Ekologik madaniyatning shakllanishi:oila,mahalla,jamiyat
Insonning barkamolligi, madaniyatliligi tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki uning dunyoqarashi, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati bilan belgilanadi.
Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to‘g‘risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urishga
qaratilgan amaliy faoliyatning
yuksak ko‘rsatkichidir
Bugungi kunda ekologik jarayon murakkab kechayotgani uchun u jamiyat a’zolaridan yangicha fikrlashni, dunyoqarashni, axloqiy, madaniy, ma’naviy yetuklikni talab qiladi. Shu bois ekologik ta’lim va tarbiyani insonga singdirmasdan turib, uni ma’naviy yuksak fazilatlarga ega inson deb ayta olmaymiz.
Bunda eng dolzarb vazifa atrof-muhitni, tabiatni asrash, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni bir yaxlitlikda tushunishni shakllantirishdan iborat.
Ona-tabiatni muhofaza qilish, asrab-avaylash, tabiiy boyliklarni e’zozlash, atrof-muhitni toza va pokiza saqlash va mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish insonning davlat, jamiyat va qolaversa, o‘z oldidagi asosiy burch hamda mas’uliyati hisoblanadi. Shu bois yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga va bu sohada xalqimizning boy merosidan keng foydalanishga alohida e’tibor berish lozim. Ajdodlarimiz ekologik muhit buzilishining oldini olishga harakat qilishgan, tabiatga nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishgan, uni ko‘z qorachig‘idek asrashgan. Abu Rayhon Beruniyning «Saydana» asarida o‘simliklarning 1118 turi, shu jumladan, dorivor o‘tlarning 750 turiga hamda hayvonlarning 101 turiga batafsil ta’rif beriladi.
Abu Rayhon Beruniy
Xalqimizning tarixiy-adabiy yodgorligi «Avesto»ga e’tibor beradigan bo‘lsak, ajdodlarimiz atrof-muhitga, ona zaminga nihoyatda ehtiyotda bo‘lib, uni asrab- avaylaganligiga guvoh bo‘lamiz. Hayotning tabiat bilan uyg‘unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog‘liq holda ko‘rsatilgani ko‘p narsani anglatadi. Insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o‘tkazib kelganligi yana bir bor e’tiborimizni tortadi. Orolning ekologik halokatini dunyo miqyosidagi fojia deb atash mumkin.
Bu fojiani mamlakatimiz va qardosh davlatlar yakka holda bartaraf eta olmaydi.
Savol va topshiriqlar: 1. Inson ma’naviyatini shakllantirishga ekologiyaning qanday aloqasi bor? 2. «Ekologik madaniyat» tushunchasiga ta’rif bering. 3. «Ekologiya himoyasi — insoniyat himoyasi», degan fikrni izohlang. 4. Quyidagi rasmlarga qarang. Ekologiya himoyachisi qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |