6
1.3. Bitum asosida tayyorlanadigan materiallar.
1.3.1. Bitumli mastikalar.
Bitumni yuqori disperslikka ega bo’lgan to’ldiruvchilar va maxsus
qo’shimchalar qo’shib bitumli mastikalar olinadi. Bu mastika tarkibiga erituvchilar
ham kirishi mumkin. Mastika kleydan shu bilan farq qiladi-ki, uning tarkibida juda
ham ko’p miqdorda to’ldiruvchi bo’lib, yuqori yopishqoqlikka ega.
To’ldiruvchilar mastika tarkibiga chang shaklida (ohak, dolomit, bor, talk,
trepel, gips, sement va boshqalar) kiritiladi yoki tola holatida (shlakli paxta, shisha
tola oqshoqlari, torf ushoqlari, asbest) aralashtiriladi. To’ldiruvchilar bog’lovchi
materiallarni sarfini kamaytirib, mastikani issiqlikka chidamligi va qattiqligini
oshiradi. Tolali to’ldiruvchilar esa materialni mustahkamligini oshirib,
cho’ziluvchanligi va qayishqoqligini oshiradi.
Neft bitumi asosida tayyorlangan mastikalar ishlatilishiga qarab ―issiq‖ yoki
―sovuq‖ holda bo’lishi mumkin.
Issiq bitumli mastikalar 160-
o
C gacha qizdirib, eritilgan holda ishlatiladi.
Issiq holda ishlatiladigan mastika tarkibida to’ldiruvchilar quyidagi miqdorda
bo’ladi: changsimon 5-30 %, tolasimon 10- 5 %, aralashgan holatda bo’lsa %
dan kam emas. Mastikani tayyorlash maxsus qozonlarda doimo aralashtirib turib
pishiriladi. Bitum eritmasi 160- 8
o
C ga yetganda unga asta sekinlik bilan bo’lak-
bo’lak qilib to’ldiruvchi oldindan yaxshilab quritilgan va
o
C gacha qizdirilgan
holda qo’shiladi. So’ngra suyuqlikni bir xil massa hosil bo’lguncha va ko’piklar
pasayib o’tirguncha pishiriladi. Issiq holda ishlatiladigan mastikalarning markalari
quyidagilar: MBK-G-55, MBK-G-65, MBK-G-75, MBK-G-85, MBK-G- .
Suyuq holda ishlatiladigan mastikalar bog’lovchi moddalarni suyultirish
orqali (organik erituvchilar) yoki emulgirlangan bitumlar asosida tayyorlanadi.
Sovuq holda ishlatiladigan bitumli mastikalar tayyorlash uchun qiyin eruvchan
bitum yoki bitum qorishmasini to’ldiruvchilar bilan aralashtirib (to’ldiruvchi
sifatida kukunlashtirilgan ohak, asbest ishlatiladi) solyarka moyida yoki kerosinda
eritiladi. Sovuq holatda ishlatiladigan mastika tayyorlash uchun bitum yaxshilab
eritiladi va suvsizlantirilinadi. Suvsizlantirish bitumni 160- 8
o
C gacha qizdirish
7
orqali amalgam oshiriladi. Bitum butunlay erib ketgandan so’ng pishirish qozoniga
alohida – alohida qilib ma’lum miqdorlarda oldindan tayyorlab qo’ygan
to’ldiruvchi va solyarka moyi quyiladi. Doimo aralashtirib turib bir xil massa hosil
qilinadi va ko’pigi o’tirishi kutiladi. Ma’lum vaqt pishirilgandan so’ng sovitiladi
va idishlarga quyiladi. Sovuq holda ishlatiladigan mastikalar germetik yopiladigan
idishlarda saqlanadi va toshiladi.
Emulgirlangan bitum asosida tayyorlangan, sovuq holda ishlatiladigan
mastika tayyorlash bitumli emulsiyani yoki pastani mineral to’ldiruvchilar bilan
aralashtirish orqali tayyorlanadi. Bunday mastikalar uchun erituvchi vazifasini suv
bajaradi. Bunday mastikalarni olish bitum maqteriallarining suvda kolloid
eritmalar hosil qilish prinsipiga asoslangan ya’ni, emulsiya hosil bo’ladi. Buning
uchun emulgatorlar ishlatiladi. Emulogatorlar sirt faol moddalar bo’lib, bitum suv
chegarasidagi sirt tarangligini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: