Instituti oʻzbek adabiyoti кафедраси badiiy tahlil асослари fanidan m a ‘ ruza larmatni nukus, ndpi



Download 373,5 Kb.
bet3/15
Sana16.04.2022
Hajmi373,5 Kb.
#556074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1.1. Маъруза АСОСИЙ

Tayanch tushunchalar: Badiiy tahlil, tahlil turlari, tahlilni turlarga ajratish sabablari, tahlilning yetakchi belgilari, ilmiy tahlil, oʻquv tahlili, talqin va tahlil.

Badiiy tahlil tushunchasi koʻp asrlar mobaynida oʻz ta’rifiga ega boʻlmay keldi. Tahlilga dastlabki ta’rif Ovrupo adabiyotshunosligida XIX asr ikkinchi yarmidan berila boshlandi. Lekin Botishda badiiy tahlilni interpretatsiya (talqin) tarzida tushunishga moyillik kuchli edi. Bunday yondashuv badiiy asarlardan koʻproq ijtimoiy ma’no qidirishga olib kelardi.


Adabiyotshunoslik ilmida hozirga qadar badiiy tahlil nima, u qanday maqsadlarni koʻzda tutgan holda amalga oshirilishi kerak degan savolga qat’iy javob berilgani yoʻq. Garchi, Botish filologlari tomonidan "Xermenevtika", "Interpretatsiya" nomlari bilan katta-katta bir qator kitoblar chop etilgan boʻlsa-da, tushunchaga aniq ta’rif berilgan emas. Har bir olim badiiy asar tahlilini oʻzicha izohlaydi. Metodist olim B.Bobilev "Milliy oliy oʻquv yurtlarida badiiy matnni filologik tahlillashning nazariy asoslari" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida badiiy tahlilning maqsadini shunday tushuntiradi: "Badiiy matnning filologik tahlilidan asosiy maqsad muallif obrazini idrok etishdir, unga yetishishdir. Ayni shu holat badiiy matnni filologik tahlil qilishning asosiga qoʻyilishi lozim". Mazkur qarash koʻp jihatdan, tahlilga oid xususiyatlarni qamrab olgan. Darhaqiqat, kitobxon yoki tadqiqotchining muallifga yetishishi, uning tajallisiga aylanishi adabiy asarni butun serqirraligi bilan anglab yetganligini bildiradi. Badiiy asarni muallif darajasida idrok etish san’at namunasiga xos deyarli barcha jihatlarni xis etish, asar zamiridagi mantiqiy va badiiy ma’noni toʻliq anglash imkonini beradi.
Adabiyotshunoslik uchun muallif darajasiga yetib, uning holatiga tushib tahlil qilish badiiy asarni tushunishning oliy bosqichidir. Ayni vaqtda, badiiy adabiyot namunalari orasida muallif istagidan tashqari ma’nolarni tashiydigan, uning muljalidan koʻra ogirrok ijtimoiy-estetik "yuk"ni zimmasiga olgan, muallifning oʻzi kutmagan yoki bilmagan holda badiiy kashfiyotlarga aylangan koʻplab asarlar borligiga adabiyot tarixi guvoh. Chunki muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan oʻquvchi tomonidan idrok etilgan badiiy manzara hamisha ham bir xil boʻlavermaydi. Ba’zan oʻquvchi adib mutlaqo koʻzda tutmagan, xayoliga keltirmagan, hatto muallifning qarashlariga zid, ammo oʻquvchi toʻgʻri deb hisoblaydigan badiiy xulosaga kelinishi ham mumkin. Chunki hayotiy vaziyatning oʻzgarishi, ijtimoiy voqelikdagi yangicha holat ba’zan ijodkorning oddiy izhori dilidan chuqur ijtimoiy ma’no keltirib chiqaradi. Haqiqiy badiiy asarning umri uzun va u faqat yaratilgan dam uchungina mansub boʻla olmaydi. Taniqli rus psixologi L.S.Vigotskiyning: "San’atni koʻproq darajada kechikkan munosabat deyish mumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan ta’sir koʻrsata boshlashi oʻrtasida hamisha ozdir-koʻpdir zamoniy oraliq boʻladi", – degan fikri bunga dalil boʻla oladi.
Zamoniy oraliq oʻquvchiga adabiy asardan oʻzi yashayotgan zamonga muvofiq xulosa chiqarish, asarning badiiy tizimidan ham davriga mos zavq ola bilish imkonini beradi. Usmon Nosirning faxriya xarakteridagi iqrori shoir shaxsga sigʻinish qurboni boʻlib ketganidan soʻng mutlaqo oʻzgacha ma’no kasb etdi, san’atkorni bashoratchi maqomiga koʻtardi:
Ilhomimning vaqti yoʻq, selday keladi,
Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi.
Ayondir bir kuni aylaydi xarob...
satrlari bitilgan fursatda shoir oʻzining qatagon qurboni boʻlishini xayoliga ham keltirmaganligi ayon. Shuning uchun ham bu satrlar Usmon Nosir uchun oʻzgacha ma’noga ega boʻlgan, ammo bugungi oʻquvchi uchun tamomila boʻlakcha mazmun tashiyajagi tushunarli. Shoir Mirtemirning "Betobligimda" she’ridagi:
Majnuntol tagiga oʻtkazing meni,
Men uchun yiglasin, men yigʻlab boʻldim."
misralari, aslida, bemor san’atkorning tushkun ruhiy holati ifodasi boʻlgan. Bugungi oʻquvchilarning tushunchalari tufayli, mustamlaka zanjirlaridan qutulgan zamondoshlarimizning dunyoqarashlari, didlari sababli esa adolatsiz zamondan norozi isyonkorning nolasi darajasiga koʻtarilgan.
Badiiy ijod tarixida yuqoridagilardan ham ta’sirliroq misollarni juda koʻp keltirish mumkin. Bu holat koʻrsatadiki, adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish, muallifning jilvasiga aylanish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga unchalik ham mos kelmas, badiiy asar tahlili mohiyatini toʻligʻicha idrok qilish imkonini bermas ekan. Tanishgan badiiy asardan xulosa chiqarish, uni tadqiq qilish tahlil etuvchining saviyasi, didi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va boshqa bir qator omillarga bogʻliq ekanligi ma’lum haqiqatdir. Rauf Parfi va unga izdosh boʻlgan ijodkorlarning asarlari aksariyat oʻzbek tanqidchilari tomonidan mutlaqo bir-biriga zid tarzda tahlil etib kelinganligi, ularning har biri shoirlarning badiiy niyati, san’atkorlik mahoratini oʻzicha anglaganligi ham shuni koʻrsatadi.
Badiiy tahlilni asarning estetik unsurlarini qidiradigan faoliyat deb qaraydigan mutaxassislar xam bor. Chunonchi, G.N.Taranosova nazarida: "... tahlil adabiy asarni toʻgʻridan-toʻgʻri va joʻn tushunish oʻrniga fikran ma’noli qism va unsurlarga boʻlib qabul etishni koʻzda tutadigan ilmiy faoliyatdir". Bu xilda fikrlaydigan mutaxassislarning qarashlarida asosli oʻrinlar juda koʻp. Darhaqiqat, badiiy tahlilgina adabiy asarni joʻn, toʻpori qabul etishdan, uni hayot hodisasi bilan aralashtirib yuborishdan, "qahramonlarning keyingi taqdiri nima boʻladi, falonchi pistonchiga uylandimi?", "Falon asarlarning qahramonlari hozir nima qilishmoqda?" singari asarning badiiy oʻziga xosligini, estetik hodisa ekanini yoʻqqa chiqaruvchi qarashlardan qutqaradi. Lekin masalaning boshqa tomoni bor: har qanday asl badiiy asar yaxlit poetik butunlik hisoblanadi va mazkur yaxlitlikka daxl qilish uning josibasini, sehrini yoʻqqa chiqarishi aniq. G.Taranosova ham asar tahlilining birinchi tamoyili unga yaxlit hodisa sifatida yondashish ekanligini ta’kidlaydi. Lekin olimaning adabiy tahlil mohiyatini tushuntiruvchi fikrida badiiy asarni "qismlar" va "unsurlar"ga ajratib oʻrganish asosiy tadbir hisoblanadiki, bu hol amaliyotda uning qarashlariga zid keladi.
Yurtdoshlarimiz J.Azizov va G. Usovalarining qalamiga mansub "Adabiy tahlil nazariyasi va amaliyoti" risolasida "... tahlil adabiy asarning badiiy matniga singishish maqsad qilib qoʻyilgan ilmiy izohdir" tarzida ta’rif beriladi. Badiiy tahlilning asl mantigʻini aks ettirish jihatidan J.Azizov hamda G.Usovalarning qarashlari haqiqatga yaqinroq. Chindanda, "muallif obraziga yetishish" ham, "adabiy asarni fikran qism va unsurlarga ajratish" ham oʻz holicha badiiy tahlil mohiyatini aks ettira olmaydi. Balki ular badiiy mantiqni kashf etish, unga yetishish yoʻlidagi bosqichlardir. Biroq yurtdosh olimlar juftligiga mansub mazkur xulosada ham, bizning nazarimizda, kichik bir yoqlamalik borday. Chunonchi, unda hayotiy mantiqqa yetishish zarurligi koʻzda tutilmaydi. Toʻgʻri, badiiy adabiyot uchun estetik mantiq birlamchi ahamiyat kasb etadi, ammo bu holat asarlardan kelib chiqadigan hayotiy mantiqning muhimligini aslo inkor etmaydi. Shuning uchun ham badiiy tahlil tushunchasini xarakterlashda badiiy va hayotiy mantiq tushunchalari yonma-yon qoʻyilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, badiiy asar tahlili tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantigi hamda estetik jozibasini anglashga yoʻnaltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy tahlilga ana shu tariqa ta’rif berilganda, hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olinadi deyish mumkin. Aslida "tahlil" atamasi arabcha boʻlib, "halollash", "eritib yuborish", "murakkab butunni qismlarga ajratish" ma’nolarini anglatadi. Ya’ni, tahlil deyilganda, badiiy matnning ma’nosi va jozibasining halollab berilishi, oʻquvchiga begona boʻlgan matnni eritib, uning shuuriga joylashga qaratilgan faoliyat koʻzda tutiladi. San’at asaridan kelib chiqadigan hayotiy ma’noni topish, estetik unsurlarni kashf etish, oʻrganilayotgan asarning boshqa asarlardan farqini aniqlash, muayyan millat yoki insoniyat estetik tafakkurini rivojlantirishga qoʻshgan hissasini koʻrsatish gʻoyat muhim. Ayni vaqtda, badiiy zavq manbayi nimada ekanini, kitobxonni muayyan asardan ta’sirlanishga olib kelgan badiiy omillar, koʻrkam soʻzning mantiqiy tushunchalar doirasiga sigʻmaydigan jozibasi qayerdan kelib chiqayotganini aniqlash ham oʻta ahamiyatlidir.
Badiiy tahlil shakliga koʻra ikki turga boʻlinadi:
1) ogzaki;

Download 373,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish