Insonning jamiyatdagi o’rni reja


-MAVZU .Fuqorolik masuliyati va daxldor



Download 142,02 Kb.
bet4/29
Sana13.06.2022
Hajmi142,02 Kb.
#663392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
1-mavzu Jamiyat. Insonning jamiyatdagi o’rni Reja

4-MAVZU .Fuqorolik masuliyati va daxldor

Reja

  1. Fuqarolik ma’suliyati.

  2. Fuqarolik jamiyatining faol a’zosi sifatida biz nimaga daxldor bo‘lishimiz kerak.

Inson (arabcha — unutmoq) — olamdagi boshqa biologik mavjudotlardan ajralib turadigan muhim xususiyatlarga, ya’ni aql, ma’naviyat, madaniyat, axloq, tafakkur, til va boshqa jihatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy mavjudotdir. Insonning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy fazilatlari bu — uning axloq­odobi, ta’lim­tarbiyasi, yurtiga nisbatan muhabbati, uning tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi shaxsiy javobgarligi hisoblanadi. Inson nasliga xos bo‘lgan xususiyat — uning ongliligi, tafakkur qila olishi, axloqiy normalarni aqlan va jismonan bajara olishidir. Boshqa tirik mavjudotlardan hech biri insondek o‘z faoliyatini tartibga sola olmaydi. Darhaqiqat, faqat insongagina ato etilgan bunyodkorlik, yaratuvchanlik fazilatlari uni jamiyat gultojiga aylantiradi. Jamiyat odamlarning o‘zaro munosabatlari, aloqalari, amalga oshiriladigan guruhlar majmuyi va jamoasi hamdir. Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi. Inson jamiyat a’zosi ekan, shu ijtimoiy shart­sharoit muhitida yashaydi. Demak, inson va jamiyat bir­biri bilan uzviy bog‘liq: inson jamiyatdan tashqarida o‘zining haqiqiy mohiyatini yo‘qotadi. Jamiyatdagi munosabatlar qanchalik boy, xilma­xil bo‘lsa, uning ma’naviy­madaniy sifatlari ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Jamiyat asta­sekin taraqqiy etib, fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Insonlarning bu jamiyatda yashashdan maqsadi — farovon turmush kechirishdan iborat. Vatanimizdan yetishib chiqqan qomusiy allomalar Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug‘ mutafakkirlar jamiyatning paydo bo‘lishi, mohiyati va istiqbollari to‘g‘risida ilg‘or ilmiy qarashlarni ilgari surganlar. Xususan, Alisher Navoiy ijodida dunyodagi eng katta boylik hazrati inson deyilgan.


Uning fikricha, butun mavjudot, borliq inson uchun, uning baxt­u saodati uchun xizmat qilishi lozim. Bobokalonimizning ushbu fikrlari hozirda ham dolzarb sanaladi.
Jamiyat — muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va manfaatlariga ko‘ra birlashgan kishilardan iborat jamoa.
O‘zbekistonda jamiyat taraqqiyotining asosiy vazifalaridan biri — bu fuqarolarning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni milliy g‘oya asosida tarbiyalash, xalqimizning madaniy va ma’naviy merosi hamda qadriyatlarini egallashlari uchun zarur shart­sharoitlar yaratish hisoblanadi.
Buzrugmehrdan so‘rabdilar: — Siz bir vaqtlar Sosoniylar davlatining oqil vaziri bo‘lgansiz. Hozir ham sizdan haqiqatgo‘y va dono odamni topib bo‘lmaydi. Aytingchi, Sosoniylar davlati nima sababdan inqirozga uchradi? — Buning sabablari: birinchidan, podshohlar o‘z atrofidan dono va fozil kishilarni uzoqlashtirib, davlat ishlarini besavod va salohiyatsiz odamlarning qo‘liga topshirib qo‘ydilar. Ikkinchidan, podshohlar o‘z farovonliklarini xalq farovonligidan ustun qo‘ydilar. Xalqni o‘ylamadilar, adolatsizliklarni avj oldirdi lar. Buning natijasida xalq podshohni qo‘llamadi, bosh-boshdoq bo‘lgan davlat esa dushman tomonidan osonlik bilan bosib olindi. «Hikmatlar xazinasi»
«Inson o‘z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan munosabatdagina ularni qondira olishi mumkin. Jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiy­huquqiy qonunlar zarur bo‘ladi. Jamoaning barcha a’zolari mehnat bilan shug‘ullanmoqlari zarur». Abu Ali ibn Sino
Fuqarolik jamiyatida inson tafakkuri
Insonning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o‘z­o‘zidan, bo‘sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishiga aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‘ladi. Tafakkur jarayoni faqat insonning ongi bilan emas, balki qalbi va ruhiyati bilan ham uzviy bog‘liqlikda kechadi. Fikrlovchining ichki dunyosi qanchalik boy bo‘lsa, uning fikrlash saviyasi ham, xatti­harakati ham shunga yarasha bo‘ladi. Undagi fikr­mushohada til orqali bayon etiladi, boshqalar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Qomusiy allomalar inson tafakkur qilish orqali ta’lim­tarbiyani rivojlantirishi, o‘zini kamolot sari yetaklashini ta’kidlaganlar. Zero, tafakkur va ma’naviyat o‘zaro bog‘liq hamda bir­birini to‘ldiradi. Abu Nasr Forobiy («Fozil odamlar shahri»), Abu Ali ibn Sino («Tib qonunlari»), G‘azzoliy («Kimyoi saodat»),
MULOHAZA UCHUN
Matndagi boshqaruv muddati, ezgu ishlar, davlatni idora qilish kabi tushunchalarni bugungi kundagi xalq hokimiyatchiligi bilan qanday o‘xshashlik tomonlari bor? «Olis mag‘ribdagi shaharlardan birining aholisi haqida naql qiladilarkim, zodagonlar va yer egalari mazkur shaharni navbatma­navbat boshqarar ekanlar. U yerda o‘lkani idora qilish a’yonlar va yer egalari o‘rtasida navbatma­navbat bir­biriga o‘tib turarmish, kimga navbat kelsa, o‘sha uch oy hukm yuritarmish. Muddat tugashi bilan har qaysi hukmdor o‘z­o‘zidan o‘lkani idora qilish amalidan tushib, minnatdorlik uchun sadaqa beradi va o‘z ahli orasiga qaytadi. U go‘yo kishandan bo‘shagandek xursand bo‘lar va o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lar emish. Bu shuning uchunki, davlatni idora qilish rohatdan mahrum bo‘lish, degan so‘zdir. Bunda u o‘sha joydagi ezuvchilarni eziluvchilarga nisbatan adolatli qilaman, deb tinkasini quritish deganidir. Bu esa o‘zini va qo‘l ostidagilarini himoya qilish uchun tadbir tayyorlash borasida o‘z jonini qiynashdir». Abu Rayhon Beruniy, «Mineralogiya»

Download 142,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish