Instituti oʻzbek adabiyoti кафедраси badiiy tahlil асослари fanidan m a ‘ ruza larmatni nukus, ndpi



Download 373,5 Kb.
bet8/15
Sana16.04.2022
Hajmi373,5 Kb.
#556074
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1.1. Маъруза АСОСИЙ

Tayanch tushunchalar: ilmiy tahlil, ilmiy tahlil maqsadi, ilmiy tahlilning vazifalari, yozuvchi, oʻquvchi, matn munosabatlari xarakteri, davr va tahlil, tahlil va milliy mentalitet.

Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada turadi. Filologik (ilmiy) tahlilga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bu xil tahlilning maqsadini belgilash zarurdir.


Ilmiy tahlilning maqsadi oʻrganilayotgan asarning hayotiy va badiiy mantigʻi hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir.
Tahlilning bu turi oldida tekshirilayotgan asarning haqiqiy badiiy qimmatini aniqlash, uning millat badiiy hayotidagi asl oʻrnini tayin etish, muayyan asarning millat badiiiy tafakkuriga qoʻshgan yangiligini xolis aniqlab berish, uning jamiyat a’zolari ijtimoiy ongiga ta’sirini belgilash, asarning milliy estetik tafakkur taraqqiyotidagi oʻrni va inson ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ochish kabi vazifalar turadi.
Ilmiy (filologik) tahlilda tahlil bajarilayotgan zamon va makon hamda tahlilning adresatiga xos xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan holda ish koʻriladi. Ya’ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda, kimlarningdir didi-yu, badiiy imkoniyatlariga moslab amalga oshirish zaruriyati boʻlmaydi. Shuningdek, ilmiy tahlilda bajaruvchi boʻlajak oʻquvchilarining yoshi va intellektual hozirlik darajalarining qandayligiga deyarli e’tibor qaratmaydilar. Chunki ilmiy tahlilda tadqiq qilinayotgan badiiy matn va u haqdagi xulosalarni qabul qiluvchi kishilar yo umuman tasavvur etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda ham "koʻzda tutilgan" oʻquvchi gʻoyat mavhum qiyofaga ega boʻladi. Filologik tahlilda faqat tahlilning teranligi, xulosalarning asosli ekanligi hamda tekshirilayotgan badiiy asarning imkon qadar koʻproq qirralari qamrab olinishi va unga xos xususiyatlarni iloji boricha toʻlaroq ochishga diqqat qilinadi.
Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor boʻlgan bir oltin qoida borki, unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk koʻchaga kiritadi. Bu oltin qoida shundan iboratki, oʻrganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi qandayligidan qat’iy nazar uning mazmunini soʻzlab berish mumkin emas.
Har qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga koʻriladi: yozuvchi, oʻquvchi, matn. San’at asari bilan oʻquvchi oʻrtasidagi toʻsiq bartaraf qilinganda, uning estetik jozibasi anglab yetilgandagina, u ma’naviy faktorga aylanadi, shaxsning mulki boʻlib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yoʻlda oʻquvchiga matnni toʻliq anglamaslik holati jiddiy toʻsiq boʻlib turadi. Uni bartaraf qilish uchun filolog mutaxassisning ilmiy tahlili zarur boʻladi. Shuning uchun ham filolog ilmiy tahlil jarayonida mushtariylari yuragida badiiy matnga daxldorlik hissini tugʻdirishga erishishi lozim.
Filologik tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining hajmi qandayligi haqida qaygʻurmay, koʻnglidagi tuygʻularni, miyasidagi fikrlarni moddiylashtirishga intilgani ma’qul. Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi, rejada tekshirilayotgan badiiy asarning qaysi jihatlariga qanday yondashmoqchi ekanligini belgilab qoʻygani ma’qul. Shunda u tuygʻu va fikrining yetovida qolib ketmaydi, balki qarashlar va hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat qildira oladi.
Ilmiy tahlilning saviyasi koʻp jihatdan tahlilchining iqtidori, xolisligi, ilmiy jasorati, hodisa ortidagi qonuniyatni koʻra bilish salohiyatiga ega ekanligiga bogʻliq boʻladi. Filologik tahlilda mutaxassis jasoratli boʻlmasa, asarning saviyasiga emas, balki muallifning ijtimoiy mavqeyiga qarab ilmiy xulosa berishi mumkin. Yoki hukmron qarashlar, rahbar qatlamlarning tazyiqi hamda roʻyxushligiga asoslangan holda ish koʻrish xavfi ham boʻladiki, bunday holda ilmiy tahlilning ahamiyati shubhali boʻladi. Shuning uchun xam filologik tahlilda badiiy matnga muqaddas va daxlsiz, davrning oʻtkinchi injiqliklaridan xoli fenomen tarzida yondashilsa, asarning hayotiy va badiiy mantigʻi hamda estetik jozibasi namoyon boʻlishi mumkin. O.Sharafiddinovning "Choʻlponni anglash", U.Normatovning "Oʻtkan kunlar" hayrati", "Abdulla Qahhorni anglash mashaqqatlari" singari tahliliy asarlari shu xildagi yondashuv mevalaridir. Filologik tahlilda tahlilchi fikrlarining izchil, anglashimli, xolis, ayni vaqtda, bir qadar ehtirosli yoʻsinda bayon etilishiga erishishi lozim. Chunki hissiyotga yoʻgʻrilgan badiiy matn haqida sovuq tilda fikrlash oʻrinli boʻlmaydi. Shu oʻrinda ilmiy tahlilni amalga oshirish boʻyicha misol keltirish foydalidir. Biz Oʻzbekiston xalq shoiri Tura Sulaymon she’rlarining ilmiy tahlilini namuna sifatida keltiramiz:
"Dunyoning buyuk adiblaridan biri Ernest Xemingueyda shunday gap bor: "Yozuvchi boʻlish uchun iste’dod bilan baxtsiz bolalik kifoya qiladi". Shu ma’noda Tura Sulaymon yozuvchilikka xar jihatdan munosib, hech mini yuk kishidir. Goʻzal Baxmal toglari kuynidagi Aldashmon kishlogida tugilgan boʻlajak shoirning armonlarga tula bolaligi shoʻrolar tuzumining avji katagon davriga toʻgʻri keldi. Otasini yot unsur sifatida kamatishib, uylaridagi kurpa-tushakkacha inqilobiy xukumatga utkazishdi. Kulokning bolalarini esa, xar yul bilan turtqilab, kamsitishga urinishdi. Bu mash’um voqea tufayli xayolparast va ta’sirchan Tura sinikibrok, uychanrok boʻlib usdi. Bu holat uning xotirasida chukur iz koldirdi va butun yozganlarida ana shu siniklik, kungli yarimlik nuksi sezilib turadi. She’rlarining birida shoir:
Otamning alamli pok siynasida
Ushalib ushalmay
Qolgan armonman,
– deb yozganida bolalikning ana shu achchiq iztiroblarini kuzda tutgandi. Otasi kamokdan chiqkach, 1939 yilda Turalar oilasi Mirzachulning "Malik" deb atalmish xujaligiga kuchib kelishdi. Shu tarika u togda dunyoga kelib, chulda dunyo taniy boshladi. Bolalikda oilaning boshiga tushgan shurishlar yosh Turani juda erta ulgaytirdi. Unda uzgalarni anglash, birovning dardini xis qilish sifatlari tengdoshlaridan oldinrok shakllandi va bir umrga koldi. Tiynatidagi ayni shu sifatlar she’riyatga oshno qildi. Chunki u olamga, odamlarga, dunyoning shevalariga shunchaki bir tomoshabin sifatida qaray olmasdi. U kup ukirdi, butun-butun dostonlarni yod bilardi. Bolaligidanok nimalarnidir aytgisi kelayotganini, boshqalarga ta’sir etmagan narsadan xayajonga tushib, terga botganini kuzatardi. Lekin uzoq vaqt yozganini birovga koʻrsatmay yurdi. Birinchi she’ri e’lon qilinganida yigirma olti yoshda edi. Usha vaqtlar yozgan bir she’rida u uzini she’riyat dunyosida umid bilan yulga chiqkan karvonga uxshatadi:
Men xam umid bilan safarga chiqib,
Uzoq manzillarga kuz tikkan jonman,
Birda Sirday toshib, birda tutokib,
Katta yulga chiqkan
Kichiq karvonman.
She’r – iste’dod mahsuli, koʻngil mulki. Olamni shoirona idrok etolmaydigan, uning boshqalarga noma’lum jihatlarini koʻra olmaydigan kishi shoir boʻlolmaydi. Ukib shoir boʻlish mumkin emas. U -qismat. Shoir boʻlmaslikning uddasidan chiqa olmaydiganlar qismati. Shoir hamisha nimadandir norozi, nimadandir xayajonda. Olamni boridan goʻzalrok, odamlarni hozirgisidan komilrok kurish istagi shoirni doim bezovta qiladi. Shu bois u tinimsiz tulganadi, izlanadi:
Suvlar xam tinidi sunboʻla kelib,
Tinib-tinchimagan bu kunglim, xayxot.
Na bahor, na yozdan, na tukin kuzdan
Hecham konikmadi, bu kunglim, xayxot!
Shoir bir umr uzini izlab, uzini tekshirib, uzini kashf qilmokka intilib yashaydi. T.Sulaymon - ana shunday izlanishning uzoq yulini malollanmay bosib kelayotgan ijodkor. U xar ne topsa, uzidan topishi mumkinligini biladi. U qalbini tuxtovsiz taftish qiladi. Chunki izlagani tashqarida emas, uzining yuragida. Uz yuragini anglamagan odam uzgani tushunolmaydi. Uzgani tushunolmagan kimsa, Xak bilan sirlasholmaydi. Xak bilan sirlashishning eng bexato yuli unga begaraz muxabbatdir, uni adoksiz sevishdir. Tura Sulaymon she’riyati - ishk haqidagi bitikdir. U muxabbat tufayli kalam tutdi, muxabbatni kuygʻa soldi va xanuz sevgi iztiroblarini aytib ado qilolmaydi:
Men seni suydim, Korakuz,
Suydim, suydirolmadim.
Ishkingda kuydim, Korakuz,
Kuydim, kuydirolmadim.
Shunday holatga chinakamiga tushgan odam she’r yozmay, shoir boʻlmay iloji yuk. Shoir hamisha dard bilan yashaydi. Bir she’rida: "Dardsiz yashamoklik-dardmandlik asli", deb bejiz aytmagan. Olamda qanchaiki asl shoir bor hammasi dardmand. Ular goʻzallikning, ezgulikning dardi bilan ogrigan bemorlar. Barcha chinakam asarlar gamning mevalari ularok dunyoga kelgan. Asrimizning buyuk ijodkorlaridan biri:
"Shoir diliga qilma xavas but esa bagring,
Shoir yuragin doimo vayron yozajakman",
– deya nola qilganida, ikkinchi bir buyuk shoir:
"Dilu jon urtanar, dil orom istar,
Ilxomning pichogi sanchilar butkul",- deb ozorlanganida xak edilar. Bilasizki, Odamning loyini korishga suv boʻlsin deb yogdirilgan kirk kunlik yomgʻirning uttiz tukkiz kuni gam, bir kuni shodlik yomgʻiri edi. Navoiy hazratlari:
"Koʻngilda gam yukligi uzi gamdur,
Alam yukligi asru alamdir",-deganlarida barcha ijodkorlarning koʻngillaridagini urtaga tashlagandilar. Shundan boʻlsa kerak, Tura Sulaymon alamangiz she’rlarni kup yozadi. Shunday she’rlari oʻquvchilar qalbini toʻliqrok egallaydi, xotiralarida hamishalikka koladi:
Izlay-izlay xorib boʻldim, sensiz yolgʻiz garib boʻldim,
Endi bosgan izlaringni turt tomondan topolmasman.
Yukotganlarining topilmasligini, ketganlarining kaytmasligini bilgan kishining adoksiz armonlari ifodasiga qarang:
Giyoh bilan koʻplanmish koʻhna qabr boshlari,
Maysadagi shudringlar – kimlarning koʻz yoshlari?
Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari,
Bahor, ketma, mening bogʻimdan.
Adolatning toptalganini koʻrgandagi koʻngil rozlari xam gamli oxang boʻlib misralarga kuyiladi:
Bemavrid xeshlarimning kuzlarida yosh kursam,
Bir mard bilan nopokning yulini tutash kursam,
Qaysi bir begunohni keng yulda adash kursam,
Bir betayin kimsaning oyogida bosh kursam...
Kunglimda armon yotar terskaydagi kor misol.
Insonning sunggi makoni haqida uygʻa tolgan shoir qismat oldidagi uz ojizligidan iztirob chekmokda boʻlgan kishi ruhiyati tovlanishlarini andux bilan oʻziga xos yoʻsinda tasvirlaydi:
Bu maskan kopkasizdir, bu kurgon xokonsizdir,
Borish boru kelish yuk, bu gusha omonsizdir.
T.Sulaymon she’rda ruhiyatning ta’sirchan manzarasinigina emas, ijtimoiy yuk, salmokli insonparvarlik missiyasi boʻlishini istaydi. Shu bois uning nazarida she’r bir koʻngilning rozigina emas, balki xar qanday odamning kimligini aniqlaydigan mezon, ma’naviyatini tayin etadigan ulchovdir:
Ulan bilmas er asta ayniy boshlar,
Kaydan bilsin ulanni bagri toshlar.
Tura Sulaymon she’riyati ta’sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan yombi va zalvorli fikrlar she’riyatidir. Paygambarimizning: "Soʻzda sehr bor, she’rda xikmat" degan xadislaridagi ikki jihatni xam shoir uz ijodida namoyon qilishga tirishadi. Ruhiyatning tushuntirish mushkul boʻlgan qatlamlarini tadqiq etish, hissiyotdagi eng murakkab jarayonlarni bor chigalliklari bilan tasvirlashga e’tibor uta kuchaygan bir sharoitda T.Sulaymon gʻoyat miqyosli, kamrovli fikrlarni, goʻzal badiiy topildiklarni sodda yoʻsinda, chigallashtirmay, murakkablashtirmay tasvirlash yulidan boriyapti. Koʻpincha, she’riyatdagi soddalik junlikka olib boradi. T.Sulaymon ijodida esa, soddalik teranlikka xizmat qilgan.
Asl ijod buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay turib, xali birorta tuzukrok she’r yozolgan emas. Muvozanatdan, ya’ni risoladagi odamlarda boʻladigan ruhiy holatdan chiqish xar bir ijodkorda uzgacha kechadi. Lekin deyarli barcha ijodkorlarning xam qalbi yalongoch, ximoyasiz, ruy bergan hodisaki bor unga ta’sir kupsatmay kolmaydi. Bir haqiqat ayonki, ijodkor bir umr uz bolaligini tasvirlash bilan band boʻladi. Kishlokda nari borsa, un yetti yoshigacha yashagan adiblar bir umr shu xakda yozishadi. Negaki, ijodiy holat kay bir darajada bolalikdir. Adiblar xar doim xam shoir yoki yozuvchi emaslar. Ular faqat ijod qilayotganlarida, ilxomning yulduzli onlaridagina adiblardir. Qolgan vaqtlarda hammamizday odamlar. Shuning uchun xam Tura Sulaymonovning:
Telbanamo edim yoshlikda
Telbalikning xali aksi bor misralarini faqat xazilkashlik yoki kamtarlikning ifodasi emas, balki ilxomiy holatning suvrati deyish mumkin. Oʻziga shaxsan daxldor boʻlmagan narsadan kuchli ta’sirlanish, kattik xursand boʻlish yoki qaygʻurish, shu holatini kogozga kuchirmaslikning ilojini topolmaslik ruzgoriy mezonlar bilan ulchanganda telbalikning uzginasi. Lekin shoir maishiy ulchovlar bilan emas, jahoniy miqyoslar bilan ish koʻradi, ma’naviy tarozilar bilan tortadi.
Shoir devonafe’l boʻlganligi, darveshvash yashaganligi uchun axloqiy va xukukiy koliplarga kupda rioya qilavermaydigan zot boʻlganligi uchun xam bizning nazarimizda ancha erkin hayot kechiradiganga uxshab kurinadi. Chukurrok uylab qaralsa, uning erki kulning erkidan cheklanganrok boʻlsa borki, ortik emas. Nega? Chunki shoir ijodidan erkin boʻlolmaydi. Aslan ijod erkinligi tushunchasi ijodkorning erkinligini emas, aynan ijodning erkinligini anglatadi. Shoir uz tuygʻulariga, hissiyotiga xujayin boʻlolmaydi. Hissiyotini boshqara olgan odam ijodkor emas. U ilxomiga xam biylik qilolmaydi. Bil’aks shoir uz ilxomining kulidir. Unda faqat junbushga boʻlgan tuygʻuni, kuyilib kelayotgan fikrni goʻzal shaklda ifodalay olish erki bor xolos. Ilxomni zurlab boʻlmaydi. Talantli shoirlar istalgan vaqtda emas, koʻngillari tusagandagina she’r ukiy oladilar. Bundayrok shoirlarga iltimos qildingiz, bas ukiyverishadi. Negaki, birinchi toifadagilar chinakam iste’dod soxiblari va ular ilxom bilan ish koʻradilar. Keyingilar esa ijrochilar, ularga tomoshabin boʻlsa bas. Shu bois ilxomni zurlab boʻlmaydi. Zurlangan ilxom chala nasl beradi. Shu sabab Tura Sulaymon butun tuygʻuga, butun yurakka egaligi haqida faxr bilan yozadi:
Menga butun koʻngil kerak, kun kerak,
Menga tutash yulduz tula tun kerak.
Men yortilab muxabbatni olmayman,
Men yorti dust xonasida kolmayman.
U chala suymaydi, chala yashamaydi, chala dovlashmaydi, chala yovlashmaydi, chala dustlashmaydi. Uz soʻziga, uz tuygʻusiga ega boʻlganligidan gururlanadi. Tuygʻular uziniki boʻlgani bois "yukumli". Birovdan tuygʻu olib, birovning ovozi bilan kuylab, birovning soʻzila tasvirlab, e’tirof kozonish mumkin emas. Shoir shuning uchun: "Uzga sozni chalgulik qilma" deya iltijo etadi. T.Sulaymon butun ijodiy umri mobaynida uz sozini chalishga urinib kelmokda. Quyidagi misralarga e’tibor bering. Uchdan biri shoir boʻlgan biznikiday yurtda xam boshqa birovnikiga uxshatib boʻladimi ularni?
Bu olamda Oy tanxo, muborak Kuyosh tanxo,
Buy kizlarning ichida bir shu egma kosh tanxo,
Uningdek hech kim menga boʻlmasa sirdosh tanxo,
Gurugli sulton bir yon, Tura Sulaymon bir yon.
Yoki mana bu tashbex boshqa biror shoirni esga soladimi:
Osmon urtasinda nozlanadir oy.
Bu misralar kishini beixtiyor shoir tasavvuriga mos ruhiy holatga tushiradi. Soʻzning kudrati shuda! Tura Sulaymon soʻzning jilosini teran xis etadi. Soʻzning xotirasidan kutarilgan xalqona oxangdor shakllarini, unut boʻlayozgan qadimiy ma’nolarini topadi. Shoir soʻz izlamaydi, balki holatga nom kidiradi. Uning tuygʻulari-xalqona. Binobarin, ifoda xam shunga mos. Holatga yarashikli soʻz topa bilish shoir uchun saodat. "Tulganoy" dostonida: "Uni chechan demakim ta’biri yarashmasa..." deydi shoir va uzi imkon boricha yarashikli ta’bir topishga, ta’sirli tasvir qilishga urinadi.
Har qanday ijodkorning asl kiyofasini uning tili belgilaydi. Shu ma’noda Tura Sulaymon tamomila oʻziga xos shoirdir. Toʻgʻri, u xam boshqalar foydalanib yoʻrgan soʻzlarni ishlatadi. Lekin u bu soʻzlarni kitobdan olmaydi. Kitobdan olingan soʻz obrazlarga yopishmaydi. Badiiy matnda xam begonaligi bilinib turadi. T.Sulaymon soʻzga ayricha bir erkinlik bilan yondashadi. U xar qanday asov soʻzni xam yuvvosh torttiradi. Soʻzni ruhga buysindira biladi. Uzi soʻzning emas, ruhning stixiyasi yetovida yuradi. Oddiygina soʻzdan faqat Tura Sulaymonga xos tasvir uslubini vujudga keltira oladi. Quyidagi tasvirlarga e’tibor qiling:
Kukda soʻzgan boʻlut momikdan xam ok,
Koshkiydi boshlansa yomgʻir yogalok.
Bulutni paxtaga oʻxshatish kimlardan kolmagan, lekin momikka uxshatilish uslubni uzgartirgan. She’rning oxangi mirtemirona edi. Ammo ustoz boʻlutni "paga", "ok" deya sifatlardi. Chulda, paxta orasida ulgaygan T.Sulaymon uning momikka oʻxshashligini koʻra bildi. "Soginish" she’rida: "Yaylovlarda maysa kimtir kuy-kuzi" tarzidagi tasvirda "kimtir" bagʻoyat oʻrnida ishlatilgan, bu soʻzdagi ma’no nozikligini hammayam ilgayvermaydi. Hodisalarni "turachasi"ga kurish namunasi: "Toglar tushi yorishdi, demak tong otayotir". Kuyosh haqida bir soʻz demay, uni koʻrsatish mumkin ekan. gʻoyat mavxum, moddiylashtirib boʻlmaydigan holatni aniq tasvirlay olish mahorati namoyon boʻlgan tasvir: "Kelinlarning labida Busaning isi koldi".
Shoir she’rlarida hissiyotini izohlamaydi. Uni shunday bir ifoda bilan beradiki, shu ifoda katida ruhiy holatni tugdirgan sababga munosabat xam yashiringan boʻladi: "Kunglimda armon yotar terskaydagi kor misol,-" deydi bir she’rida. Kuyoshga ters tarafdagi kor uzoq vaqt erimay, kirlanib yotganiday, lirik qahramon kunglidagi armon erib ketadigan emas, ushandok boʻlsa, unga shoirning munosabati tayin, albatta, va u uz-uzidan she’rxonga xam yukadi.
Tura Sulaymon badiiy tajribalar utkazishga uch emas. U qachonlardir paydo boʻlgan tajribalardan ustalik bilan foydalanadi. Eski shaklning yangicha talqinlarini topa biladi. Shoir soʻzning birlamchi ma’nolariga murojaat etishni xush koʻradi: "buy kiz" deydi buygʻa yetgan kiz haqida, "buzalam" deydi biz chimzor deb yoʻrgan tushunchani, "uzangidosh" deb ataydi xup oʻzbeki qilib, xup ta’sirchan qilib, dust, tengdosh, jura, safdosh singari bir qancha soʻzlarni isrof qilib xam toʻliq ifodalab boʻlmaydigan yana bir tushunchani. Tilimizda hamisha boʻlgan, endilikda ayrim keksalargina kullayotgan xushyor ma’nosidagi "sok" soʻzi joyida ishlatilgani bois ifodaviylikni necha barobar oshirib yuboradi. Tura Sulaymon soʻzga avaylab, kizganib yondashadi. Ularning bemavrid yukolishiga yul kuymaslikka urinadi. "Tulganoy" dostonida "turlab sadrga tushganda" degan jumla bor. Toglik kipchoklarda hayotdan yosh ketgan yigitning kiyimlarini ot ustiga tashlab, ot bilan sadr tushish odati boʻlgan. Yuqoridagi jumladan ana shu holat ifodasini topgan. Besh yashar otning yilkichilar tilida "tulan" ekanini hamma xam bilavermaydi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, u bu xildagi soʻzlarni, ma’lumotlarni shunchaki ekzotika uchun, etnografik dalil sifatida emas, juda urinli va tabiiy tasvir vositasi tarzida ishlatadi.
T.Sulaymonovning soʻzga alohida bir ehtiyotkorlik bilan yondashuvi, ehtiromi, fikrlarini hikmat yoʻsinda ifodalaganida yaqqolroq koʻrinadi. Shoir asarlari sinchiklab koʻrib chiqilsa, T.Sulaymon tomonidan bir qator maqol-u hikmatlar yaratilganiga guvoh boʻlish mumkin. Jumladan: "Sutsiz sigir suzogʻon kelar", "Toqatliga togʻlar egar boshini", "Quvib-mangulik, Qochib ulgan-kumgulik" va h.k.
El orasida: "yuzdan yugurik, mingdan tulpor" degan gap bor. Millatimizaro keng tarqalgan oʻnlab qoʻshiqlarning, oʻz oʻquvchilariga ega boʻlgan oʻn toʻqqiz kitobning muallifi Toʻra Sulaymonov oʻzbek badiiy tafakkurining kamyob siymolaridan biri. U hamon qizgin ijodiy faoliyat bilan band. "Oʻlmaslikka ishora ulanga oshikligim",- deya umidlangan shoirga ijodiy omadlar yor boʻladi".

Download 373,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish