«Tasvirlarni ko‘chirish» metodikasi
Ushbu metodika 3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan. Topshiriqning mohiyati shundan iboratki, 13-rasmda o‘ng tomondagi maxsus tayyorlab qo‘yilgan kvadratlar ichiga, shu rasmdagi, chap tomonda berilgan kataklar ichidagi tasvirlarni ko‘chirish kerak. Buning uchun bolaga qora flomaster hamda quyidagicha ko‘rsatma beriladi:
«O‘ng tomondagi kataklarga, aynan chap tomondagi figuralarga o‘xshash rasmlarni chizish kerak. Bunda iloji boricha toza va bo‘yaladigan joylarda bo‘shliq qoldirmaslikka hamda figuralar konturidan chiqib ketmaslikka harakat qilish lozim».
Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt – 5 daqiqa.
13-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |