O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
NUKUS FILIALI
«Kompyuter injiniring» fakulteti
At-Servis ta’lim yo’nalishi
I bosqich talabasi Daminov Shuhratning
Akademik yozuv fanidan
ESSESI
Mavzu: Olisdagi yaqinim
Bajargan: Daminov.Sh
Qabul qilgan: Jaksimova.U
Olisdagi yaqinim
Insonlarga berilgan his-tuyg’ular ichida sog’inch hissi odamni qiynaydi. Inson tug’ilarkn taqdir yo’llari uning yaqinlari, misol uchun do’stlaridan ba’zida yiroq qilib qo’yadi.
Shunday pallada inson qalban yaqinlikni his qiladi. Masofala olisligi muhim emas ko’ngillar yaqinligi ana shunday pallada bilinadi. Bu tuyg’u vatanga, oilaga , ota-onaga, do’stlarga ,yor-u birodarlarga qaratiladi. Har bir insonni o’ziga yaqin bo’lgan do’sti bor.
Menda ham shunday chin do’st bor. U do’stim bilan bog’chaga ham birga borganmiz. Biz bog’chada juda yaqin do’st edik. Birga vaqtimizni juda chog’ utkazardik. Bolalik vaqtimizda uydan uzoqda vaqt o’tkazmaganimiz uchun betashvish, be g’am o’ynar edik.
2009-yil kuzning birinchi kunida ilk marotaba maktabga borganmiz. Maktabda ham juda ko’p do’stlar orttirdim. Bizga ustozlar juda yaxshi dars berar edi. Usha damlarni hozir ham juda-juda sog’inaman.
Do’stim bilan o’tkazgan vaqtim juda qiziqarli va maroqli bo’lgan. Biz ko’pgina tadbirlarda juda faol qatnashar edik.
Yana ko’pgina musobaqalarda faxrli birinchi, ikkinchi o’rinlarni olar edik.
Maktabni tugatdik ya’ni katta hayotga qadam qo’ydik. Endi hamma o’z yo’lida o’z tashvishlari bilan. Ba’zilar ishga qolganlar oliy o’quv yurtlariga kirishdi.
Ishga ketgan olisda musofirlikda yaqinlarini uyidagilarini sog’inadi. Xotira degan muqaddas tushunchaa bor eslaydi, o’ylaydi qachonlardir diydor ko’rishish umidida yashaydi.
Masofalarni pisand qilmas darajada mehr – muhhabat do’stlik, qarindoshlik bor ekan, yaqinlik albatta bor. Olisdagi yaqinim nima qilyotgan ekan deb, tasavvur oynasiga ko’z solamiz.
Biror – bir yaqinimiz bizdan uzoqda bo’lishi shart emas ularni qadrlash uchun. Ularni yonimizda bo’lganda unchalik bu narsani his qilamaymiz, masofa ea bu narsalarni oydinlashtiradi.Yaqnlarni borida qadrlash kerak keyn kech bo’lmasligi uchun.
Biz masofalar orasidagi takidlab o’tdik. Ammo vaqt bo’yichha ham tarixga yuzlanish orqali ham olisdagi yqaqinimizi sog’inamiz. Qachonlardir birga bo’lgan dilga yaqin insonlarimizni olis tarixga nazar solib sog’inamiz.
Insonni insoniyliki ko’rsatuvchi ko’zgulardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Negaki bugung jadallashuv zamonida faqat yonidagi insonni emas, olisdagi bizni qadrlovchi yaqinlarimizni ham qadriga yetshimiz kerak.
Bu gaplardan so’ng shunday xulosaga kelishim mumkin.Menimcha bunday yaqin insonlar odatda har bir ishda bizga tirgak bo’lib, qo’llab quvvatlab turadi Biz barcha yaqinlarimizni, qarindoshlarni, do’stlarni qadriga yitib ularni avaylab asrashimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |