Intellektual kapital, intelluktual mulkni shakllantirish va uni boshqarish


O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi strategiyasi



Download 62,74 Kb.
bet6/8
Sana09.12.2022
Hajmi62,74 Kb.
#882574
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Intellektual kapital, intelluktual mulkni shakllantirish va uni

3.O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi strategiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yilda dekabrda Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi, 1993-yildan sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasiga qoʻshildi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (164−modda) mulk huquqini shaxsning o‘ziga qarashli bo‘lgan mol−mulkka o‘z hohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi sifatida belgilaydi. 
Intellektual mulk obyektlari shaxsning mulki bo‘lishi mumkin (O‘zR FK 169−moddasi). Quyidagilar ularga taalluqlidir: 
1) intellektual faoliyat natijalari: 
ilmiy, adabiy va san’at asarlari; 
eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogrammalari va eshittirishlari; 
elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; 
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; 
seleksiya yutuqlari; 
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar: 
firma nomlari; 
tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); tovar kelib chiqqan joy nomlari; 
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar»(O‘zR Fuqarolik kodeksining1031−moddasi). 
Tarixan intellektual mulk ikki asosiy toifani ichiga oladi. Bular mualliflik huquqi va sanoat mulki.
Intellektual mulk hukuqi - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obʼyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi b-ngina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Baʼzi obʼyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.
Intellektual mulk obʼyektlari fuqarolik huquqining boshqa obʼyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a) koʻp hollarda ular moddiykoʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obʼyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday obʼyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) I. m. h.ning amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan I. m. x. egasining maʼlum intellektual mulk obʼyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquklariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; ye) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi; yo) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquklar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi; j) I. m. h. ning amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Mas, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xo-rijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan xududlardagina amal qilag di; z) koʻpgina intellektual mulk obʼyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obʼyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart.
Intellektual mulk obʼyektlari kanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi: a) intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot, sanʼat asarlari; eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumot bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) dan iborat; b) fukarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; tovar (xizmat) belgilari; tovar chiqarilgan joy nomi; v) FK da va b. qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa na-tijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar (FK 1031-modda). Mazkur faoliyatning yangi mahsullariga, firmalar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning yangi nomlari va alomatlariga nisbatan ham FK (4-boʻlim) da va b. qonunlarda intellektual mulkka oid belgilangan qoidalar qoʻllanadi

Intellektual mulk agentligi tomonidan intellektual mulk tizimini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi Strategiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu hujjat maqsadi intellektual mulk sohasini rivojlantirishning keyingi yo'nalishlarini va intellektual mulk tizimidagi manfaatdor davlat tashkilotlari, ularning vazifalari va vakolatlarini belgilash, shuningdek, alohida e'tiborga molik asosiy muammolarni ochib berishdan iboratdir. Strategiya vazifalari quyidagilardan iborat: intellektual mulk sohasini rivojlantirish masalasiga tizimli yodoshuvni va muammoli masalalarning bartaraf etilishini ta'minlash; davlat idoralarining o'zaro hamkorligini kuchaytirish, jumladan, intellektual mulk borasidagi qonunchilikni bir xilda talqin etilishi borasida; qatnashuvchi tomonlarning mas'uliyatini oshirish; ilmiy- texnik ijodkorlik va innovasion fikrlash/tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish; qatnashuvchi barcha tomonlarda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish. Ushbu hujjatning ishlab chiqilishi quyidagi dolzarb muammolarning yechimini talab etadi:
- Intellektual mulk sohasida band bo'lgan barcha davlat tashkilotlarining uyushqoqlik bilan ishlashiga, intellektual mulkni himoyalash va uni kommersiyalashtirishga erishish. - Tadbirkorlik va ilm-fan sub'ektlarining, xuddi shuningdek, davlat tashkilotlari xizmatchilari va boshqaruv tizimi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish. - Intellektual mulk tizimini va unga nisbatan hurmat hissini rivojlantirib borish iqtisodiyotni innovasion jihatdan rivojlantirish asoslari sifatida belgilanishi lozim. - Umuman olganda, intellektual mulk davlat taraqqiyoti va

xalqning moddiy farovonligini oshirishda muhimdir, degan nuqtai nazarni shakllantirish.
Strategiyani yaratishda Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasi , O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasiga doir qonunlari, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (bunday keyin - BIMT) milliy Strategiyani ishlab chiqish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalari huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.
Qonun talablariga rioya etilishida mavjud muammolarni kompleks hal etish, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mualliflar va huquq egalarining munosib haq olish huquqlarini ta'minlash, yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratilishini rag'batlantirish, ushbu jarayonlar va munosabatlarda davlat nazorati amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida Intellektual mulk agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi qarori loyihasi tayyorlandi. Ushbu Qaror loyihasi mualliflik huquqini samarali himoya qilish, mualliflar va huquq egalariga mutanosib haq to'lash mexanizmlarini yaratish va mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarishni amalga oshiruvchi "O'zbekiston mualliflari jamiyati" nodavlat-notijorat tashkilotini tuzishni nazarda tutadi.
Hozirda loyiha mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish bosqichida. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan saylovoldi dasturlarida ham, madaniyat, san'at, adabiyot va matbuot olamiga kirib kelayotgan iqtidorli yoshlarni moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish, ularni har tomonlama qo'llab quvvatlash maqsadida ko'rilayotgan chora tadbirlarning biri sifatida adabiy, badiiy va san'at asarlar uchun to'lanadigan qalam haqi miqdorini qayta ko'rib chiqish, ijodiy va intellektual mulk egalarining manfaatlarini himoya qilish masalalari diqqat markazida bo'lishi ta'kidlangan edi. Hozirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 yanvardagi "Mualliflik haqi va boshqa haq to'lash stavkalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 8-son Qaroriga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish jumladan, unga muvofiq, mualliflarga to'lanadigan qalam haqi (gonorarlar) stavkalarini oshirish va ijodkorlarni moliyaviy rag'batlantirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu Qaror loyihasi mutasaddi vazirliklar bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va tegishli vazirlik va tashkilotlarga imzolash uchun kiritilgan.

Download 62,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish