jarayonga guruh ishtirokchilari orasidagi atmosfera tasir etadi. Tajribalar natijasidan
ma’lumki, do‘stona muhit guruhning alohida azolari imkoniyatlaridan ko‘ra ko‘roq
natijaga erishishga olib keladi. Ayniqsa, dasturiy taminot yaratuvchilar konkurent
muhitdan ko‘ra kooperativ muhitni afzal bilishadi. Kooperativ muhit uchun
hamkorlik, o‘zaroharakat, bir-birini yutug‘idan xursandchilik jihatlari mavjud
bo‘lsa, konkurent muhitda esa individuallik, a’zolar o‘rtasida raqiblik hususiyatlari
Jarayonga tasir qiluvchi quyidagi bir nechta shaxsiy xarakter va xususiyatlarni
37
-
yaxshi xotira, etibor
-
kuzatuvchanlik
-
tasavvur va taassurot
-
sabot va tirishqoqlik
-
kirishuvchanlik va topqirlik
-
tahlil qila olish
-
jozibador ko‘rinish va kiyinish uslubi
-
o‘ziga ishonch
Protsedura qatlami. Bilimlar muhandisi ekspert bilan ilmiy ishonch va o‘zaro
tushunish muhitiga muvaffaqqiyatli erishgach (aloqa qatlami), bu muhitdan samarali
foydalana olishi ham kerak. Bu qatlamda bilimlarni olishning protsedurasi asosiy
masala hisoblanadi. Bu yerda aloqa qatlamida kerak bo‘lgan ziyraklik va
yoqimlilikdan ko‘ra professional bilimlar ko‘proq kerak bo‘ladi. ekspert bilan
bo‘ladigan suhbat shinamgina honada yuzma-yuz tarzda o‘tishi, hona yoritilganligi,
harorat, shinamlik bevosita kayfiyatga tasir etadi. Choy yoki kofe do‘stona
atmosferani hosil qiladi. Amerikalik psixolog I. Atvater bu kabi suhbatlarda eng
optimal masofa 1,2 m dan to 3 m gacha deb hisoblaydi. Minimal “qulay” masofa
0,7-0,8 metr hisoblanadi.
Shaxsiy fikrlarni rekonstruksiya qilish - qiyni mehnat va shu sababli bitta
seansning uzunligi 1,5-2 soatdan oshmasligi zarur. Shu ikki soatni ham kunning
birinchi yarmida o‘tqazgan ma’qul (masalan 10 dan 12 gacha). Suhbat jarayonida
20-25 minutlarda o‘zaro toliqish paydo bo‘lishi sabab orada tanafuslarni ham
nazarda tutish kerak.
Ixtiyoriy bilimlar muhandisida o‘zining unikal suhbat manevri bor. Kimdir tez
gapirsa, kimdir sekinroq; kimdri balandroq gapirsa, kimdir pastroq va hk. Gapirish
uslubini o‘zgartirib bo‘lmaydi - u insonda avvaldan shakillanadi. Bilimlarni olish
esa - bu professional suhbatni talab qiladi va bu jarayonga jumlalar uzunligi ham
tasir qiladi. (tilshunos Ingve va psixolog Miller)
Aniqlanishicha, inson 7 2 ta so‘zdan iborat jumlalarni yaxshi qabul qiladi.
Bu son (7 2) Ingve-Miller soni deb ataladi. Uni nutiqning “suhbatlilik” o‘lchami
deb ham hisoblashadi.
Natijalarni bayonnomalashtirishni 3 ta uslubda tashkil qilish mumkin:
-
suhbat jarayonida qog‘ozga yozib borish (kamchiligi - suhbatga halal beradi,
stenograf ko‘nikmalarga ega bo‘lsa ham barchasini yozib olish qiyin hisbolanadi)
38
-
magnitafonga yozib olish muandisga butun suhbatni va o‘zining harakatlarini
qayta tahlil etishga yordam beradi (kamchiligi - ekspertni cheklab qo‘yishi mumkin)
-
Suhbatdan so‘ng hotirada qolganlarni eslab chiqish (kuchli xotiraga ega
analitiklarga mos keladi)
Kognitiv qatlam. Kognitiv psixologiya (ingl. Cognition - dunyoni bilish,
anglash) inson atrof-dunyoni o‘rganishda ishlatadigan metodlarni o‘rganadi.
Bilimlar muhandisiga kognitiv psixologiya nuqtai nazaridan quyidagi maslahatlarni
berish mumkin:
-
muhandisga qulay bo‘lgan uslubda taqdim etishga ekspertni majburlamaligi
kerak.
- Yekspert bilan turli hil metodlardan foydalanish kerak, “qulf-kalit” kabi ekspertga
mos metod bo‘lishi kerak degan shartdan uzoqlashish kerak.
-
Protseduraning bosh maqsadini aniq belgilab olish kerak, bu ekspert va
muhandis munosabatlari va natijada hosil bo‘ladigan asosiy tushunchalarga bevosita
tasir etadi.
- Yekspert fikrlarini aks ettiruvchi chizmalardan ko‘proq foydalanish kerak. Bu
muhandis hotirasida malumotlarni obrazli ko‘rinishda saqlanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: