“Innovatsiya” tushunchasi doimo bir xil ma’noda ta’riflanmaydi, koʻp hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida koʻrib chiqiladi. - “Innovatsiya” tushunchasi doimo bir xil ma’noda ta’riflanmaydi, koʻp hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida koʻrib chiqiladi.
- Jumladan, S.Turgʻunovning fikricha, innovatsiya – maqsadga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar boʻlib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi, nisbatan barqaror boʻlgan elementlarni, umumiy holda halqning ma’naviy-madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan yangiliklarni kiritishdir.
“Innovatsiya” tushunchasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Birinchi ma’noda innovatsiya – biror bir yangi ijtimoiy ehtiyojni yaxshiroq qondirish uchun yangi ilmiy, amaliy vosita, ya’ni yangilik yaratish, tarqatish va qoʻllashni oʻz tarkibiga oladigan kompleks jarayon sifatida qaraladi. - “Innovatsiya” tushunchasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Birinchi ma’noda innovatsiya – biror bir yangi ijtimoiy ehtiyojni yaxshiroq qondirish uchun yangi ilmiy, amaliy vosita, ya’ni yangilik yaratish, tarqatish va qoʻllashni oʻz tarkibiga oladigan kompleks jarayon sifatida qaraladi.
- “Innovatsiya”, ikkinchi ma’noda, biror bir jamoa faoliyatini takomillashtirish uchun kiritilayotgan va bu innovatsiya subyekti tomonidan yangilik deb qabul qilingan yangi vosita, uslub, yondashuvlar tizimiga nisbatan ishlatiladi.
- M.Jumaniyozovaning ta’kidlashicha, innovatsiya – rivojlangan texnologik jarayonning takomillashgan mahsuloti koʻrinishida namoyon boʻladigan ijodiy mehnatning natijasi. U amaliyot va nazariyaning muhim qismi boʻlib, ijtimoiy-madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimi, ayni vaqtda u boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi oʻzgarishlar mexanizmi boʻlib hisoblanadi.
N.Mamadov oʻzining “Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish” deb nomlangan tadqiqotida innovatsiya – bu boshqaruv ob’ektini oʻzgartirish hamda yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaralarni qoʻlga kiritish maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbiq qilishning yakuniy natijasi ekanligini qayd etib oʻtadi. - N.Mamadov oʻzining “Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish” deb nomlangan tadqiqotida innovatsiya – bu boshqaruv ob’ektini oʻzgartirish hamda yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaralarni qoʻlga kiritish maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbiq qilishning yakuniy natijasi ekanligini qayd etib oʻtadi.
- Novatorlik bu - umumiy muammolarga xos yechimlarni o‘z ichiga qamrab olgan, pedagog tafakkurini rivojlantirishning alohida bir turidir.
- Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o ‘rtasidagi asosiy farqlarni ko'rsatib o ‘tish zarur. Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |