5-MAVZU Vatan oldidagi buch va masuliyat Xalq boyligi
Reja
Vatan oldidagi burch.
Ma’rifatlilik tinchlik- asosi
Moddiy va nomoddiy ne’matlar.Jamoat mulki
Tadbirkor sharbat ishlab chiqaradi. U mas’uliyatni his qilgan holda odamlarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, sara mahsulotlardan foydalanadi. Insonlar sog‘lig‘ini o‘ylab barcha sanitariya gigiyena va boshqa tartibqoidalarga rioya qiladi. Yaroqlilik muddatini ham qo‘yadi. To‘g‘ri, bu vazifalarini nazorat qilib turadigan davlat tashkilotlari ham bor, ammo tadbirkor o‘zining jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilgan holda o‘z ishiga sidqidildan, vijdonan yondashadi.
Fuqaro mas’uliyati deganda jamiyatning axloqiy talablarini kundalik faoliyatida qo‘llay bilish, ularga rioya etish yoki etmaslik tushuniladi. Bu tushuncha fuqarolar huquq va majburiyatlarining o‘zaro uyg‘unligini ifodalaydi. Inson o‘z burchini anglagani sari uning zimmasida mas’uliyat hissi ortib boradi. Qachonki inson oilasi oldidagi burchni anglab yetsa, u jamiyat oldida mas’ulligini tushunadi. Qachon inson jamiyat oldidagi burchini anglasa, unda shaxsiy daxldorlik hissi paydo bo‘ladi. Fuqaro daxldorligi — birorbir faoliyatga, jarayonga aloqadorlik, sheriklikdir. Har bir fuqaro Vatan taqdiriga shaxsiy daxldorlik tuyg‘usi bilan yashasa, uning jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati ham kuchayib boradi.
BILIB OLING
Qayerdaki fuqarolar jamiyat oldidagi mas’uliyat va burchni his qilar ekanlar, o‘sha joyda daxldorlik va faol fuqarolik pozitsiyasi kuchli bo‘ladi.
Shuning uchun daxldorlik va mas’uliyatni kundalik faoliyatiga aylantirgan inson haqiqiy ma’naviyatli inson hisoblanadi. Otabobolarimizdan qolgan boy moddiy va ma’naviy merosni asrabavaylab kelgusi avlodlarga yetkazish uchun shu yurtda yashovchi har bir fuqaro mas’uldir. Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasining oshirilishi, davlat va jamiyatning har tomonlama hamda jadal rivojlanishida har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyati va daxldorligi yotadi.
BILIB OLING
Odamzod qayerda tug‘ilgan bo‘lsa, shu joyga nisbatan sadoqat, sulolasiga munosiblik tuyg‘usi, akauka, opasingillariga mehroqibat ramzi ruhida yashashi kerak.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekistonda 20172021yillarga mo‘ljallangan Mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida beshta ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Bular:
— Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
— Qonun ustuvorligini ta’minlash va sudhuquq tizimini yanada isloh qilish;
— Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
— Ijtimoiy sohani rivojlantirish
; — Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish kabi masalalarni qamrab olgan.
Dars sabog‘i. Idrok eting! Dunyo faqat tog‘utosh lar, qiru dalalar, bepoyon cho‘lu sahrolardan tashkil topib, uning buyuk ijodkori odamzod yaratilmaganida, olam bunchalar go‘zal, hayot bunchalar zavqli bo‘lmas edi. Shunday ekan, biz yashayotgan kurrai zaminning yanada taraqqiy etib, gullabyashnashi faqat o‘zimizga, har birimizning o‘z maqomimizdagi bunyodkorlik ishlarimizga bevosita bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |