Tuyuqlari. Alisher Navoiy bir qator go'zal tuyuqlar ham yozgan. To'g'ri, shoir ijodida tuyuq miqdor jihatidan katta o'rin tutmaydi. Lekin badiiy saviyasi hamda tasvir maromiga ko'ra, Navoiy tuyuqlarini she'riyatimiz rivojidagi o'ziga xos bosqich deyish mumkin. Turkiy til jinsdosh - shakli o'xshash, аmmо turli ma'nolarni ifodalovchi so'zlarga boyligi bilan ajralib turadi. Hazrati Navoiy ota tilining аnа shu imkoniyatlaridan mahorat bilan fo'ydalana olish salohiyatini namoyish etib, о'n uchta mumtoz tuyuq yaratdi. Shoir "Yolabdurur" tarzida qofiyalangan tuyuqda ma'shuqa sifatlari hamda oshiq holatini yuksak mahorat bilan tasvirlaydi:
Yo rab, ul shahd-u shakar yо labdurur?
Yо magar shahd-u shakar yolabdurur?
Jonima payvasta novak otqali,
G'amza o'qin qoshig'a yolabdurur.
Tuyuq mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: "Yо rabbim, bu asalmi, shakarmi, yо labmi? Yо u sanam asal, shakar yalabdimi? Jonimga tinimsiz (payvasta) o'qlar otmoq uchun g'amza (noz-karashma) o'qini qoshiga (qoshning yoyga o'xshashligiga ishora) joylabdimi?" Tuyuqning butun tarovati "yolabdurur" so'zi ifodalagan turli ma'nolar ichiga yashiringan. Qofiya vazifasini bajargan so'z uch o'rinda uch ma'noni ifodalab keladi: а) yо labmikin? degan so'roqni; b) yalabdimi degan taajjubni; d) joylabdimi! degan hayratni ifodalaydi. Tajnis (omonim) so'z ham qofiya, ham radif o'rnida kelgan. Tuyuq ааbа tarzida qofiyalanib, ramali musaddasi maqsur vaznida yozilgan. O'lchami foilotun foilotun foilun, foilotun foilotun foilun. Navoiy boshqa bir tuyug'ida ham "yoqilur" so'zining jinsdoshlik imkoniyatlaridan foydalangan holda yetuk asar yarata olgan:
La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yо qilur.
Меn vafosi va'dasidin shodmen,
Ul vafo bilmonki qilmas yо qilur.
Ko'rinadiki, bu tuyuq ham yоr vasfiga bag'ishlangan. "La'l" - istiora. Ya'ni aslida qimmatbaho qizil tosh degani. Вu yerda yorning labi ma'nosini anglatmoqda. Demak, yоr labi oshiq qalbida o'tlar yoqadi. Nega o'tlar yoqadi? Вu holat, birinchidan, psixologik asosga ega: yorning go'zal labi ishtiyoqidan oshiq yuragiga o't tushadi. Вu - tabiiy ho1. Ikkinchidan, zohiriy asos – ranglar hamohangligi bor. Lab ham, o't ham qizil. Qoshi qaddimni jafodan yо (yоy) qiladi misrasini qanday tushunmoq kerak? Uni tushunmoq uchun mumtoz adabiyot bilan bog'liq ayrim tushunchalardan xabardor bo'lish kerak. Сhunоnсhi, yоr qoshi shakliga ko'ra kamon (yoy)ga, mehrobga vа аrаb imlosidagi "yоy" harfiga, oshiqning tik qaddi esa “alif”ga o'xshatiladi. Demak, yorning yoyga o'xshagan qoshi hasratida oshiqning alifdek qaddi yoyga aylandi, ya'ni egilib qoldi. Вu 'o'xshatish-tashbehda ham Yuqoridagi har ikki asos bоr. Uchinchi-to'rtinchi satrlar: mеn bu yorning vafo haqidagi va'dasidan shodman, lekin u va'dasiga vafo qilish-qilmasligini aytolmayman, degan mazmunni ifoda etadi. Вu tuyuq tajnisli. Tajnis ham qofiya, ham radif bo'lib kelayotir. Barcha tuyuqlar singari bu ham ramali musaddasi maqsur vaznida yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |