Institutsional iqtisodiyot


-расм. Институционал оқимларни классификацияси (Россия ва б. мамлакатлар)



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#199012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-мавзу маруза

1.3-расм. Институционал оқимларни классификацияси (Россия ва б. мамлакатлар) 


 

individlarda  bitim to‘g‘risidagi barcha axborot mavjud;   



  ayirboshlash  chegaralari  kamayib  boruvchi  foydalilik  tamoyili 

asosida  hamda  resurslarning  dastlabki  taqsimlanishidan  kelib  chiqib, 

belgilanadi. 



“Eski” 

institutsional 

maktab: 

T.Veblen, 

J.R.Kommons, 

U.Mitchellar,  Y.Shumpeter,  J.K.Gelbreyt,  F.Nayt,  K.Polani,  K.Ayres, 

G.Myurdal. 

“Yangi”  institutsional  maktab:  R.Kouz,  D.Nort,  O.Uilyamson, 

R.Pozner, M.Olson, F.Xayek. 



 

2.  Institutsional iqtisodiyotning metodologik asoslari va vazifalari   

 

Hozirgi vaqtda neoinstitutsional yondashuvdan nafaqat iqtisodchilar 



va 

sotsiologlar, 

balki 

yuristlar 



va 

siyosatshunoslar 

ham 

foydalanmoqdalar. Bu ko‘proq ham jahon xo‘jalik tizimini, ham alohida 



olingan milliy iqtisodiyotni tadqiq etishga taalluqli, chunki fundamental 

tahlilni,  xoh  u  iqtisodiy  nazariya,  siyosatshunoslik,  sotsiologiya,  huquq 

bo‘lsin, bir fan doirasida olib borib bo‘lmaydi. 

Hozirgi  bosqichda  iqtisodiy  imperializm



1

  iqtisodiy  fanning  deyarli 

barcha  oqimlariga  xos,  biroq  neoinstitutsionalizmda  u  yaqqol  namoyon 

bo‘ladi,  bu  boshqa  metodologik  asoslardan  voz  kechmagan  va 

neoklassikaning ―qat‘iy negizi‖ni o‘zgartirmagan holda jamiyat haqidagi 

boshqa  fanlar  –  psixologiya,  sotsiolgiya,  siyosatshunoslik  fanlarining 

ishlanmalaridan  foydalanish  imkonini  beradi.  Bu  hol  tahlil  sohasini 

sezilarli darajada kengaytirib, uni boyitadi va aniqlikka yaqinlashtiradi. 

Neoinstitutsionalizm  ikkita  umumiy  asosdan  kelib  chiqadi, 

birinchidan,  ijtimoiy  institutlar  ahamiyatga  ega,  ikkinchidan,  ular 

neoklassik  nazariya  vositalari  yordamida  tadqiq  etiladi.  Ushbu  ikki 

tomonlama xususiyat neoinstitutsionalizmni ―eski‖  institutsionalizm va 

neoklassik nazariyadan ajratib turadi. 

Individlar  va  institutlarning  o‘zaro  bog‘liqligini  tahlil  etishda 

boshlang‘ich  nuqtaga  nisbatan  ikkita  tamoyil  mavjud.  Birinchi 

tamoyilda  institutlar  individlarning  manfaatlari  hamda    xatti-harakatlari 

orqali tushuntiriladi va metodologik individualizm deb nomlanadi. Ya‘ni 

individ  institutlarni  tahlil  qilishda  boshlang‘ich  nuqta  hisoblanadi. 

Masalan,  davlatni  tavsiflashda  uning  fuqarolarining  manfaatlari  va 

o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib  chiqiladi.  Metodologik  individualizm 

                                                           

1

Neoklassikyondashuvningasosidajamiyatto‘g‘risidagifanlarningbutuntarqoqsanalariniumumlashtiri



sh (unifikatsiyalash) yotadi. 


tamoyilining  davomi  ichki  sabab  natijasida  vujudga  kelgan  evolyutsiya 

kontseptsiyasidir.  Ushbu  kontseptsiyaga  ko‘ra,  institutlar  insonlarning 

harakatlari natijasida  paydo bo‘ladi degan taxmin ilgari suriladi. Ya‘ni 

individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi o‘rin tutishi to‘g‘risidagi  

taxmin neoklassiklar qarashlarida o‘z aksini topgan. 

Aksincha, tahlil uchun boshlang‘ich nuqta sifatida individlar emas, 

balki institutlar belgilanishi ikkinchi tamoyilga asos  bo‘ladi. SHu tariqa 

ikkinchi  tamoyilda  xolizm  metodologiyasidan  foydalaniladi.  Boshqacha 

aytganda,  individlar  institutlarning  ta‘rifidan  kelib  chiqib  tavsiflanadi. 

Institutlar  esa,  makrodarajada  munosabatlar  tizimini  takror  ishlab 

chiqarishda bajaruvchi vazifalar orqali izohlanadi.  

Endi fuqarolar o‘z hukumatini emas, balki hukumat ma‘lum xildagi 

fuqarolarning  shakllanishiga  ko‘maklashadi.  So‘ngra,  ichki  sabab 

natijasida  vujudga  kelgan  evolyutsiya  kontseptsiyasiga  institutsional 



determinizm g‘oyasi qarshi turadi va u muhim barqarorlashtiruvchi omil 

hisoblanadi.  Institutlar  –  o‘tmishda  sodir  bo‘lgan  «jarayonlar  natijasi» 

bo‘lib,  ular  o‘tmish  holatlariga  moslashgan  va  shuning  uchun  ijtimoiy 

mo‘rtlik,  ruhiy  omil  hisoblanadi  va  barcha  keyingi  rivojlanish 

«doiralarini» belgilab beradi.  

Shunday  qilib,  xolizmda  individlarning  manfaatlari  va  xatti-

harakatlari  ularning  o‘zaro  hamkorigini  oldindan  belgilab  beruvchi 

institutlarning  tavsifi  orqali  izohlanadi.  Ya‘ni  bunda  institutlar 

birlamchi,  individlar  esa,  ikkilamchi  o‘rin  tutadi.  Shu  nuqtai  nazardan 

individlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklar va uni ta‘minlovchi institutlar 

(tuzilmalar)  institutsional  iqtisodiyot  nazariyasining  predmeti  bo‘lib 

hisoblanadi. 

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish