18-variant 1. Iqtisodiy tahlilning tamoyillari va metodlari: Объектнинг ҳолатини дастлабки иқтисодий назария жиҳатидан таҳлил қилишнинг зарурлиги, ўрганиладиган ҳодисаларнинг моҳияти ва бир-бирига ўзаро боғлиқлиги. Таҳлилнинг комплекс характерга эга эканлиги ҳамда ўзаро бир-бирига узвий равишда боғлиқ таҳлилий кўрсаткичлар тизимининг қўлланиши.Иқтисодий маълумотларни таҳлилий жиҳатдан қайта ишлаш жараёнида ўрганиладиган ҳодисаларни гуруҳлаштириш ва уларга таъсир кўрсатувчи омилларни миқдор ва сифат белгиларига қараб туркумлаш. Корхоналар фаолиятини таҳлил қилишда таққослаш усулининг ички хўжалик резервларини аниқлашдаги аҳамияти. Таҳлил натижалари асосида илғор тажрибаларни кенг ёйиш ва оммани корхоналарни бошқаришга яна ҳам кенг жалб этиш. Корхоналарни бошқаришда ҳисоб ва ҳисоботнинг ҳал қилувчи роли, ларнинг иқтисодий таҳлилда асосий ахборот манбаи эканлиги.
2.Yuk tashish hajmi va dinamikasi tahlili. Yuk tashish hajmi va dinamikasi tahlili Joriy davrda tashilgan yuklar miqdori umumiy yo‘l bo‘yicha yoki MTU chegaradagi tashilgan yuklar rejasiga qarab quyidagicha hisoblanadi: ΣΡtashilgan=ΣΡqabuli+ΣΡjo‘natish Tahlil jarayonida tonna hisobida ortilgan yuklar hajmi vagonlarga ortilgan hajmi bilan taqqoslanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘sish sur’atlarining o‘zgarishi yuk tashuvchi vagonning statik yuklamasi ko‘payishi yoki kamayishini ifodalaydi. Temir yo‘l transporti tarmog’i jami aktivlarining tarkibida asosiy fondlarning ulushi 80% dan ortig’ini tashkil etadi. Asosiy fondlarni tahlil qilish ob’yektlari quyidagilar: asosiy fondlar tarkibi va tuzilmasi; asosiy fondlarning texnik holati; asosiy fondlarning foydalanish samaradorligi va intensivligi; asosiy fondlarning ishlab chiqarish quvvatining darajasi. Asosiy fondlar tahlilining asosiy vazifalari: asosiy vositalarning mavjudligi va texnik holatini nazorat qilish; asosiy fondlarning dinamik o’zgarishini baholash; fond qaytimiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni o‘rganish; kelgusida daromadlarni olish imkoniyatlarini aniqlash. Temir yo‘l va uning tarkibiy bo‘linmalari asosiy fondlari tuzilmasiga tashish jarayo’nining o‘ziga xos xususiyatlari, geografik joylashishi, rivojlanish darajasi, aholi zichligi va boshqa bir qancha omillar ta’sir etadi. Asosiy fondlarni tahlil qilish uning tarkibi va tuzilmasini o‘rganishdan boshlanadi. Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga, texnik holati, harakati, samaradorlik ko'rsatkichlariga, dinamikasi va holatiga baho beriladi.