Integratsiyalashuvi



Download 89 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi89 Kb.
#750340
Bog'liq
SIYOSIY HUQUQIY SOHADAGI (10TA) USTUVOR XALQARO REYTINGLAR VA ULARGA O’ZBEKISTONNING INTEGRATSIYALASHUVI


SIYOSIY HUQUQIY SOHADAGI (10TA) USTUVOR XALQARO REYTINGLAR VA ULARGA O’ZBEKISTONNING INTEGRATSIYALASHUVI

REJA:




  1. Xalqaro reyting va indekslar


  2. O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni


  3. Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish

2020-yil 9-noyabr kuni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oliy Majlis Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi raisi T.Narbayeva olib borgan yigʻilishda senatorlar, Kengashi aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy taʼlim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etdi.


Taʼkidlanganidek, bugun Oʻzbekiston xalqaro hamjamiyat, koʻplab reyting agentliklarining nigohida turibdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ular tomonidan baholanmoqda. Kuni kecha “Gellap” (“Gallup”) xalqaro tadqiqot institutining “Global qonun va tartib” boʻyicha yillik butunjahon reytingi eʼlon qilindi.Oʻzbekiston ushbu reytingda 100 balldan 92 ball toʻplab, dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari top 10 taligiga kiritildi. Qolaversa, Raqobatbardosh sanoat unumdorligi, Global innovatsiyalar, Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun tartibga soluvchi cheklovlar indekslarida mamlakatimiz ilk marotaba eʼtirof etildi.Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2019-yil yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan hisobotida Oʻzbekiston barcha 6 ta tarkibiy indikator boʻyicha oʻsishga erishdi. Yigʻilishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2020-yil III chorakda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi Kengash ishchi organlari – moliya vaziri T.Ishmetovning hamda adliya vaziri R.Davletovning axborotlari eshitildi. Bundan tashqari, vazirlik va idoralar masʼul boʻlgan ayrim tarkibiy indikatorlar boʻyicha mamlakatimiz reytingi past koʻrsatkichlarda qolib ketayotganligi, ularni yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan harakatlar samarasiz boʻlayotganligi tanqid qilindi.
Shu bilan birga, alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlarining faoliyati tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini qonunchilikka implementatsiya qilish, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirish nuqtayi nazaridan ekspert tahlil qilish vazifalari bajarilmayapti.
Shuningdek, yigʻilishda respublikamizning xalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarni aniqlash, oʻzini oʻzi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish vazifalari ijrosi toʻlaqonli olib borilmayotganligi tanqid qilindi. Alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsiz, deb topildi. Qolaversa, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga masʼul vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalari faoliyati doirasidagi hujjatlarni unifikatsiyalash, namunaviy shakllarini joriy etish, mutaxassislarning bilimi, malaka va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borish zarurligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan tashkiliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar berildi. Mamlakatimiz uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatkichlarini tubdan yaxshilashga yoʻnaltirilgan ilmiy va amaliy loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan maqsadli grantlar ajratish mexanizmini joriy etishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, yigʻilishda vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari masʼul xodimlari uchun xalqaro standartlarga muvofiq loyihaviy boshqaruv asosida reytinglardagi koʻrsatkichlarimizni yaxshilashga qaratilgan maxsus amaliy malaka oshirish kurslarini joriy etish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Kengash aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olib, Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.
Xalqaro reyting va indekslar: davlat organlari rahbarlariga KPI belgilandi
2 iyun kuni prezident tomonidan O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash, davlat organlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risidagi farmon imzolandi.
So‘nggi 4 yil mobaynida mamlakat «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52, «Logistika samaradorligi» indeksida – 19, «Doing Business» indeksida – 18 pog‘onaga, IHTTning «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimida 6-guruhdan 5-guruhga ko‘tarildi, deb ta'kidlanadi hujjatda.

Norma’ning yozishicha, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat:
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga ta'siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
Kengashning ishchi organlari – Moliya va Adliya vazirliklari. Ishchi organlar bo‘yicha taqsimlangan ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta'sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o‘rnatiladi.
Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash – mas'ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri. U bo‘yicha eng muhim ko‘rsatkichlar (KPI) belgilandi. Ularga erishish maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan quyidagilar ishlab chiqilishi va kengashga tasdiqlash uchun taqdim etilishi lozim:
2020 yilning ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari (bir oy muddatda);
kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari (har yil 1 dekabrga qadar).
Ularda xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko‘rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflar, shuningdek reyting va indekslarni e'lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlari nazarda tutilishi lozim.
Mas'ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har bir chorak yakuni bo‘yicha:
kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi (keyingi oyning 15-sanasiga qadar);
kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI'ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi (keyingi oyning 30-sanasiga qadar).
2019 yil martda tashkil etilgan komissiya kengashga ko‘maklashadi va tegishli yo‘nalishda mas'ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib boradi. Mas'ul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli reyting va indekslar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma'lumotlarni kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim etib boradi.
Adliya vazirligida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etiladi. Boshqarma bir oy muddatda yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldiriladi.
«O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» portalining ishga tushirilishi 2020 yil 1 oktyabrga ko‘chirildi (dastlabki sana – 2019 yil 1 aprel). Moliya vazirligiga buni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshirish topshirildi. Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal uzluksiz ishlashini ta'minlash va uni yangilab borish uchun mas'ul etib belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish, masʼul davlat organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishida ularning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarni kompleks ravishda koʻrib chiqish va yaxshilash borasida ijro samaradorligini oshirish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tegishli chora-tadbirlarni tizimli muvofiqlashtirish lozimligini inobatga olgan holda:
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda – Komissiya) 1-ilovadagi tarkibga muvofiq tuzilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda – moliya vaziri oʻrinbosari) lavozimi kiritilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni qoʻshimcha 10 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda – Boshqarma) tashkil etilsin va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishi taʼminlansin.
2. Belgilab quyilsinki:
a) Komissiya xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish doirasida:
har oyda kamida bir marotaba yigʻiladi;
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beradi va amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va toʻliqbajarilishini taʼminlaydi, shuningdek, ularning oylik hisobotlarini eshitadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba hisobot taqdim etadi;
b) moliya vaziri oʻrinbosari:
xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash borasida mutasaddi vazirlik va idoralarningmuvofiqlashtirilgan oʻzaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajarish uchun uslubiy va konsultativ yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yigʻilishlarida, 
shu jumladan, Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini tanqidiy koʻrib chiqish boʻyicha takliflar beradi;
v) Boshqarma Komissiya ishchi organi boʻlib, mutasaddi vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etadi va zarur maʼlumotlarni umumlashtiradi, bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
mutasaddi vazirlik va idoralardan zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab oladi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi va Komissiyaga taqdim qiladi;
xalqaro reyting va indekslarni eʼlon qiluvchi tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydi, shu jumladan, ularni respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan islohotlar koʻlami bilan yaqindan tanishtiradi, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaxassislar ishtirokini, davra suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkillashtirib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
tegishli takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi;
g) xalqaro reyting va indekslarning maʼlumot bazalaridan foydalanish, zarur axborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha xalqaro reyting agentliklari hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Mutasaddi vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari:
tegishli xalqaro reyting va indekslar boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda shaxsan masʼul etib belgilansin;
ikki hafta muddatda joriy yilning 1 sentyabriga qadar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va Komissiyaning ishchi organiga taqdim etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
2 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Farmonda qayd etilishicha, bir qator xalqaro reytinglarda mamlakatning ko‘rsatkichlari sezilarli yuqorilaganiga qaramay ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston quyi pog‘onalarda qolmoqda.
Shu bois, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi.
Kengashning asosiy vazifalari qatorida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash belgilangan.
Muhim o‘zgarishlardan biri Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimining komissiyasi endilikda Respublika kengashi Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Senat raisi Kengashga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, Kengash ishchi organlari sifatida Moliya vazirligi va Adliya vazirligi belgilangan. Ular mos ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reytinglar bo‘yicha ish olib borishadi.
Xalqaro reyting va indekslar bilan tizimli ishlashning avvalgi va yangi mexanizmi
Manba: Moliya vazirligi
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. Shu bilan birga, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni kengash ishchi organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi.
Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi. Bunda, kengash ishchi organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi.


Adabiyotlar ro’yxati

  1. O’zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. - T.: «O’zbеkiston», 2005.


  2. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida. - T.: «Adolat», 2004.


  3. O’zbеkiston Rеspublikasi Еr kodеksi.– T.: «Adolat», 2004.


  4. Qishloq xo’jaligi koopеrativlari (shirkatlari) to’g’risida. – T.: «Adolat», 2004.


  5. Fеrmеr xo’jaligi to’g’risida.– T.: «Adolat», 2004.


  6. Dеhqon xo’jaligi to’g’risida.– T.: «Adolat», 2004.



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish