Instrumental tekshirish : Rentgenografiya- tekshirilayotgan obyektni suratga olish orqali tekshirish. Rentgenoskopiya



Download 15,72 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi15,72 Kb.
#677350
Bog'liq
tkk


Mavzu: Bemorlarni instrumental tekshiruvlarga tayyorlash
Instrumental tekshirish :
Rentgenografiya
- tekshirilayotgan obyektni suratga olish orqali tekshirish.
Rentgenoskopiya- tekshirilayotgan obyektni ekran orqali kuzatish.
Tomografiya- tekshirilayotgan obyektni qavatma-qavat chuqurlikda o’rganish usuli.
Bronxografiya- traxeya va bronxlarning ichki yuzasini kontrast modda bilan to’ldirib, rentgenologik tekshirish.
Xoletsistografiya- o’t pufagi va o’t yo’llarini rentgenologik tekshirish.
Endoskopiya- endoskop orqali tekshirish usuli.
Fuksional tekshirish usullari (E.K.G)( Exo.K.G
Bemorni oshqozon-ichak trakti rentgenologik tekshiruviga tayyorlash:
Tekshiruvdan bir kun avval bemor dag’al ovqatlar yemasligi kerak, aks xolda bular tekshiruvga xalaqit beradigan gazlar hosil bo’ladi. Bir avval kechqurun va tekshiruvdan 2 soat oldin ichaklar xukna yordamida tozalanadi.
Rentgenologik tekshiruv kuni surgi dorilar iste’mol qilish mumkin emas, chunki ular qorinni dam qiladi.
Kuchqurun uxlashdan va ertalab nonushtadan oldin tozalash tozalash xuknasi qo’llaniladi.
Ichak tekshirishdan 1 soat oldin yel haydaydigan naycha qo’llaniladi.
Yo’g’on ichakka xukna yordamida Bariy aralashmasi yuboriladi.
Ingichka ichakni tekshirish uchun BaSO₄ aralashmasini tekshiruvdan 6-8 soat oldini ichgan maqul
Xolisistografiya:
Tekshiruvdan oldin 3 kun davomida meteorizm chaqiruvchi maxsulotlar iste’mol qilinmaydi. Tekshiruv uchun tana massasining har bir 20 kilogramiga 1 gramm hisobidan 0.5 gramdan har 5 daqiqada yarim soat davomida shirin choy bilan preparat qabul qilinadi. Kontrast modda jigarga tushib, o’t bilan ajraladi va o’t qopida yig’iladi. Uning maksimal konsentratsiyasi preparat qabul qilingandan 15-17 soat o’tgach kuzatiladi. Agar tekshiruv muolaja ertalab soat 9-10 ga belgilangan bo’lsa, preparat tekshirishdan 1 kun oldin kechki soat 17-19 larda ichiladi. Yod saqlovchi rentgenokontrast preparatlar ko’ngil aynishi , ich surishi kabi noxush holatlarni keltiri chiqarish ehtimolini esda tutish kerak.
O’t qopining harakat fuksiyasini tekshirish uchun bemorga o’t haydovchi nonushta, 2 ta tuxum sarig’i yoki 20 gr sorit 100-150 ml suvga qo’shi beriladi. Har 15 daqiqada 3-4 marta R-da tekshiriladi.
Ekskretor urografiya:
Siydik tizimini rentgenologik tekshirish uchun yodli kontrast moddalar: Sergozin, Urografin, Verognost va boshq. Qo’llaniladi.
Kontrast moddalar sitoskop va kateter orqali siydik yo’llariga yoki venaga yuboriladi. Bemorlarda ushbu dori vositalaridan allergiya kelib chiqishini hisobga olib ular asta-sekin (5-7 min.) yuboriladi. Venaga yuborilgan kontrast modda buyraklar orqali tezda chiqib ketadi. Kontrast modda yuborilgandan so’ng 10,20,30,45 va 60 daqiqa o’tgach, qilingan tasvirlarda buyrak jomlari, siydik yo’llari va qovuqning umumiy ko’rinishi ifodalanadi.
Yodga ortiqcha sezuvchanlik bo’lganda, buyrakning po’st qavati shikastlanadigan kasalliklarda (nefrit, nifroz), silning faol turi, og’ir jigar xastaliklarida, Bazedov kasalligida, yurak yetishmovchiligida yod kontrast moddalarni yuborishga ruxsat etilmaydi.
Kontrast moddaga sezgirlikni tekshirish uchun, venaga 1-2 kun (juda sekin) 1 ml Verografin yuboriladi.
Endoskopik tekshiruvlar:
Endoskopik tekshiruvlar faqat tashxisiy jixatdan emas balki davo usuli sifatida ham qo’llanilib, u yordamida bronx, qizilo’ngach , meda va 12 barmoq ichak, siydik chiqarish a’zolari kasallilariga davo qilinadi.
Endoskopik tekshiruv turlari:
Ezofagoskopiya-
qizilo’ngachning ilk rivojlanish bosqchidagi o’smalarini o’z vaqtida aniqlash, undagi yot jismlarni tashxis qilish uchun qizilo’ngach shilliq pardasini ko’zdan kechirish. Ezofagoskopiya yana davolash maqsadida ham ishlatiladi.
Gastroskopiya:
Meda shilliq pardasining xavfsiz, xavfli o’smalari, meda yaralarini aniqlash, biopsiya qilish va poliplarni chiqarish uchun ko’zdan kechirishdir.
Duodenoskopiya:
12 barmoq ichak shilliq pardasini ko’zdan kechirish, shu ichakdagi yaralarni tashxis qilish va ularni davolash usulidir.
Ultratovush tekshiruviga bemorni tayyorlash:
Ichak qovuzlog’ida havo ultrtovush tekshiruviga halaqit bermasligiga ishonch hosil qilish uchun, qorin bo’shlig’ini ultratovush tekshiruviga tayyorgarligi amalga oshiriladi.
Tekshruvdan 3 kun oldin ichakda gaz hosil bo’lishini kamaytiradigan parxezga amal qilish kerak. Qorin bo’shlig’i organlari ultrtovush tekshiruvini ertalab ( och qoringa) va soat 15 dan keyin ham amalga oshirish mumkin. Agar tekshiruv soat 15 dan keyin o’tkazilsa, bemor ertalab soat 8-11 gacha nonushta qilishi mumkin, shundan so’ng ovqat va suv iste’mol qilinmaydi.Xom sabzavot va mevalar, dukkakli (no’xat, loviya), non va kekslar, sut va sut maxsulotlari, yog’li baliq va go’sht, shirinliklar, kuchli qahva va sharbatlar, gazli ichimliklar, spirtli ichimliklar isle’mol qilish mukin emas.
Download 15,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish