Intellektual tizimlar



Download 5,12 Mb.
bet21/118
Sana10.06.2022
Hajmi5,12 Mb.
#651729
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
Bog'liq
Тафаккурли ахб техн кулланилиши 2022

4. Semantik metrika. Ba’zi hollarda axborot birliklar to’plamida axborot birliklarning holatiy yaqinligini xarakterlovchi munosabatini, ya’ni axborot birliklar orasidagi assosiativ bog’lanish kuchini berish foydali. Uni axborot birliklar uchun relevantlik munosabati deyish mumkin. Bunday munosabat axborot bazada qandaydir namunaviy vaziyatni ajratish imkonini beradi(masalan, «xarid», «chorrahada harakatni boshqarish»). Relevantlik munosabatlari axborot birliklar bilan ishlaganda topilgan bilimlarga yaqin bilimlarni topishga imkon beradi.
5. Faollik. EHMlarning paydo bo’lishi va ularda ishlatiladigan axborot birliklarning ma’lumotlarga va buyruqlarga ajratilishidan boshlab ma’lumotlar passiv, buyruqlar esa aktiv vaziyat yuzaga keldi. EHMda sodir bo’ladigan barcha jarayonlar buyruqlar yordamida amal qilinadi, ma’lumotlar esa bu buyruqlar tomonidan kerak bo’lganda foydalaniladi. ITlar uchun bu vaziyat yaroqli emas. Insondagi kabi ITlarda u yoki bu harakatni aktuallashtirishga tizimda mavjud bilimlar yordam beradi. Bazada faktlar yoki voqyealar tavsiflarining paydo bo’lishi, bog’lanishlarni o’rnatish tizim faolligining manbai bo’lishi mumkin.
Axborot birliklarning sanab o’tilgan beshta xususiyatlari shunday qirralarini aniqlaydiki, qaysikim ma’lumotlar bilimlarga aylanadi, ma’lumotlar bazasi esa bilimlar bazasigacha o’sadi. Bilimlar bilan ishlashni ta’minlaydigan vositalar majmuasi bilimlar bazasini boshqarish tizimlarini xosil qiladi. Hozirgi paytda ichki izohlanishlar, strukturalashtirish, bog’liqliklar to’liq ifoda qilingan bilimlar bazasi mavjud emas, semantik o’lchov kiritilgan va bilimlarning faolligi ta’minlangan.


3. Ekspert tizimi klassifikasiyasi
Ekspert tizimini klassifikasiyalashning turli yo’llari mavjud.
Bajaradigan vazifasi bo’yicha ETlar quyidagilarga bo’linadi:

  1. Umumiy vazifani bajaruvchi ET.

  2. Maxsuslashtirilgan ET:

- tashxis, loyihalashtirish va bashorat qilish masalalarini yechishga mo’ljallangan muammoli-yo’naltirilgan ET.
- maxsus masalalarni yechish uchun mo’ljallangan ET, masalan, atom elektr stnasiyalarida holatlarni nazorat qilish.
Tashqi muhitga bog’liqlik darajasiga qarab ETlar quyidagi turlarga ajratiladi:
- statik ET, tashqi muhitga bog’liq bo’lmaydi;
- dinamik ET, tashqi muhit dinamikasini hisobga oladi va real vaqt rejimida masalani yechish uchun mo’ljallangan.
Foydalanish turiga qarab ETlar quyidagilarga bo’linadi:
- izolyasiyalangan ET.
- boshqa tizimga kirish/chiqishga mo’ljallangan ET.
- gibrid ET, boshqacha qilib aytganda, bilimlar bazasi va boshqa dasturiy vositalar bilan integrallashgan ET.
Yechiladigan masalaning murakkabligiga qarab ETlar quyidagilarga bo’linadi:
- oddiy ET - 1000 tagacha oddiy qoidalarni o’z ichiga oladi.
- o’rta ET - 1000 dan 10000 tagacha strukturalashgan qoidalarni o’z ichiga oladi.
- murakkab ET - 10000 dan ziyod strukturalashgan qoidalarni o’z ichiga oladi.
Qurish jarayoniga qarab ETlar quyidagilarga ajratiladi:
- tadqiqiy namunaviy ET, u minimal bilimlar bazasiga ega bo’lib, 1-2 oy ichida yaratiladi.
- taqdimotli namunaviy ET, u 2-4 oy muddatida yaratiladi, masalan, LISP, PROLOG, CLIPS tillarida.
- ishlab chiqarishga mo’ljallangan namunaviy ET, u 4-8 oyda yaratiladi, masalan, to’liq bilimlar bazasiga ega bo’lgan CLIPS (yoki shunga o’xshash) tilida yaratiladi.
- tijoratga mo’ljallangan namunaviy ET, u 1,5-2 yilda yaratiladi, masalan, to’liq bilimlar bazasiga ega bo’lgan S++, Java (yoki ularga o’xshash) tillarida yaratiladi.



Download 5,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish