13-variant1) Iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish.Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish boshqaruv apparati tarkibi va texnik darajasi bilan izohlanadi. Yirik ishlab chiqarish korxonalarida hamma iqtisodiy boiim lar faoliyatini iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor muovini yoki bosh iqtisodchi boshqaradi. U korxonada barcha iqtisodiy ishlami, shu jumladan, iqtisodiy tahlilni ham tashkil qiladi. Uning boshqaruvida iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘limi, reja-iqtisod boiim i, mehnatni tashkil etish va ish haqi boiim i, buxgalteriya hisobi, moliyaviy boiim va boshqa boiim lar boiadi. Korxonada alohida tarkibiy tuzilish bo‘- linmasida bo‘lim yoki iqtisodiy tahlil guruhi tahlil ishlarini olib boradi. 0 ‘rta yoki kichik korxonalarda analitik ishni reja boiim ining menejeri yoki bosh buxgalter boshqaradi. Iqtisodiy tahlil nafaqat iqtisod bo‘linmalari xodimlari majburiyatlariga, balki u texnik bo‘linmalar xodimlarining ham (bosh mexanik, energetik, texnolog, yangi texnika va boshqalar) majburiyatiga kiradi. Iqtisodiy tahlil bilan sex bo‘linmalari, brigada va uchastka rahbarlari va boshqalar ham shug‘ullanadilar. Bu iqtisodiy boiinm alarda xodimlar yuqori malakaga ega boimasalarda, ulaming ishtirokisiz korxonada iqtisodiy tahlilni chuqur, har tomonlama va mukammal o‘tkazib bo‘lmaydi. 0 ‘rganilayotgan masala bo‘vicha yetarli bilimlarga ega bo‘lgan iqtisodchilar, texniklar, texnologlar, turli xil ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlarining birgalikdagi harakatlari bilan qo‘yilgan masalani kompleks tadqiq qilib, uni hal qilish uchun maqbul variantni topish mumkin. Misol uchun, korxonada iqtisodiy tahlil funksiyalari quyidagi holda taqsimlanishi mumkin: Reja-iqtisod boiim i analitik ish rejasini tuzishni, uni bajarishni nazorat qilishni, tahlilni metodik ta’minlashni amalga oshiradi; korxona va uning boiinmalari xo‘jalik faoliyati tahlilini shakllantiradi va natijalami jamlaydi; korxona rivojlanishining strategik va kelajak masalalami o‘rganadi; tadbirlar rejasini tuzadi va uning bajarilishini nazorat qiladi, tahlil natijasida istiqbolli va kundalik rejalami ishlab chiqadi. Boshqaruv buxgalteriyasi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlami, moliyaviy natijalarini va boshqalami rejalashtiradi, hamda ulami tahlil qiladi. Moliyaviy buxgalteriya (moliya boiim i) korxonaning mulki, ular manbalarining shakllanish jarayonini, korxona kapitalidan samarali foy- dalanishni, pul oqimlarini, investitsiyalar, va imdan foydalanishm, korxona moliyaviy holatini va boshqa shu kabilami tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |