«Figuralarni qirqib chiq» metodikasi
Ushbu metodika 4-5 yoshli bolalarning ko‘rgazmali - harakatli tafakkurini o‘rganishga mo‘ljallangan. Topshiriqning maqsadi, qog‘ozga chizilgan figuralarni tez va aniq qirqib olishdan iborat. 12-rasmda berilgan 6 ta kvadratda har xil figura tasvirlangan. Ushbu rasmlar bolaga bir butun holatda berilmaydi, balki har bir kvadratdagi rasmlar alohida beriladi. Buning uchun tadqiqotchi rasmlarni oltita kvadratga qirqib chiqadi. Bolaga har bir kvadratdagi tasvirlar ketma- ketlikda beriladi. (Rasmlar tartib raqami bilan belgilangan) va qaychi bilan figuralarni imkoni boricha tez va aniq qirqib olish kerak.
12-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |