Insoniyatning XXI asrga kirib kelisһi jamiyat xayotining һamma soһalarida axborot texnologiyalarini jadal rivojlanisһi bilan cһambarcһas bog‘liqdir


Buyumlar Interneti (IoT)ga asoslangan aqlli uy texnologiyasi



Download 2,16 Mb.
bet2/14
Sana31.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#255664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bitiruv ishi Word varianti tayyor

1. Buyumlar Interneti (IoT)ga asoslangan aqlli uy texnologiyasi

1.1 Buyumlar Interneti haqida umumiy tushuncha

Insoniyat o‘z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan.


Birinchisi bu - yozuvning kashf etilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi bu - kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bo‘lgan.

Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham o‘z funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yo‘q. Qizig‘i shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qo‘ymoqdamiz. Inson tasavvuri keng lekin har bir narsani inson o‘z tasavvuriga singdirib olishga qiynaladi.Hozir rasm orqali Buyumlar internet haqida tasavvurga ega bo‘lamiz (1.1- rasm).



1.1-rasm Buyumlar internet

Shu sababli ham bu soha «buyumlar interneti» deb nom olgan bo‘lib, axborot texnologiyalari evolyutsiyasi bir kun kelib bu jarayonga kirishishi albatta tabiiy hol edi. Buyumlar Interneti inson va foydalanuvchilarning ko‘p maqsadlarini amalga oshiruvchi, hamda apparat, yoki qurilmalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta‘minlovchi rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buyumlar Internetiga ko‘plab simsiz sensor va datchik tarmoq (Wireless Sensor and Actuator Network, WSAN), radio chastotasini aniqlash (Radio Frequency Identification, RFID) tarmoqlari tarkibiy elementlari sifatida rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi sifatida qarash mumkin. Bu tushuncha haqida dastlab Kevin Ashton tomonidan “buyumlar Interneti” iborasi ishlatilib, qurilmalari Internet orqali ulangan tizimni tasvirlaydi. Internet tarmog‘i, Wi-Fi yoki mobil tarmoqlarni (3G, 4G LTE) keng ko‘lamda foydalanilishi buyumlar Internetini tezkorlik bilan yuksalishiga zamin bo‘lmoqda. Natijada, qurilmalar yoki apparatlarning Internet tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘lanishi, ma’lumotlar almashishi va shu kabi vazifalar salmog‘i yildan-yilga keskin oshib bormoqda. Hozirgi kunda buyumlar Interneti aqlli uylar, shaharlar, sanoat va sog‘likni saqlash sohalarida turli inson tomonidan bajariluvchi vazifalarni avtomatlashtirishda keng qo‘llanilmoqda [3].

Buyumlar Interneti turli xildagi texnologiyalardan tashkil topgan bo‘lib, har bir texnologiyalarning xavfsizlik darajalari turlicha va hozirgi kunda ma’lumotlarni ishonchli almashinuvini ta’minlashda xavfsizlik muammolari tahlil qilish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada buyumlar Interneti arxitekturasi, har bir sathlariga bo‘ladigan hujumlar, xavfsizlik muammolari, ruxsatlarni boshqarish usullari va ularni tahlili keltirilgan hamda bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

«Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining o‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan o‘rtaga tashlangan edi. Unga ko‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vositalarni internet orqali boshqarish imkonini beradi. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, ya’ni, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali o‘zaro «muloqot»qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda.

1990 yilda TCP / IP protokolini yaratuvchilardan biri Jon Romki tosterni tarmoqqa uladi, ya'ni. aslida dunyodagi birinchi Internet narsani yaratdi.

1999 yilda Internet narsalari atamasi taklif qilindi. Kevin Eshton, o'sha paytda Procter & Gamble brend menejerining yordamchisi. Xuddi shu yili ular bilan Devid Brok tomonidan va Sanjay sarma Radiochastotani aniqlash (RFID) va sensor texnologiyasiga yo'naltirilgan Auto-ID Markazini yaratdi, buning natijasida narsalar Interneti tushunchasi keng tarqaldi.

2008-2009 yillarda Cisco Internetga ulangan qurilmalar soni sayyoradagi odamlar sonidan oshib ketganligini ma'lum qildi.



2010 yildan beri narsalar Interneti simsiz tarmoqlar va bulutli texnologiyalar, arzon protsessorlar va sensorlar hamda energiyani tejovchi ma'lumot uzatish texnologiyalarining rivojlanishi tufayli barqaror rivojlanmoqda. Narsalarning Internet texnologiyasi, robototexnika kabi, buzuvchi deb tan olingan, ya'ni. hayotimizni va iqtisodiy jarayonlarimizni o'zgartirish. Dunyo bizning ko'z o'ngimizda o'zgarishni davom ettirmoqda.

Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qo‘yasiz. Ular esa, internet orqali o‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini ko‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qo‘yib yoqib qo‘yadi. Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi. Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Tayinki, ayniqsa ayollar ko‘p bora allaqachon uydan chiqib bo‘lib, keyin miyasiga «lop» etib uradigan «dazmolni o‘chirmay chiqqan bo‘lsam-a» - degan holatga tushishgan. Ba’zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qo‘shnilarni ham qiynab qo‘ygan holatlar bo‘lgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. o‘sha dazmolni basharti o‘chirmay chiqqan bo‘lsangiz ham, uni masofadan turib, telefoningiz orqali o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan ko‘p qo‘l tekkizilmasa, avtomatik ravishda o‘zini-o‘zi tokdan o‘chirsin. Suv tashib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi mumkin. Bundan albatta siz ham bexabar qolmaysiz (chunki, datchik sizga internet orqali muloqotga chiqib, suv toshigani haqida xabar beradi; shu bilan birga, ventil ham sizga aloqaga chiqib, suvni kirishdan berkitganini «aytadi»). Bular oddiy, maishiy misollar. Masalan, buyumlar internetiga ulangan kamerani xonadoningiz oldiga o‘rnatsangiz, uyingizga «chaqirilmagan mehmon» kelishi bilan u o‘z o‘zidan ishga tushib, poygakdagi odamni suratga yoki videoga tushiradi va sizga yuboradi. Agar, o‘sha begona shaxs eshikni ochishga urinsa bu haqida ham kamera eshik qulfiga xabar berib, qo‘shimcha himoya vositalarini ishga jalb qilishi va hatto «02» ga o‘zi qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bularning barchasi inson ishtirokisiz, buyumlarning o‘zi tomonidan internet orqali bajariladi. Energiya tejamkorligi borasida ham buyumlar interneti yaxshi samara berishi mumkin. Masalan, siz xonada bo‘lgan paytingizda, kondisioner sensori sizning borligingizni o‘zi sezib, o‘zi ishga tushadi va sovita boshlaydi. Isitish va yoritish tizimini ham shunday sozlash mumkin. Xullas, bu borada buyumlar interneti odamga juda ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi va ulardan qanday foydalanish odatda odamning o‘z fantaziya darajasi bilan cheklanadi xolos. Biz yuqorida aytgan jarayon, ya’ni, buyumlar internetini xonadonda qo‘llash hozirda «Aqlli uy» deb nomlanadigan tushuncha ostiga birlashtirilgan. Bu jarayonning nisbatan yirikroq va muhimroq ko‘rinishi «Aqlli shahar»konsepsiyasida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, bunda shaharning ijtimoiy ahamiyatga ega muhim qismlari « transport vositalari, svetoforlar, xavfsizlik tizimlari va ho kazolarning texnik vositalarini ham buyumlar internetiga ulash mumkin. Masalan, svetoforlar va avtomobilingiz internet orqali muloqot qilsa, sizga mashinangizdagi sensorli ekran shaharning qaysi ko‘chalari tirband va qaysi ko‘chalari nisbatan holi ekanini ko‘rsatib borishi mumkin. Ofisingiz ham «aqlli ofis» tizimida loyihalangan bo‘lsa, masalan, mashinangiz ofisga yetishga ikki daqiqa qolganda o‘zi internet orqali xonangizdagi chiroqqa, kondisionerga, noutbukka sizning kelishingiz haqida xabar beradi. Ular esa ishga tushib, xonaga kirishingizga tayyor turadi. Sizga bu gaplar ertakdek tuyulayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin, ishoning, bu ko‘z o‘ngimizda bo‘lib turgan reallikdir. Sizga bu hali uzoq kelajakdek ham tuyulishi mumkin. Biroq, bir paytlar ota-bobolarimiz ot-aravalar zamonasidan avtomobillar davriga qadam qo‘yishganidek, endi biz ham oddiy buyumlardan internet orqali o‘zaro muloqot qila oladigan «aqlli» buyumlar zamonasiga kirib kelmoqdamiz. Hozirda buyumlar interneti istiqboli porloq bozor bo‘lishi bilan birgalikda, bu bozorni shiddat bilan rivojlanishdan to‘sib turgan ayrim muammolar mavjud. Birinchidan, hali buyumlarni internet orqali o‘zaro muloqot qilishi uchun yagona xalqaro standartning ishlab chiqilmagani. Natijada, buyumlarni internetga ulash imkonini beradigan qilib chiqarayotgan aksar ishlab chiqaruvchilar o‘z bizneslarini himoya qilish maqsadida, mahsulotlarni qandaydir xos yopiq protokollarda ishlaydigan qilib, ichki standartlar asosida chiqarishmoqda. Bu esa, uydagi hamma internet buyumlarni faqat o‘sha firmadan olishga majbur qilishga mo‘ljallangan. Lekin bu hol uzoqqa bormasligi aniq. Chunki, bozor bunday o‘yinlarni yoqtirmaydi. Lekin, buyumlarning internet tilini standartlashtirishga qaratilgan dastlabki muvaffaqiyatli urinishlar allaqachon mavjud. Masalan, hozirda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar Z-wave texnologiyasiga bog‘lana oladigan buyumlarni ishlab chiqarishga o‘tishgan. Buyumlar internetining ommalashishiga hozircha to‘sqinlik qilayotgan eng katta omil esa, internetli buyumlarning hozircha biroz qimmatligidir. Biz yuqorida ta’riflagan «aqlli uy» sistemasidagi minimal to‘plam, masalan, o‘zi ishga tushadigan chiroq, eshik qulfi, kamera va suv toshishini aniqlovchi datchikdan iborat to‘plam o‘rtacha 200$ atrofida bo‘lib, sistemani yanada kengaytirish yana ham xarajatlarning ko‘payishiga olib keladi. Lekin, bir paytlar kompyuterlar favqulodda qimmat bo‘lib, keyinchalik, masalan bir necha barobar arzon bo‘lib ketgani singari, internetga ulana oladigan buyumlar ham tobora arzonlashishi tabiiy. Chunki, buyog‘iga ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat aynan shu yo‘nalishda ketadi. Axir, «Artel» kondisionerining ham reklamasida uning
wi-fi bilan ishlashi bejizga urg‘u bilan ta’kidlanmagan [14].

Buyumlar internetining yaqqol misoli – Yandex Navigator. Yandex.Navigator bilan jihozlangan ko'plab avtomobillar o'zlarining koordinatalarini, tezligini va yo'nalishini tizimga yuboradilar. Ma'lumotlar qayta ishlanadi va xaritada nafaqat yo'llar, balki "real vaqtda" ularning tiqilib qolishini ham oldini olish mumkin. Buning yordamida navigatorlar nafaqat masofani, balki tirbandlikni ham hisobga olgan holda marshrutni qurishlari mumkin.




    1. Download 2,16 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish