilishga undaydi, va biznes – kontseptsiyadagi ojiz joylarga e’tibor qaratishga yordam beradi. 114 Internet – marketing rejasi tamoyillarini izlash va yozish, o’ylash va rejalashtirishga majbur qiladi. Batafsil rejalashtirish esa – muvaffaqiyat omillaridan biridir.
Internet – marketing rejasi, qisqartirilgan shaklda bo’lsa-da, tayyor bo’lgandan keyin, uni hisobchilar, iqtisodchilar yoki biror – bir boshqa mutaxassislarga ko’rsatish foydadan xoli bo’lmaydi. Rejani amalga oshirishdan oldin u to’g’risida qanchalik ko’p tanqidiy fikrlar aytilishi, rejaga o’z vaqtida tegishli o’zgartirishlarni kiritish va uni yaxshilash imkonini beradi. Internet – marketing rejasi hisob – kitoblarni olib borishda ham yordam beradi.
Chunki rejaga qarab turib, o’zini – o’zi qoplash nuqtasi qaerda joylashganligini, joriy vaqtda biznesning rejaga nisbatan qaysi pog’onada turganligini bilish mumkin. Shuningdek, qo’yilgan maqsad va vazifalarni bajarishga bo’lgan rag’batlantirish yanada kuchayadi. Va nihoyat, Internet – marketing rejasi raqobatdoshlarni baholash imkonini ham beradi. Internetdagi raqobatdoshlar soni esa, istalgan bir jo’g’rofik hududdagiga nisbatan ancha ko’p. Raqobat tahlili biznesni differenstiastiyalashga imkon beradi, va u bilan boshqalardan ajralib turish va yangi xaridorlarni jalb qilish ehtimoli oshadi.
Ayrim kompaniyalar faqatgina elektron tijoratga ixtisoslashgan bo’ladilar, ammo ham an’anaviy, ham Internet – biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar soni ham o’sib bormoqda. Shunday ekan, biznesning ushbu ikkita turiga alohida – alohida marketing rejasini ishlab chiqish zarurmi? Bu savolga faqatgina Siz va Sizning biznesingiz javob berishi mumkin. Umuman olganda, rejalar birlashgan bo’lgani yaxshi, chunki ular baribir o’zaro kesishadi. Boshqa bir tomondan qaraganda, kompaniyaning onlayn taklifi uning an’anaviy tovar va xizmatlari taklifining bir qismini tashkil etishi mumkin. Raqobat omillari ham, marketing strategiyalari singari keskin farqlanishlari mumkin.
Internet uchun marketing rejasini, umumiy marketing rejasining bir qismi sifatida, mumkin bo’lgan joylarda umumiy bo’limlardan foydalangan holda, ishlab chiqish mumkin. Marketing rejasi va biznes – reja o’rtasidagi farqlar nimada? Marketing rejasi, kompaniyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, biznes – rejaning 60 – 70 %ni tashkil etishi mumkin. Ammo biznes – rejada, bozor tadqiqotlari, kompaniya rivojlanishi, ishlab chiqarish rivojlanishiga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar taqdim etilgan. Ayrim hollarda, biznes – reja, «moliyalashtirish» qismiga ham ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |