4-jadval.
ATB Agrobank kredit portfelining tarmoq xususiyati (foizda)28
Kreditlarning tarmoq tarkibi
|
2012
|
2013
|
2014
|
Sanoat
|
30,4
|
27,2
|
33
|
Qishloq xo'jaligi
|
43,4
|
47,6
|
37
|
Transport va kommunikatsiya
|
0,5
|
0,3
|
1
|
Qurilish
|
0,5
|
0,2
|
1
|
Savdo
|
5,5
|
4,1
|
3
|
Moddiy-texnika ta'minoti
|
11,4
|
12,2
|
9
|
Uy-joy kommunal xo'jaligi
|
0
|
0
|
0
|
Boshqa tarmoqlar
|
8,3
|
8,4
|
16
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, ATB “Agrobank” kredit portfelida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va korxonalariga berilgan kreditlarning salmog‘i yuqori bo‘lib, 2014 yilning yakunida 37 foizni tashkil etgan va 2013-yilga nisbatan 10,6 foizga pasaygan. Shuningdek sanoatga yo’naltirilgan kreditlarning ulushi 33 foizni tashki etgan va 2013-yilga nisbatan 5,8 foizga
o’sgan. Bu esa, Agrobank kredit portfelining diversifikatsiya darajasi talabga javob bermasligidan dalolat beradi. Buning sababi shundaki, xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan me’yoriy talabiga ko‘ra, tijorat bankining kredit portfelida bitta tarmoq korxonalariga berilgan kreditlarning salmog‘i 25 foizdan oshib ketmasligi kerak.
Shuningdek, jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Agrobank tomonidan moddiy-texnika ta’minotiga berilgan kreditlar ham sezilarli darajada yuqori salmoqni egallagan va 9 foizni tashkil qilgan. Garchi moddiy-texnika ta’minoti alohida tarmoq hisoblansa-da, lekin u bevosita agrar sohada faoliyat ko‘rsatuvchi sub’yektlarning moddiy texnika ta’minoti bilan bog‘liq. Shu sababli, agrar sohadagi sub’yektlarning moliyaviy ahvolini yomonlashishi bevosita moddiy- texnika ta’minoti korxonalarining moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi.
Ma’lumki, agrar sohada ishlab chiqarish mavsumiy tusda bo‘lib, ob-havoni yomon kelishi oqibatida chamalangan hosil olinmasligi mumkin. Natijada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning pul oqimi keskin kamayadi va uning oqibatida mazkur korxonalar tomonidan olingan bank kreditlarining muddatida qaytmasligi yuz beradi.
7-rasm. Kredit portfeli tarkibi yillar kesimida (foizda)29
Yuqoridagi rasmdan shuni ko’rishimiz mumkinki, ATB Agrobank tomonidan berilgan jami kreditlar tarkibidagi sanoat tarmoqlariga ajratilgan kreditlar ulushi 25-35 foiz oralig’ida, qishloq xo’jaligiga ajratilgan kreditlar 35-50 foiz oralig’ida, moddiy-texnika ta’minotiga ajratilgan kreditlar esa 10 foiz atrofida tebranmoqda.
ATB Agrobank tomonidan ajratilgan kreditlar ortishi o’z navbatida bankning o’z mijozlari oldida likvidliligini ta’minlashni taqozo etadi. Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish nuqtai- nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash ularning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish imkonini beradi. Ma’lumki, bank tomonidan o‘z aktivlari va passivlarining maqbul strukturasini shakllantirgan holda, likvidlilik tavakkalchiligini boshqarish tizimini takomillashtirishni ta’minlash orqali moliyaviy holatining barqarorligiga erishiladi.
Xususan, mazkur tavakkalchilik Markaziy bankning tegishli iqtisodiy me’yorlari bajarilishi, yuqori likvidli aktivlarning yetarli darajada saqlash hamda kundalik to‘lov pozitsiyasi ustidan nazorat o‘rnatish orqali boshqarib kelinmoqda.
Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali ATB Agrobankning 2015-yil 1-yanvar
holatigacha bo’lgan davr mobaynida joriy likvidliligiga baho beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |