II bob. Gossipol smolasidan qurilish bitumini olish texnologiyasini yaratish
asoslari.
2.1. Tajriba uskunalari va jihozlari.
Gossipol
smolasidan
hozirgacha
doimiy
ravishda
bitum
ishlab
chiqarilmayotganligi sababli u uchun maxsus texnologik qurilma mavjud emas.
Shu sababdan neft bitumini ishlab chiqaradigan uskunalarni qayta jihozlab o’simlik
gudronidan bitum hosil qilish uskunalarini tayyorlash mumkin. Neft qoldiqlaridan
bitum ishlab chiqarish uskunalaridan biri MBU – markali uskuna bo’lib, uskuna
orqali quyidagi maqsadlar uchun ishlatilinadigan bitum olish mumkin:
1) Yo’llarni qoplash uchun ishlatilinadigan bitum;
2) Turli qoplamalar olish uchun ishlatilinadigan bitum;
3) Qurilish maqsadlarida ishlatilinadigan bitum;
4) Izolyatsiyalovchi bitum;
5) Bitumli mastikalar ishlab chiqarish uchun ketadigan bitumlar.
Asosan bitumlar uch xil usul bilan olinadi:
1) Vakum orqali haydashdan foydalanib bitum olish mumkin. Bu usullarda
qoldiqdan hosil qilgan bitumlar olinadi;
2) Neft maxsulotlarini yuqori temperaturada oksidlash orqali bitum olish
mumkin. Bu usul bilan oksidlangan bitum olinadi;
3) Kompaund bitumlar. Bu usul bilan yuqorida ikki usul bilan olingan
bitumlar har xil darajada aralashtirilib olinadi.
Sifatli maxsulotlar olish uchun albatta xom ashyoni sifatiga katta e’tibor
berish kerak. Neft maxsulotlaridan bitum olish uchun mini uskunalar mavjud
bo’lib, ularga biz yuqorida misol keltirgan MBU – markali uskuna misol bo’ladi.
Bu uskuna blok tipida yig’ilgan bo’lib, uzluksiz ravishda ishlaydi. Bu uskuna yo’l
qoplamalari uchun, qurilish va yopuvchi maxsulotlar olish uchun bitum
tayyorlaydi. Yo’l qoplamasi uchun yoki qurilish maqsadida bitum olish uchun
mazut yoki kreking qoldig’ini kollonna shaklida yig’ilgan uskunani ichida havo
haydash orqali bitum olinadi. Bu uskunani texnik ko’rsatgichlari quyidagilar:
5-jadval.
MBU- uskunasining texnik ko’rsatgichlari.
Hom ashyo bo’yicha ishlab chiqarish
quvvati
1-1,7 m
3
/soat
Bug’ sarfi
-7
o
C
To’yingan bug’ temperaturasi
5 - 65
o
C
Qattiq qizdirilgan bug’ning harorati
3 -36
o
C
Hom ashyoni qizdirishning maksimal
temperaturasi
36
o
C
Elektrodivigatellarning umumiy quvvati 50-80 kVt
Mazutni yoqib qizdirish uchun ketgan
sarfi
30-50 kg/soat
Sovutilgan suvni qayta ishlash miqdori
20-30 m
3
/soat
1 tonna hom ashyoni qayta ishlash
uchun sariflangan
Elektr energiyasi
To’yingan bug’
Mazut
25-35 kVt
200-400 kg
25-40 kg
Aparatdagi bosim, MPa dan katta emas
0,07 MPa
Uskunani rejimga chiqish vaqti
24-48 soat
Bitum ishlab chiqarish uchun ishlatilinadigan MBU-1 uskunasiga
o’zgartirishlar kiritib gossipol smolasda bitum hosil qilish uskunasini labaratoriya
variantini yaratdik va biz olgan natijalar shu uskunadan foydalanib hosil qilingan
5
bitumlardan olingan natijalardir. Gossipol smolasodan bitum hosil qilish uchun
davriy ravishda ishlaydigan uskunaning blok chizmasi quyida keltirilgan.
Gossipol smolasi
omborxonasi
Nasos
Kalsiy oksid
omborxonasi
Tarozi
Elakdan o’tkazish
Reaktor
Quritush
- 5
o
C
Maydalash
Laboratoriya
tekshiruvi
Tayyor maxsulotni
qadoqlash
Omborxonada
saqlash
Iste’molchilarga
yetgazish
Tarozi
6
Biz tomondan yaratilgan uskuna silindr shaklidagi hajmi 1,5 litr idishdan iborat
bo’lib, elektr yordamida isitiladi. Idishni (reaktor) teppa tomoni qopqoq bilan
yopilgan bo’lib, kerak paytda ochilishi mumkin. Qopqoqda termometr o’rnatish,
aralashtirgich o’rnatish va kerak paytda kalsiy oksidni solish uchun teshik va
darchalar ochilgan. Zaharli gazlarni chiqib ketishi uchun dud burunlar qilingan. Bu
uskuna davriy ravishda ishlagani uchun qopqoq ochilib gossipol smolasidan
500 ml solinadi. Idish reaktor vazifasini bajaradi. Idishga gossipol smolasi
solingandan so’ng isitgich yoqiladi. Temperatura 60- 7
o
C ga borganda gossipol
smolasining qovushqoqligi pasayib oquvchan holatga keladi. Shu vaqtda
aralashtirgich ishga tushiriladi. Temperatura 90
o
C ga borganda reaktordagi massa
qaynay boshlaydi. Bu gossipol smolasi tarkibidagi suvning bug’lanib chiqib
ketayotganidan dalolat beradi. Bir necha minut davomida qaynashdan keyin suv
bug’lanib ketgandan so’ng maydalangan kalsiy oksidini reaktor ichiga solamiz.
Aralashtirishni davom ettirgan holda temperaturani oshirib bitum hosil bo’lishini
reaktor ichidagi massadan olib va uni sovitib nazorat qilish orqali kuzatib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |