Chiston tahlili (Navoiy va Uvaysiy chistonlari asosida)



Download 133 Kb.
bet1/2
Sana13.02.2023
Hajmi133 Kb.
#910757
  1   2
Bog'liq
Chiston tahlili (Navoiy va Uvaysiy chistonlari asosida)




Chiston tahlili (Navoiy va Uvaysiy chistonlari asosida)

Reja

1.Chiston haqida tushuncha

2.Uvaysiy lirikasida chistonning о‘rni


3. Navoiy lirikasida chistonning о‘rni


.


Chiston (lug‘z) Sharq mumtoz adabiyotida, xususan, о‘zbek mumtoz adabiyotida о‘ziga xos sirli-sinoatli nazm namunasi hisoblangan. Har qanday sо‘z san’atkori ham she’rning bu noyob usulida kuch sinasha olmagan. U yuksak badiiy san’at namunasi sifatida baholab kelingan. Jumladan, Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” asarida eslanishicha, Qul Ubaydiy donishmandlar bilan bо‘lgan bir suhbatda lug‘zning adabiy jarayondagi mavqeini shunday baholangan: “Lug‘z she’rning о‘unday nav’iki, tab’ tarozusida g‘oyat mavzundir. Tab’i halol kishilarning unga mayli haddan ziyoddir...”14. Atoulloh Husayniyning ham “Badoyi’ us-sanoyi’” asarida lug‘zni shunga yaqin izohlaydi 15.
U arablarda lug‘z, lug‘az, fors va turklarda chiston 16 deb atalgan. “Lug‘z, lug‘az” sо‘zi mо‘ta’bar izohli lug‘atlardan biri “G‘iyos ul-lug‘ot”da shunday izhlangan: “Lug‘az – sо‘roxi mushi dashty; va on bag‘oyat pechdor boshad, lihozo nomi navye az kalomi mubham, ki ba forsi chiston gо‘yand”17. (Mazmuni: Lug‘az – dasht sichqonining ini. U juda egri-bugri bо‘ladi. Yana forschada chiston, deb ataluvchi yashirin sо‘z turining nomi). Kо‘ringanidek, lug‘z sо‘zi istilohning maqsadini tо‘la ifodalay oladi.
Atoulloh Husayniyning ham yuqorida tilga olingan asarida lug‘z haqida batafsil tо‘xtaladi. Uning lug‘aviy ma’nosi, istilohiy mohiyati о‘z davri adabiyotshunosligidagi о‘rganilishi tarixini yoritadi. Rashididdin Vatvot, Qays Roziy, Sharafiddin Ali Yazdiylarning fikrlari va ularga о‘z munosabatini bayon etadi. Ular bilan bahs-munozaraga kirishadi.
Mumtoz adabiyotshunoslikka oid asarlarni kuzatar ekanmiz, barchasida lug‘z mumtoz badiiy san’atlardan biri sifatida talqin etilgan. Qays Roziy, Rashididdin Vatvot, Atoulloh Husayniy, Ahmad Taroziy, lug‘z va muammo haqida “Hulali mutarraz dar fanni muammo va lug‘z” (Muammo va lug‘z fani tо‘g‘risida bezatilgan ipak kiyimlar) deb nomlangan alohida asar yozgan Sharafiddin Ali Yazdiy ham lug‘zni о‘z asarining badiiy san’atlar qismida izohlaganlar. Ahmad Taroziy “Funun ul-balog‘a” asarida lug‘z san’atining xos xususiyatlarini aniq va sodda tushuntirib beradi: “Bu aningtek bо‘lurkim, bir narsaning otin va haqiqatin yoshurub, mushabbah /un/ bih lafze birla savol qilurlar”18.
Har bir she’rni janrsifatida tasniflashda ma’lum belgilar inobatga olinadi. Ammo, lug‘zni hajm, vazn, qofiya, radif nuqtai nazaridan kuzatsak, xos xususiyatlar kо‘zga tashlanmaydi. Demak, lug‘zni alohida janr deb qarash haqiqatga tо‘g‘ri kelmaydi. Uni she’riy san’atlardan biri deb qarash tо‘g‘riroqdir.
О‘zbek mumtoz adabiyotida uning g‘azal, ruboiy, qit’a, masnaviy, fard shakllarida yaratilgan namunalari uchraydi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devoniga kiritilgan 10 ta chistondan 8 tasi qit’a shaklida, 2 tasi tо‘rtlik shaklida 19. Uvaysiy chistonlari g‘azal, tо‘rtlik va ikkilik shakllarida yaratilgan.
Lug‘z istiloh sifatida arablarda shakllangan. Ammo turkiy adabiyotdagi chiston xalq og‘zaki ijodidagi topishmoq janri bilan ham chambarchas bog‘liq.
U XI asrda fors-tojik adadbiyotida kirib kelgan. Tojik adabiyotshunoslarining ta’kidlashicha, chiston dastlab qasida muqaddimasida tashbib 20 tariqasida paydo bо‘lgan va vasfning bir qismi sifatida taraqqiy topgan21. Fors adabiyotida birinchi chistonni Rudakiy yozgan degan taxmin bor.
Taniqli adabiyotshunos R.Orzibekov “Lirikada kichik janrlar” asarida chiston haqida tо‘xtalib, о‘zbek adabiyotida dastlabki chiston Alisher Navoiy tomonidan yaratilganini ta’kidlaydi: “О‘zbek xalq og‘zaki ijodida Navoiygacha ham topishmoq usulidagi namunalar bо‘lsa am, lekin yozma adabiyot vakillari ijodida hozircha chiston she’rlar uchramaydi. Alisher Navoiy о‘zbek klassik shoirlari orasida birinchilardan bо‘lib chiston aytishga kirishdi va uning yozma adabiyotdagi о‘rnini qonuniylashtirdi”22.
Ammo izlanishlar natijasi shuni kо‘rsatadiki, о‘zyuek adadbiyotida Navoiyga qadar ham chiston namunalari uchraydi. Jumladan, 1436-1437 yillarda yaratilgan Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida о‘zbek tilida ijod etilgan chiston keltiriladi:

Nedur ul la’lki, paydo bо‘lur andin guhar?


Goh paydo bо‘lur anda mayu gh shiru shakar23.

Javobi “lab” bо‘lgan ushbu chistonning badiiy pishiqligi uning о‘zbek adabiyotida yagona hodisa emasligini kо‘rsatadi. Ammo, afsuski, alloma uning muallifini kо‘rsatmaydi. “Funun ul-balog‘a”dagi an’anaga kо‘ra, Taroziy qalamiga mansub bо‘lishi ham mumkin.


Chiston har bir shoirning olam, odam va borliqni kuzatish, atrof-muhitni ilg‘ash darajasini kо‘rsatadi. Uning oddiy predmetlardan badiiy obraz yaratish salohiyatini aniqlash mezoni bо‘lib xizmat qiladi.
Uvaysiyning shoira sifatida shuhrat topishida chistonnavisligining alohida о‘rni bor. Ilmda u о‘zbek adadbiyotida eng kо‘p chiston aytgan ijodkor sifatida e’tirof etiladi. Uning nashr etilgan devonlarida 13 ta chistoni bor. Ammo, manbalarda uning “50 dan ortiq chistonlari ma’lum”ligi bayon etiladi24. Akademik Avliyo Muhammadiyev о‘z xotiralarida, hatto, shoiraning “Chistonlar tо‘plami”ni kо‘rganini eslaydi. Bir nechta bizga noma’lum chistonlari nomlarini sanaydi: “Shoira enamning dugonasi bо‘lgan. Chistonlar tо‘plami”ni sovg‘a qilgan. Afsus, 1930 yillarda jonimizni asraymiz deb arab alifbosida yozilgan juda kо‘p qо‘lyozmalarni yо‘q qilib yuborganmiz. Men qovun tiligi, aravaning о‘qi, qaychi, anor haqida о‘nlab chistonlarni yod olganman”25.
Ijodi mahorat chо‘qqisi sanalgan Alisher Navoiy devoniga 10 ta chiston kiritilgan. Biz Uvaysiyning chistonnavisligidagi kamolotini ustoz shoir ijodi bilan qiyosan yoritishga harakat qilamiz.
Navoiy ijodidagi chistonlar, asosan, ajmi jihatdan katta. Ular 6,8,10 misradan, faqat 2 tasi 4 misradan iborat. Navoiy chiston uchun tanlagan predmetni batafsil tavsiflaydi. Unga xos belgi, sifat va xususiyatlarni aniq kо‘rsatadi. Inson hayotidagi о‘rni va vazifasiga ham e’tibor qaratadi. Asar zamiriga jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi hodisa va holatlarni singdirishga harakat qiladi. Tanlagan predmet yoki obraz vositasida jamiyat noqisliklarini fosh etadi.
Navoiyning devonida “Miqroz”26 nomli chistoni bor. Shoir unda qaychining tuzilishi, shakliy xususiyatlarini tavsiflash yо‘lidan boradi. Tasvir jarayonida har bir misrada о‘quvchini hayratlantirishga, chuqur fikrlatishga intiladi:

Ne qushlar erkin alarkim, birardurur qanoti,


Qanotininguchida har birisiga minqor.
Biror ayog‘lari ham boru turfaroq bukim,
Ayog‘ uchida biror kо‘z ham ettilar izhor.
Qachon ayog‘larin olmashtirurlar, ul soat
Qanot urarg‘a bо‘lurlar tayurdek tayyor.
Qanot kо‘p urmoq ila bir kori ucharlari yо‘q,
Ucharda garchi koridur alarg‘a istizhor27.

Shoir qaychini shunday tasvirlaydi: Qanday ikki qushki, qanotlari bittadan. Har bir qanoti uchida tumshug‘i bor. Bittadan ayog‘i ham bor. Ammo ajablanarlisi shundaki, oyog‘i uchida bittadan kо‘zi ham bor. Yog‘lari harakatga kelganda esa, ular xuddi qushdek uchishga tayyor bо‘ladilar. Ammo kо‘p qanot urganlari bilan ucha olmaydilar. Garchi uchsalar ham, ularga, albatta, madad kerak bо‘ladi.


Navoiyning mahorati shundaki, qaychining shakliy xususiyatlarini aniq, tushunarli va mukammal tasvirlagan. Shoir qaychining kо‘rinishini badiiy timsolllarda moddiylashtirgan. Qush, qanot, oyoq, kо‘z, tumshuq timsollari shular jumlasidandir. Chiston 8 misradan iborat. Dastlabki 4 misrada shakl kо‘rinishi tasvirlanadi. Keyingi 4 misrada esa shu predmetning harakatlanishi nazarda tutiladi. Navoiy ushbu chistonda shoirona taxayyulning noyob qudratini namoyish eta olgan. О‘zbek mumtoz adabiyotida qaychining takrorlanmas, noyob tasvirini yaratgan.
Uvaysiy chistonlarida esa halqona soddalik, donishmandlik va hajm jihatdan qisqalik kо‘zga tashlanadi. Uning ham “Qaychi” deb nomlangan chistoni bor. U 2 misradangina iborat:

Ikki mahbubeni kо‘rdum, ikkisini kindigi bir,


Ikkisin orasiga tushsang, topadursan kasir.

Shoira qaychining ikki oyog‘ini ikki dо‘st timsolida moddiylashtirmoqda. Ular shunday qadrdon dо‘stlarki, hech qanday holat bir-birlaridan ajratolmaydi. Bunday yaqinlikni ifodalash uchun xalq “kindigi bir” iborasini qо‘llaydi. Shoira shu xalq iborasini ustalik bilan qо‘llaydi. Xalq tomonidan ramziy ma’noda aytilgan fikrdan shoira ikki – ham zohiriy, am botiniy ma’noda foydalanadi. Qaychining zohiran kindigi bir va botinan ham bir. Chunki barcha ish birgalikda amalga oshiriladi. Chistonning birinchi misrasida qaychining shakl xususiyati tasvirlanadi. Ikkinchi misrada esa uning vazifasiga e’tibor qaratiladi.


Uvaysiyning she’riy uslubiga xos bо‘lgan kо‘pma’nolilik, ramziylik ushbu chistonda ham saqlangan. Shoira chistonda ham qaychi, ham dо‘stlik haqidagi tasavvurni mujassamlashtirgan. Ikki mahbuba timsoliga katta ma’naviy-ijtimoiy mohiyatni ham singdira olgan.
Qaychi – insonga dо‘st. U xayrli amallarni bajaradi. Ammo uning orasiga tushib qolsangiz, ayamaydi. Shoira bu holatni insoniy munosabatlarga ham tatbiq etadi. YA’ni, dо‘stlik buyuk kuch. Agar unga raxna solinsa, xalaqit berilsa, о‘z qudratini kо‘rsatadi. Raxnagarni chilparchin eta oladi. Uvaysiy bunday nuqtai nazarni chistonga bejiz singdirmagan. Chunki uning Nodirai davron bilan dо‘stona munosabatiga, ustozu shogirdlik maqomiga hasad nigohi bilan boquvchilar ham yо‘q emas edi. Bunday nazarlar shoira hayotidagi kо‘p mashaqqatlar, iztiroblar, ma’naviy muztarib kunlarga sabab bо‘lgan.
Chistonda shoiraga xos qat’iyat va jasorat ham о‘z ifodasini topgan. Uvaysiy uslubidan boxabar о‘quvchi, misralar zaminidagi dadil hukmni anglashi qiyin emas. Bu, ayniqsa, ziddiyatlardan xabardor shoira zamondoshlariga juda tushunarli bо‘lgan. Demak, “Qaychi” chistonida predmetning sifat va xususiyatlari aniq, tushunarli tasvirlangan. Shu bilan birga о‘oira mahorati tufayli unga jiddiy insoniy munosabatlar, muhim ijtimoiy muammolar ham singdirilgan. Bu asarning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi.
Navoiy va Uvaysiyning bir mavzuda yaratilgan “Anor” nomli chistonlari ham bor. Bularni qiyosan о‘rganganimizda har ikki shoir ijodining mushtarak va о‘ziga xos qirralari namoyon bо‘ladi. Ikkala shoir ham tabiatning mо‘jizaviy, noyob ne’mati anorning sifat va xususiyatlarini mukammal tasvirlab bera olishgan.
Navoiy anorni tavsiflashda ikki timoldan foydalanadi. Birinchisi, chо‘g‘ tо‘ldirilgan mijmar28, ikkinchisi, durlarini makkor davron qonga “uyurgan” (aylantirgan) sadaf:

Ne mijmardur, tо‘la axgar29 vale ul mijmar andomi30,


Erur sun’31 ilgidan gohe musaddas, gah musamman ham.
Chiqar ravzandin32 axgari dudiyu bu turfakim, oning
О‘tig‘a dud yо‘qtur, mijmarig‘a balki ravzan ham.
О‘tu mijmar dema, bor ul sadafkim, durlarin oning
Uyurdi33 qong‘a davroni musha’bid34, charxi purfan35 ham.
Agar bu nav’ emas, bas ne uchun barmoq kuchi birla
Bо‘shar jismi, oqar qoni, anga majruh36 о‘lub tan ham.
Nechakim tab’i noridur37 va lekin me’da norig‘a
Berur taskin, munung naf’in topibmen voqian men ham38.

Shoir timol tanlashda anorning shakli, rangi va tuzilishini asos qilib oladi va nihoyatda nozik did bilan uning muqoyasasini topa oladi. Chiston о‘ziga xos kompozitsiyaga ega. Shoir, dastlab, anorni chо‘g‘ tо‘la mijmarga о‘xshatadi. Mazkur timsol uning sifatlarini tо‘liq mujassamlantiradi. Ammo, shoir bu bilan qanoatlanmaydi. U anorga yanada mukammalroq qiyos izlaydi. Uni endi sadafga о‘xshatadi. Shoir bunda faqat anorning shakli emas, balki, uning uzoq davom etuvchi shakllanish jarayonini ham (sadafda dur paydo bо‘lgani kabi) nazarda tutadi.


Asardagi tisol takomillashuvining 3-bosqichida esa, shoir anorning rangi bilan bog‘lab, zamon haqidagi о‘z dardlarinin va qa’iy hukmini ham e’lon etadi. 4-bosqichda mayinlik bilan anorning vazifasini, foydasini tasvirlash orqali asarni xotimalayli.
Kо‘ringanidek, asarda Navioyning she’riyatdagi kompozitsion о‘ziga xosligi, timsol tanlash va yaratish borasidagi mahorati yaqqol namoyon bо‘ladi.
Ushbu chiston qit’a janrida yaratilgan. Asar 5 bayt – 10 misradan iborat. U hazaji musammani solim /mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun; V---V---V---V---/ vaznida yaratilgan. Ushbu vazn chuqur ijtimoiy ma’nolarni, zamon ahli qilmishlarining iztirobli ruhiy manzarasini, mahzun kayfiyatni ifodalash imkoniga ega. Shoir tomonidan tanlangan vazn asardan nazarda tutilgan g‘oya va maqsadga tо‘la muvofiq kelgan.
Tabiatning gо‘zal va mо‘jizaviy ne’matlaridan biri anordir. Anor donalarining aqiq la’llardek bir tekisda terilganligi, nafis pardaga о‘ralganligi va bu sirli gо‘zallikning anor pо‘sti ortida pinhonligi Tangrining mо‘jizasi deyish mumkin.
Uvaysiy anorni olib unga she’r yozar ekan, kо‘nglidan teran mulohazalar о‘tgani aniq:
Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidan yо‘q nishon,
Necha gulgunpо‘sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortig‘liq, turarlar qon.

Albatta, chistonda Uvaysiyning birinchi maqsadi о‘quvchi tasavvurida anorni shakllantirish. U bu vazifani mukammal bajara olgan. Shoira anor shaklini eshik va tuynuksiz gumbazga, uning donalarini yuzlarida parda tortilgan, yurak-bag‘ri qonga tо‘la “gulgunpо‘sh” (qizil kiyimli) qizlarga mengzaydi.


Uvaysiy chistonini kuzatib, о‘ziga xos timsol qо‘llash mahoratining guvohi bо‘lamiz. Shoira anorning noyob, yangicha tasvirini yaratishga erishadi.
Atoulloh Husayniy Sharafiddin Ali Yazdiyning lug‘z fanininng badiiy shartlari borasidagi fikrlarini keltirib, shunday deydi: “Lug‘zning she’riy jixatidan sо‘ng fasohatu ibora aniqlig‘iyu ma’no latofatindag‘i xusnu fazilatig‘a bois bulg‘uvchi shartlardin uldurkim, zikr etilgan mazkurning axvoli avsofi takallufu egri iboralarsiz anga mos bо‘lg‘ay. ...Matlubni anglag‘andin sо‘ng nozimning murodi ushbumu, yо‘qmu degan shubxa qolmag‘ay”.
Kо‘rinadki lug‘zning asosiy sharti Uvaysiy tomonidan mukammal bajarilgan. U anorni xech qanday shubhaga о‘rin qoldirmay, aniq, tushunarli va ixcham shaklda tasvirlab bergan.
Ammo Uvaysiyning she’rdan maqsadi shu bilan yakunlanmaydi. Shoira she’riy uslubiga xos bо‘lgan kо‘p ma’nonililik ushbu asrada ham yaqqol namoyon bо‘ladi. Adabiyotshunosligimizda “Anor” chistoninning bu jihati e’tirof etilgan: “Tо‘rt misraga sig‘dirilgan katta mazmunga anor tarifinigina emas, balki tо‘rt devor orasiga ovovz chiqara olmasdan faryod qilayotgan, qavat-qavat niqob orqasida yorug‘ olamni kо‘rish imkoniyatidan maxrum etilgan millionlab mahzuna, munglig‘ ayollarning hayoti, taqdiri mujassamlashtirilgan”. Anglashiladiki, shoiraning ikkinchi maqsadi anorni donalarini qizlarga qiyoslash orqali ularning erksiz qismatiga e’tiborni qaratish.
Ammo, shoira she’riyatining umumiy mohiyatidan kelib chiqib fikrlasak, uning chistondan kо‘zlagan uchinchi maqsadini ham anglash qiyin emas.
Uvaysiyning ushbu asarida anor foniy dunyo tilsimlarini о‘zida mujassamlashtirgan ramziy timsol darajasiga kо‘tariladi. Shoira anorning tashqi kо‘rinishini cheku chegarasiz niliy gumbaz bо‘lib kо‘rinuvchi dunyoga qiyoslayapti: “Ul na gumbuzdur: eshigi tuynugidin yо‘q nishon”.
Qizil rang bag‘riqonlik, xijron, ayriliq ramzi. Parda esa soliq bilan Olloh vasli о‘rtasidagi tо‘siq. Demak, xulosa qilib aytishimiz mumkinki ushbu tо‘rtlikda shu paytgacha biz talqin etib kelgan zohiriy mazmundan tashqari, teran falsafiy, botiniy g‘oya ham mujassamlashgan. Shoira anorda dunyo timsolini tasavvur etayapti. Anor dunyoga о‘xshaydi. U shunday bir gumbazki, na eshigi bor, na tuynugi. Unda kо‘plab insonlar makon qurgan. Ularning xolidan habar olinsa, u yerdagi hayotning asl mazmuni haqida tafakkur qilinsa, haqiqat ayon bо‘ladi: Ilohiy visoldan mahrumlik. Bu yо‘lda moddipy dunyoning tо‘siq, parda ekanligi.
Shoira anor tuzilishida ilohiy visoldan foniy dunyo pardasi bilan tо‘silgan, ayriliqdan bag‘riqon kimsalar taqdirini kо‘rgandek bо‘ladi.
Anor tilsimotini, asrorini anglash uchun uning pо‘stini ochib, cheksiz kenglikka erishish kerak.
Demak, anor biz uchun ibrat. U kabi vujudiy qafasni, lahzalik olamning barcha tо‘siqlarini, moddiy manfaatu ehtiyojldarni yengib о‘tibgina haqiqiy hurlikka, ruhiy erkinlikka yetish mumkin. Ana shundagina anor sirini anglaganimizdek, dunyo va Mutlaqiyat mohiyatiga yetamiz.
Shoira о‘zining uchqur falsafiy tafakkur tarzidan kelib chiqib, anor timsolida keng qamrovli umumbashariy g‘oyalar talqinini mujassamlashtiradi.
Atoulloh Husayniy “...nimaiki, lug‘z ani bildirsa, maqsud о‘shul bо‘lur, aning о‘zga bir nimaga ishora qilur – qilmasin nazarg‘a olinmas”, deya ta’riflaydi. Ushbu e’tirofdan biz Navoiy an’analarini davom ettirgan. Uvaysiyning chistonning tarixiy taaqqiyot bosqichida qanchalik katta о‘rin tutuganini anglaymiz chunki u chistonni donolik namoyishi, tafakkur о‘yinlari darajasidan chuqur ijtimoiy – falsafiy fikrlarni mujassamlashtirib ifodalovchi yо‘nalishga aylantirganining guvohiy bо‘lamiz. Yuqoridagi misollarda shoiraning chiston takomilidagi ulkan xizmatlirin kо‘rish mumkin.
Uvaysiyning chistonni takomillashtirishdagi xizmati faqat shu bilan cheklanmaydi. Bizga ma’lumki, chistonlarda, asosan, sо‘z yoki sо‘zlar yashiringan bо‘ladi. Tinglovchi diqqati sо‘zga qaratiladi. Sо‘zlovchining maqsadi ham lafz bо‘ladi. Ijodkor о‘sha sо‘z ifodalayotgan predmetning sifatlarini tasvirlab beradi. Ammo Uvaysiy chiston asosiga holatni ham oladi. Tinglovchi diqqatini birgina sо‘zga emas, balki ruhiy holatni anglashga, uni kuzatishga qaratadi. Albatta, о‘z-о‘zidan chiston javobida ham sо‘z emas, balki tugal fikr – gap nazarda tutiladi:

Yolg‘uzimda uchradi: ul dev edi yoki pari,


Ming boshi, qirq ergashi bor, yoni sakkiz navkari.
Holga kelmas, butni taqmas, barchani jallodvash,
Tо‘rti chorlab о‘nu ellik, menga yuzlandi bari,
Birining qо‘lida uch yuz hanjaru tо‘rt yuz pichoq,
Unining og‘zida buldur: “Pora qil!” – deb gaplari!

Ushbu chistonning javobi “G‘am haddin oshti” jumlasidir. Unda shoira chiston yaratishning bir necha usullaridan foydalangan. Ilk misralarda savol qо‘yish uslubini tadbiq etadi. Keyingi misralarda abjad hisobini qо‘llagan. Shoiraning bu usullari chistonda ham chuqur ruhiy xolat manzaralarini ta’sirli ifodalash imkonini beradi.


Asarda shoiraning abjad xisobini istifoda etish mahoarti yaqqol namoyon bо‘ladi. Unda ushbu hisob bо‘yicha 10 ta son tkeltiriladi. Ular ifodalagn harflar vositasida esa “G‘am haddin oshti” jumlasini о‘qiymiz (1000-g‘,; 40-m; 8-h; 4-d; 10-i; 50-n; 1-alif; 3000-sh; 400-t; 10-i).
Mazkur chiston g‘azal janrida yaratilgan. U a-a, b-a, v-a tarzida qofiyalangan. Vazni ramali musammani mahzuf (foilotun-foilotun-foilotun-foilun; -V- -V- -V- -V-).
Uvaysiy chistonlaring asosiy qismida savol qо‘yish usuli yetakchilik qiladi. Jumboq, asosan, birinchi misrada keltiriladi. Shoiraning topqirlik bilan qо‘llagan sо‘rog‘i о‘quvchi diqqatini bir nuqtaga jamlashga hizmat qiladi. Shundan sо‘ng, naazarga tutilgan predmetning sifat, belgi va xususiyatlari ta’riflanadi. Shoira chistonlarida nazarda tutilgan har bir predmet badiiy obraz darajasiga kо‘tarilgan. Ularning asosini metoforik о‘xshatishlar tashkil etadi. Jumladan, eshigi tuynugi yо‘q gumbaz, qanotu parlari qip-qizil, kо‘zga kо‘rinmas qush, qonxо‘r ikki daryo, chо‘tir yuzli kelin, boshi bilan bruvchi oyog‘i yо‘q mavjudot, jazirama yozda issiq, yashil tо‘nda yuruvchi jonzot va yana kо‘plab noyob taxayyulot mahsuli bо‘lgan timsollar. Kо‘rinadiki, shoira chistonlarida nodir timsollar galeriyasi bunyod etilgan. Ularning har biri о‘tkir tafakkur mahsulidir.
Shoira deyarli barcha chistonlarida dastlabki misrada atalmishning shakliga e’tibor qaratadi. Uni tasvirlaydi. Keyingi misralarda esa uning holati, qilmishi, vazifasini ifodalashga о‘tadi.
Ayrim chistonlarida shoira savol bilan bir qatorjda abjad hisobidan ham unumli foydalanadi. Bu usul nazarga olingan predmetni aniqlash imkonini kuchaytiradi.
Uvaysiy uchunchi tur chistonlarida yanada boshqacha yо‘l tutadi. Ularda savol ham, abjad hisobi ham uchramaydi. Bunday chistonlar qisqa hajmga (2 misra) ega. Birinchi misrada atalmish haqida xabar-ma’lumot berilsa, ikkinchi misrada uning tabiatiga xos qat’iy hukm, xulosa bayon etiladi. Bunday namunalar sirasiga “Kun va tun”, “Suv”, “Qaychi”, “Makkajо‘xori” kabi asarlarini kiritish mumkin:
Ikki mahbubeni kо‘rdum, bir-birisin kо‘rmagan,
Ikkisining о‘rtasiga, dо‘stlar, qil sig‘magan (Kun va tun).

Bir-birin kо‘rmagan ikki dо‘st. Ammo, oralaridan qil ham о‘tsmaydi. YA’ni о‘zaro juda qadrdon. Har doim yonma-yon va ayrilmas. Shu keltirilgan ta’riflarning о‘zi о‘quvchini tafakkur olamig yetaklaydi. Ikki dо‘stning kimligini о‘ylay boshlaydi. Shoira fikrini obrazli tarzda chuqur mantiq asosida ifodalaydi. Ikki mahbuba timsoliga istiora san’ati vositasida keng ma’no yuklaydi.


Shoira chistonlarida xalqona uslub yaqqol seziladi. Qо‘llangan har bir sо‘z sayqallangan va о‘zining muqim о‘rniga ega. Hayotiy tajribalardan saralangan donishmandona xulosalar ifodalanadi. Ular zamiriga ba’zan yumor, ba’zan kinoya singdiriladi. Chistonda predmet nazarda tutilgan bо‘lishiga qaramasdan, uning zamirida insoniy munosabatlar, odamzotga xos fe’l –atvor ham sezilib turadi:

Ul nadurkim, bir kelin о‘zi chо‘tir,


Yetti qat parda ichichda misli hur.

Javobi “Makkajо‘xori” bо‘lgan mazkur chiston xuddi shunday tasavvur uyg‘otadi. Unda javobdan tashqari inson tabiatiga nisbatan о‘tkir kinoya va yumor singdirilganligin anglash qiyin emas.


Shoira chistonlari mahorat nuqtai –nazaridan noyob iste’dod mahsullari. Ularda shakl va mazmunning mutanosibligi. Timsollar olamining rang-barang va mukammal ishlangani, qofiya va radiflarning pursayqalligi taxsinga sazovordir.
Yuqoridagi kuzatuvlardan, Uvaysiyning, chiston yaratishida о‘ziga xos mahorat soxibi ekanligi ma’lum bо‘ladi. Shoira о‘z uslubiga ega.
Birinchidan, u hajman qisqalikka intilgan. Shu sababli, chistonlari 2,4, va 6 misradan iborat.
Ikkinchidan, Navoiy chistonlari uchun tanlangan vazn ohangi vazminroq (xazaji musammani solim), Uvaysiy chistonlarining barchasi esa nisbatan yengilroq ohangda ega ramali musammani mahzuf va ramali musaddasi mahzub vaznlarida yaratilgan. Bu shoira uslubining xalq og‘zaki ijodiga monandligini kо‘rsatali.
Uchinchidan, u timsol tanlashda xalq og‘zaki ijodi mahsullaridan, hikmat va naqllaridan unumli foydalanadi. Bu borada noyob iste’dodga ega ekanligin namoyish eta oladi.
Tо‘rtinchidan, chistonlarida zohiriy va botiniy mazmunni mujassamlashtirib ifodalashga harakat qiladi. Predmet va ijtimoiy muammolar nazarda tutiladi.
Beshinchidan, shoira chistonlarida tashbeh, istiora, mubolag‘a kabibadiiy san’atlar mahorat bilan qо‘llanadi. Ba’zan kinoya, ba’zan yumor singdiriladi.
Ilmiy kuzatishlarimiz shuni kо‘rsatadiki о‘zbek mumtoz adabiyotidagi chistonning tarixiy takomilida Uvaysiy ijodining beqiyos о‘rin bor. Shoira uni mazmun –mundarija jihatidan ham, badiiy mahorat va shakl xususiyatlari nuqtai –nazaridan ham yuksak bosqichga kо‘tarishga erishgan.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish