Intellektual rivojlanish
Intellektual rivojlanish 650-19 Sobitov oybek Inson jamiyatda o`z o`rnini topishi uchun jamiyat a`zolari bilan birgalikda faoliyat yuritadi . Inson ya`ni shaxs tavallud topganidan boshlab shakllanishda ya`ni rivojlanishda bo`ladi. Inson rivojlanishi orqali jamiyatning boshqa a`zolaridan o`zining hatti- harakatlari bilan ajralib turadi va o`ziga xosligi bilan farqlanadi. Odam va shaxs tushunchalari o`rtasida qandaydir bog`liklik borga o`xshaydi.
Inson jamiyatda o`z o`rnini topishi uchun jamiyat a`zolari bilan birgalikda faoliyat yuritadi . Inson ya`ni shaxs tavallud topganidan boshlab shakllanishda ya`ni rivojlanishda bo`ladi. Inson rivojlanishi orqali jamiyatning boshqa a`zolaridan o`zining hatti- harakatlari bilan ajralib turadi va o`ziga xosligi bilan farqlanadi. Odam va shaxs tushunchalari o`rtasida qandaydir bog`liklik borga o`xshaydi.
Lekin odam shaxs bo`lishi uchun psixik jihatdan rivojlangan bo`lishi kerak. Individual lik bilan odam va shaxs tushunchalarini taqqoslash mumkin. Ya`ni odamni individga, shaxsni individuallikga tenglashtirish mumkin. Bunda individ yakka degan ma`noni berib odam tushunchasi bilan teng. Aksincha shaxs va individuallik esa ma`lum bir xususiyat, xatti-harakatga , o`ziga xos harakterga egadir. Odamni individualikka erishishi uchun shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo`ladi. Ana shular ta`sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o`sishida namoyon bo`ladigan miqdor va sifat o`zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Intellekt(lot. Intellectus- aql, idrok, zehn ) – keng ma`noda kishining voqea hodisa mohiyatini to`laligicha bilishga asoslangan va u orqali namoyon bo`ladigan faoliyati , tor ma`noda insonning tafakkur , fikr yuritish salohiyatini nazarda tutadi.
Intellekt(lot. Intellectus- aql, idrok, zehn ) – keng ma`noda kishining voqea hodisa mohiyatini to`laligicha bilishga asoslangan va u orqali namoyon bo`ladigan faoliyati , tor ma`noda insonning tafakkur , fikr yuritish salohiyatini nazarda tutadi.
Intellekt kishilardagi aql-zakovat, ma`naviy jihatdan yetuklik darajasini ham izohlaydi, tasavvur, idrok, sinchikovlik orqali jamlangan materialni bilish usullari (taqqoslash, abstraksiya, tushuncha, hukm va h.k) orqali asosli bilimga ega bo`lish yoki mavjud bilimni tanqidiy tahlil etish qobiliyati deb ham qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |