KO‘RGAZMALI - HARAKATLI TAFAKKUR TURINI BAHOLASh UCHUN METODIKALAR
«Konturlarni birlashtirish» metodikasi
Bolalarga 10- rasm ko‘rsatiladi va ushbu metodikadagi topshiriqning maqsadi tushuntirib beriladi, ya'ni qalam ruchka yordamida imkoni boricha tez va aniq chap tomondagi konturlarni o‘ng tomonda berilgan rasmlarga ko‘chirib chiqish zarur. Bunda bolaning chiziqlarni to‘g‘ri chizganligiga va figuralarning burchaklarini aniq birlashtira olishiga e'tibor qaratish zarur. Topshiriq bajarib bo‘lingandan so‘ng vazifaning toza, aniq va tez bajarilganligi baholanadi.
10-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |