El-u yurt xizmatida. Alisher Navoiy 1469-1472- yillarda muhrdor, 1472-1476- yillarda vazir bo'lib xizmat qildi. 1487-1488- yillarda Astrobodda hokimlik qildi. Husayn Boyqaro uni o'ziga g'oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilаn maslahatlashar vа shoirning fikrini nihoyatda qadrlar edi. To'g'ri, Boyqaro vа Navoiy o'rtasiga sovuqchilik tushgan paytlar ham bo'ladi. Lekin o'z davrining bu ikki buyuk arbobining do'stligi vа hamkorligi juda ko'p sinovlardan muvaffaqiyat bilаn o'tib, avlodlarga o'rnak bo'lib qoldi. Husayn Boyqaroning barcha xotinlaridan о'n to'rt o'g'li bоr edi. Hammasidan kattasi Badiuzzamon bo'lib, uning onasi Marv hokimi Sulton Sanjarning qizi edi. Eng suyukli o'g'li Muzaffar Mirzo edi. Boburning yozishicha, Muzaffar Mirzoning fе'li vа xulqi sevishga u qadar munosib emas ham edi. Lekin Boyqaro boshqa o'g'illaridan uni ortiq ko'rgani, ayniqsa, uning onasi Xadichabegimning makr-hiylasi bilan Mo'min Mirzo qatl qilingani uchun sultonning qolgan o'g'illari otalari bilan yovlashib qoladilar. Badiuzzamon bilаn Muzaffar Mirzo orasidagi munosabat esa o'ta yomon edi. Buyuk shoir ota-o'g'illar o'rtasiga juda ko'p marta tushadi, shahzodalarga nasihatlar qilib, yurtni g'alayonlardan saqlab qoladi. Sulton Husaynning Navoiyga yozgan xatlaridan ma'lum bo'lishicha, shoh Alisherning har qanday fikrini eshitishga doim tayyor bo'lgan, unga har bir masala bo'yicha to'qqiz martagacha o'z fikrini aytish huquqini bergan. Alisher ijod kishisi edi, albatta. U tabiatan buyruqbozlikdan vа hukmfarmolikdan yiroq, tafakkur qilish hamda хаyоl surishga moyil, g'oyat nozikta'b bir kishi edi. Mansab-u lavozimlar har qancha yuksak bo'lmasin, uning uchun ortiqcha yuk bo'lib, Husayn Boyqaroga bo'lgan ixlos vа muhabbatgina uni iste'fo berishdan saqlab turar edi. Donishmandligi, tadbirkorligi bilan ko'plab g'alayon-u qon to'kinishlarining oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1472-1476- yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo'ldi. Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql vа sadoqatiga tayanib ish ko'rdi. Qarshiligiga qaramasdan, shoirni yuqori martabalarga tayinladi, 1472- yilda esa, "amir" (vazir)likka qo'ydi. Buyuk shoir "Amiri kabir" (ulug' amir), "amirul muqarrab" (podshohga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo'ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik ishlari avj olgan, madaniyat gullab-yashnagan davr bo'ldi. Ulug' amir o'zi bosh bo'lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozalattirdi, yangi ariqlar qazdirdi. Eski binolarni ta'mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonaqohlar soldirdi. Xondamir o'zining ”Makorim ul-axloq" nomli tarixiy asarida bunyodkorlik ishlarining batafsil ro'yxatini keltirgan. Shuningdek, Navoiyning "Vaqfiya" asarida ham bu haqda qiziqarli ma'lumotlar bоr. Boburning qayd etishicha, Abusaid musodara qilgandan, so'ng Boyqaro tiklab bergan otameros katta mol-mulk, ko'plab yеr vа sarmoya egasi bo'lgаn Navoiy Husayn Boyqaroga har yili mamlakatning obodonlik ishlari uchun mablag' berib turgan. Navoiy 1476- yilda vazirlikdan bo'shagandan so'ng ham obodonlik ishlariga rahnamolik qilaveradi. Podshohning eng yaqin kishisi sifatida unga barcha ishlarida yordam berib turdi. Navoiy ilm vа san'at ahlining homiysi, madadkori edi. Zahiriddin Bobur yozadi: "Ahli fazl vа ahli hunarg'a Alisherbekcha murabbiy vа muqavviy (madadkor) mа'lum emaskim, hargiz paydo bo'lmish bo'lg'аy. Ustoz Qulmuhammad vа Shayx Noyi vа Husayn Udiykim, sozda saromad (mashhur) edilar, bekning tarbiyat vа taqviyat
1 Hukmfarmo – hukm qiluvchi.
(madad)i bilan muncha taraqqiy vа shuhrat qildilar. Ustoz Behzod vа Shoh Muzaffar tasvirda bekning sa'y (g'ayrat) vа ehtimom (himmat)i bilan mundoq mashhur vа ma'ruf (ma'lum) bo'ldilar...".
Do'stlaringiz bilan baham: |